O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2021-yil 28-iyul, 466-son Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-son qaroriga
1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. Ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlov asosida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi — ta’lim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni xolisona saralab olishdan iborat. Tanlov adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 3. Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.