Mustaqil ish Mavzu: monografiya darslik o'quv uslubiy adabiyotlarni rasmiylashtirish va ularga qoyiladigan talablar Bajardi: Muminjonov m toshkent – 2023 Reja


-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi



Yüklə 29,6 Kb.
səhifə3/5
tarix10.06.2023
ölçüsü29,6 Kb.
#128279
1   2   3   4   5
muminjonov

2-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi
4. Ta’lim muassasalaridagi bo‘sh lavozimlarga xodimlarni jamlash uchun tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ta’lim muassasalarining manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.
5. Ta’lim muassasalariga soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tanlovsiz ishga qabul qilinadi.
Soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar soni ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarning 10 foizidan oshmasligi lozim.
6. Ta’lim muassasalaridagi bo‘sh pedagogik lavozimlarga nomzodlar quyidagi shaxslar qatoridan jamlanadi:
umumta’lim fanlari bo‘yicha pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi (ilmiy unvoni)ga bo‘lgan, pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega mutaxassislar;
umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha pedagog lavozim uchun o‘tkaziladigan tanlovda ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, magistr darajasiga yoxud kamida uch yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan bakalavr darajasiga ega mutaxassislar.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilgan, tegishli sohada oliy ma’lumotga, yuksak kasbiy tayyorgarlik va axloqiy sifatlarga, shuningdek malaka talablariga javob beradigan shaxslar pedagogik ish stajiga ega bo‘lmagan holda tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
7. Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va so‘rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy ma’lumot (rezyume)larini milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz), ta’lim muassasalarining veb-sayti, onlayn yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri e’lon berilgan kundan boshlab 20 kun davomida taqdim etadi.
8. Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin o‘n ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.
9. Tanlovga hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa, tanlov o‘tkazilmaydi va ta’lim muassasalari tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon takroran beriladi.
Qaytadan e’lon berilgan taqdirda ham tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa ushbu bir nafar nomzod bilan tanlov o‘tkaziladi. Bunda nomzod to‘plashi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan ortiq ball to‘plagan taqdirda tanlovdan o‘tgan hisoblanadi.
10. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan, shuningdek, sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan fuqarolar tanlovga qo‘yilmaydilar (reabilitatsiya qilingan holatlar bundan mustasno).
11. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilib olish va ularni saqlash uchun ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘yicha inspektori (xodimi) mas’ul hisoblanadi.
12. Nomzodlardan qonunchilik hujjatlarida talab qilinishi bekor qilingan hujjat va ularning nusxalarini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nomzodga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi.

Yüklə 29,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin