Mustaqil ish mavzu: Motiv va motivatsiya


Psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili



Yüklə 273,13 Kb.
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü273,13 Kb.
#170661
1   2   3   4   5
Motiv va motivatsiya.

2. Psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili
O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari surilgan g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Jumladan, nemis olimi Z.Freyd va U.Makdaugall motivasion omil sifatida hayvonlardagi organik ehtiyojlarni, ya'ni instinktni odamlarga nisbatan qo’llay boshlashdi va inson fe'l-atvoriga bo’lgan qarashlar ichida birinchi nazariya sifatida maydonga chiqdi.
Bulardan tashqari XX asr boshlarida yana ikki yangi yo’nalish paydo bo’ladi, bu motivatsiyaning xulq nazariyasi va oliy asab faoliyati nazariyasidir.
Inson xulqi affektiv kognitiv determinasiyasi muammosini tahlil qila turib, kognitiv psixologiyaning boshqa vakili X.Xekxauzen shunday xulosaga keladi-ki, faoliyat determinasiyasi kognitiv (bilish) va affektiv jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekan, ulardan qaysi biri rag’batlantiruvchi kuch ekanligi haqidagi savol o’z ma'nosini yo’qotmadi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o’qish motivatsiyasining o’rni butun dunyo olimlari tomonidan tan olingan va har tomonlama o’rganilgan.
O’quv samaradorligini oshirishda o’quv motivatsiyasining rolini chet el olimlari o’z tadqiqotlarida tadqiq qildilar. Shu nuqtai nazardan turib, qo’zg’atuvchilardan tashqarida sodir bo’ladigan xatti-harakatlarni tushuntirish bo’yicha bir talay modellar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish ichki motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo’l keladi. Shunday modellardan birini Olport taklif qiladi. Olport ichki motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan uchta motivasion tushunchalarni tahlil qiladi: funksional avtonomiya, yetarli darajadagi harakat va "Men"ning jalb qilinganligi. U funksional avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval boshqa sabab bo’yicha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holda, o’zi uchun maqsadga aylanishi holatini tushuntirish uchun kiritadi.
E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan xarakterga ega ekanligidadir: ular real o’quv jarayoni bilan juda oz darajada bog’langandir.
Bruner ham o’qishni motivlashtirish masalasiga E.Torndaykdan boshqacha qaraydi. "O’quv jarayoni" nomli izlanishlarida Bruner o’quvchining real, yetarli darajada uzoq davom etadigan o’qish jarayoni tufayli tug’iladigan amaliy va nazariy muammolarni izohlashga harakat qiladi. Bruner o’qishni motivatsiyalash, yoki o’qish jarayoniga nisbatan o’quvchilarning moyilligini orttiruvchi omillar haqida emas, balki uning bilan birga, o’quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo’lsa ham, ulardagi ayrim yo’nalishlari diqqatga sazovordir. Bu birinchi galda, o’qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo’ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo’yilishidir.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual xususiyatli motivlar kiradiki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual maqsadni ruyobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. Chunonchi bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash motivlarning ta'sirida o’quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi.
Albatta, bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga qaramay, ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi halaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar (qo’zg’ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan ushbu jarayonga yondashilganda, muloqotli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Ta'lim motivatsiyasini diagnostika qilishga bo’lgan zamonaviy yondashuvlardan kelib chiqqan holda, eng kamida, quyidagilarni ajratish mumkinligi N.E.Efimova tomonidan tavsiya qilingan, biz ularni quyida keltiramiz.
1. Diagnostika o’tkazish uchun asos bo’ladigan ta'lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini belgilash.
2. Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita loyihaviy va bilvosita-ta'lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan uslublar.
3. Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarini aniqlash.
4. Mazkur metodika natijalarini namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan nazariyani uslubning metodologik asosini hisobga olish.
5. Metodika matnlarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi.
6. O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
7. Diagnostikani o’tkazish
A.N.Leontevning fikricha, biz "faqat tushuniladigan" va real harakatdagi motivlarga duch kelamiz. Bola ko’pincha qancha o’qish zarurligini yaxshi tushunadi ( anglaniladigan motivlar), lekin bu narsa ham unga o’quv faoliyati bilan shug’ullanish uchun turtki bo’la olmaydi. Bu bilim mayl shaklini olsagina, biz real harakatda motiv bilan ish ko’rgan bo’lamiz. Faqat tushuniladigan motivlargina ma'lum sharoitda harakatdagi motivlar shaklini oladi. Bu narsa motivatsiyani qayta qurish uchun jiddiy ahamiyatga egadir. Maktabning vazifasi ham bola motivatsiyasini qayta qurishdan iboratdir


Yüklə 273,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin