O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi,
maqsadga muvofiqligi
BAJARDI: Xurramov Lochinbek
TEKSHIRDI:
TOSHKENT-2022
Reja:
1. Nutqning to’g’riligi.
2. Nutqning aniqligi.
3. Nutqning mantiqiyligi.
4. Nutqning tozaligi.
5. Nutqning ta’sirchanligi.
6. Nutqning maqsadga muvofiqligi.
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning
tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bog’liq hodisa sanalmasdan
u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy
nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda
tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib
yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi hamda bu
vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar
qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`g’ri bo`lishini,
so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va
ta’sirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyat-
lari sifatida qaraladi.
Nutqning to`g`ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati
hisoblanadi. Nutqning to`g`ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning
so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini
tez va oson tushunishlarini ta`minlaydi. Agar nutq to`g`ri bo`lmasa, u
aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi.
To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq
madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning
ma`lum paytda qabul qilingan me`yorining qat`iy va aniq muvofiq
kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug`at va grammatik me`yorlarini
egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`g`ri bo`lishi
dastlab uning adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-
lanadi.Nutqning to`g`ri bo`lishi asosan ikki me`yorga urg`u va
grammatik me`yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim
bo`g`inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya`ni ularga urg`uning
tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek
tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu
so`zni alohida, urg`usiz olib qaraganda uning qanday ma`no
anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urg`u esa undagi ma`noning
reallashuviga ko`maklashadi, ya`ni o*lma tarzida urg`u birinchi
bo`g`inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`g`inga
tushganda esa mevaning bir turi ma`nosi anglashiladi.
Nutqning aniqligi
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar
to`g`rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi
sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga
xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda
tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi.
Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi
mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi
Dostları ilə paylaş: |