Cho’lponning go‘zallik haqidagi tushunchasi o‘ziga xos, asosan, u shoiming she’rlarida «go‘zal» so‘zi orqali aks etadi. o‘z fikrini sho‘rolar senzurasidan yashirib ifodalash maqsadida Cho’lpon «go‘zal» so‘ziga turli xil ma’nolar yuklaydi: u, bir tomondan, qo‘1 yetmas go‘zal yor, ikkinchi tomondan, sumriy (romantik) go‘zallik. Lekin har ikki holatda ( ham tagma’no tutqunlikka mahkum go‘zallikni, go‘zal Turkistonni o‘zida mujassam etadi.

T. Mahmudov zamonaviy rangtasvir haqida fikr yuritar ekan, tor san’atshunoslik doirasidan chiqishga va muayyan rassom ijodi yoki asarga falsafiy-estetik jihatdan yondashishga intilardi: tadqiqot obyektini go‘zallik, ulug‘vorlik va boshqa estetik tushunchalar ziyosida yoritib berardi, shuningdek, estetik madaniyat masalalariga ham katta e’tibor qaratar edi.

Asqad Muxtor sho‘rolar tuzumida go‘zallikka, estetikaga e'tiboming yetarli emasligini ro‘y-rost aytadi: «Go‘zallikni ta’rif qila bilmaslik ayb emas. Lekin uni tushuna bilmaslik, go‘zallikka befarqlik, loqaydlik, didsizlik bizning davrimizda ayb. Hayotga estetik munosabatimizning oliy shakli - san’at asari. Bizda hali san’at asarining qalblarga zilzila soladigan kuchini mensimaydigan odamlar yo‘q emas. Go‘zallik hissini tarbiyalash ishlari uncha yaxshi yoTga qo‘yilmagan... Estetika masalalari yaxshi ishlanmagan, ommabop risolalar yo‘q... Kim go‘zal? - desa, men: go‘zallikni tushunadigan odam go‘zal, deb javob berardim»'.