O‘zb tarix 18-mavzu O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida mutaxasislar fikrlari.
BOTIR MATMURODOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi:
-Davlatimiz rahbarining “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘grisida” gi Farmoni mamklakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Hrakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog‘ida bildirilgan mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual asoslari masalalari kiritilgani e’tiborga loyiqdir.15
Xulosa
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” - mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishini belgilab beruvchi yana bir uzun yo‘l sifatida gavdalandi. Asosiy maqsad esa mana shu yo‘lni boshi hisoblanadi, hayot jarayoni tubdan yaxshilash, farovonligini, tinchligini ta’minlash, 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha har bir sohani tubdan takomillashtirish, bu albatta birinchi o‘rinda xalqning huzr-halovatda, farovonlikda yashashga yo‘naltirilgandir va albatta, O‘zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida, eng yuqori o‘rinlarda turishini kafolatlaydigan buyuk poydevor sifatida xizmat qiladi. Bu poydevorni qurushda buz yosh avlodning, kadrlar va mutaxasislarninig qo‘lida. Chunki Davlat va jamiyat o‘z o‘zidan qurilib, rivojlanib qolmaydi, bu rivojlanishlar yoshlarning, fuqarolarning qo‘lida. Zero, rivojlangan davlat bamisoli ulkan daraxtdir, uning ildizi ajdodlarimiz qo‘gan poydevor, harakatlar strategiyasi yo‘nlishlari bo‘lsa, uning mevalari shu yo‘nalish va maqsad sari olg‘a intilayotgan komil, vatanparvar, har jabhada o‘z bilimlariga suyanuvchi yosh kadrlar, ya’ni bizlar deb o‘ylayman. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Prezident qabul qilgan Farmoni qabul qilinishi bilan oz fursatlarda ulkan natijalarga erishib bo‘lmaydi, bularning barchasiga 5 yil davomida bosqichama-bosqich o‘tib, vazifalarni to‘la-to‘kis bajarib, qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishda jamiyatning ham va albatta, fuqarolarninig ham qo‘shadigan xissasi katta bo‘lmog‘I lozim. Chunki barcha qilinayotgan islohotalar aholini yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, xalqimizning orzu-umidlariga yetishi uchundir. Bu orzu-umidalarga, intilishlariga, erishgan xalq davlatni ham rivojlantiradi. Davlat rivojlansa xalq ham, aholi ham boyiydi. Ko`rib turubmizki, davlat, davlat organlari, jamiyat bilan xalq, fuqarolar o`zaro bog`liqdir. Bu bog’liqlik mamlakatimiz rivojlanishiga ham xalqimizninig farovon hayot kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.