Mustaqil ish Mavzu: Parma va parmalash moslamalarini tuzilishi va ishlatilishi. Tayyorladi:Guliston Davlat unversiteti pedagogika va psixologiya fakulteti Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich
2-21-guruh talabasi
Burxonova Malohat Furqat qizi
REJA 1. Parmalash haqida tushuncha
2. Parmalash moslamalari to‘g‘risida ma’lumotlar.
3. Parmalash moslamalarini tuzilishi va
ishlatilishi.
Parmalash — metall va yogʻoch buyumlarga teshik ochish, chuqurcha oʻyish. Parmalash parma, mexanik asboblar (elektr parma, elektr drel), parmalash stanoklari, parmalash avtomatlari, tokarlik stanoklari, dastaki asboblar va boshqalarda bajariladi. Lazer nuri yordamida Parmalash usuli ham bor. Bu usulda olmos bu-yumlarda, issiqlik oʻtkazuvchanligi past boʻlgan materiallardan yasalgan narsalarga teshiklar ochiladi.
Parmalash stanoklari azaldan konstruktiv jihatdan katta o‘zgarishlarga ega bo‘lmay, oddiy teshik ochish uchun kichik gabaritli stol usti, katta gabaritli pol ustiga montaj qilinadigan, qo‘l yordamida ishlatiladigan stanoklar guruhida rivojlanib kelgan. Òeshiklarga ishlov berish operatsiyasini bajarish uchun texnologik tizimni yaratish zarur. Bunga stanok, zagotovka, moslama, instrument va yordamchi elementlar kiradi.
Parmalash stanoklari azaldan konstruktiv jihatdan katta o‘zgarishlarga ega bo‘lmay, oddiy teshik ochish uchun kichik gabaritli stol usti, katta gabaritli pol ustiga montaj qilinadigan, qo‘l yordamida ishlatiladigan stanoklar guruhida rivojlanib kelgan. Òeshiklarga ishlov berish operatsiyasini bajarish uchun texnologik tizimni yaratish zarur. Bunga stanok, zagotovka, moslama, instrument va yordamchi elementlar kiradi. Ma’lumki, instrumentlarga, metall yoki nometall zagotovkalarga, ya’ni ochiq va berk teshiklarga (1-rasm) ishlov berishda parma, zenker, razvyortkalarning har xil konstruktiv turlari ishlatiladi.
Parma — metall, yog‘och va boshqa materialdan buyumlarga teshik ochishda ishlatiladigan kesuvchi asbob. Ish va quyruq qismidan iborat. Ish qismida kesish elementlari joylashgan.
Parmalash stanoklari detallarda silindrik va konussimon teshiklarni, har xil rezbalarni ochish, kanavkalarni yo‘nish, toreslarni sekovkalash, faskalarni ochish kabi ishlarni bajarishda katta ahamiyatga ega.
Parmalash stanoklarida teshiklarga qo‘l yordamida yoki avtomatik ravishda ishlov berilishi mumkin (hisoblangan rejimlar asosida). Rejimlar deganimizda, material tavsifi, qattiqligi, stanok bikrligi va aniqligi, moslama aniqligi va mahkamlash kuchi, tezlik, surish qiymati, aylanish chastotasi, keskich burchaklari va boshqa ishlarning monandlik muhitida ishlov berish (parmalash) tushuniladi (1-rasm).
1-rasm. Parmalash, zenkerlash va razvyortkalash sxemalari: a) parmalash; b) zenkerlash; d) razvyortkalash; e) konusli teshiklarni razvyortkalash.
Quyruq qismi konus (Parmani patronga o‘rnatish uchun) va silindr (Parmani stanok yoki kolovratga o‘rnatish uchun) shaklli bo‘ladi. Metall ishlashda spiral parma keng qo‘llaniladi. Uning ish qismi kesuvchi qirralardan, qirindini chiqarib turuvchi ariqchalardan, parmani teshikda to‘g‘ri yo‘naltiruvchi lentachalardan iborat. Parma uchidagi burchak (2f) po‘lat va cho‘yanni ishlash uchun 116°—118°, yumshoq materiallarni ishlash uchun esa 130°—140° olinadi. Parmalar uglerodli yoki keskir po‘latdan yasaladi, ba’zan, kesuvchi qirralariga qattiq qotishmalardan tayyorlangan plastina yopishtiriladi. Parmaning quyidagi turlari mavjud: Spiralsimon parma. Uning ish qismida 2 ta spiral ariqcha bo‘lib, ular kesuvchi qirrani hosil qiladi. Metallarni teshishda asosan ana shunday parmadan foydalaniladi.
Perosimon parma. Bu ham oddiy parma bo‘lib, uning keskich qismi pyoroga o‘hshashdir. Markazli parmaning kesuvchi qismi parmalanayotgan detalni markaz xosil qilib teshib boradi. Parmalar U10A va U12A markali, stanokda ishlatiladigan parmalar esa R18 va UXS markali po‘latlardan yasaladi. Parmalarni qo‘l yoki elektr drellari va parmalash stanoklari yordamida harakatga keltiriladi, ya’ni aylantiriladi. Parmaning ishlash prinsipi — aylanma harakat qilayotgan parmaga bosim berilishi va uning metalldan qatlam olishidir. Turli metallarni parmalashda ulardan chiqadigan qirindilar ham har xil bo‘ladi. Parmalashda parma detalga perpendikulyar holatda turishi, teshish oxiriga yaqinlashganda parmalash harakati sekinlashtirilishi kerak.
Qo‘l dreli korpusi ichidagi tishli uzatma mexanizmi qo‘zg‘aluvchi dzeta bilan ishga tushiriladi. Bunda dastadan tishli g‘ildiraklar orqali uzatilgan harakat patronni va unga o‘rnatilgan parmani aylantiradi. Qo‘zg‘almas dasta orqali berilgan bosim kuchi ta’siri natijasida parmalash amalga oshadi.
Parmalashda dasta 4 yordamida yetaklovchi val 1 va unga o‘rnatilgan tishli g‘ildirak Z1 aylantiriladi. Bu g‘ildirak o‘ziga ilashgan yetaklanuvchi tishli g‘ildirak Z2 va yetaklanuvchi val II ni aylantiradi.
Bu valdagi konussimon tishli g‘ildirak Z3 pastdagi o‘ziga o‘xshash g‘ildirakni aylantiradi. Natijada val III hamda unga o‘rnatilgan shpindel, patron va parma ham aylanadi. Aylantiruvchi dasta 4 ni valldan olib, valIga qo`yish ham mumkin.Bunda uning xarakati diametri katta Z1 g‘ildiragi orqali o‘tmagani uchun shpindelning aylanish tezligi pasayadi. Zagotovkalarda teshik ochishdan oldin kerner bilan teshikning markazi belgilanadi. Parma ochiladigan teshik diametriga qarab tanlanadi. Zagotovka tiskiga mahkamlanadi, agar bir nechta yupqa metall listlarni bir xil teshish kerak bulsa, ularni ustma-ust mahkamlanadi va hammasi bir yo‘la teshiladi.
Tuzilishiga ko‘ra, spiral (vinsimon), chuqur teshiklar teshadigai, markazlovchi, pasimon tig‘li va boshqa parmalar bo‘ladi.
Metalllarga qo‘lda parmalar bilan ishlov berish texnologiyasi. Qo‘l dreli bilan parmalash mashqi.
Qo‘l dreli bilan parmalashda:
Chizma asosida teshik o‘rni rejalanadi. Chekich bilan parma o‘rni (markaz) belgilanadi.
Mos parma tanlanib patronga (drelga) o‘rnatiladi. Parmalash vertikal va gorizontal vaziyatlarda olib boriladi.
1. Vertikal vaziyatda parmalashda:
a) agar detal past taglikka o‘rnatilgan bo‘lsa, chap qo‘lda drelning qo‘zg‘almas dastasidan tutib, tirgak ko‘krakka tiraladi, o‘ng qo‘l bilan aylantiruvchi dastasi ushaladi (78-rasm, a);
b) drelga ortiqcha bosim bermasdan, qat’iy vertikal vaziyatda tutib, dastani bir me’yorda siltamasdan aylantiriladi;
v) agar detal baland tutqichlarga (tiskilarga) o‘rnatilsa, chap qo‘l bilan drelning tirgagidan tutib, uni detalga tik tutiladi. O‘ng qo‘l bilan dastani bir tekis aylantiriladi (78-rasm, b);
g) parma detalning ikkinchi tomoniga teshib o‘tish paytida drelga ortiqcha bosim berilmaydi. Aks holda o‘quvchining munkib ketishi orqasida parma sinishi mumkin.
2. Gorizontalvaziyatdaparmalashda:
a) tiskitaglikkaqo‘zg‘almasqilibmahkamlanadi;
b) detal tiskiga vertikal vaziyatda o‘rnatiladi;
v) chap qo‘l bilan drelning qo‘zg‘almas dastasidan tutib, tirgakni ko‘krakka tirab, o‘ng qo‘l bilan dasta bir me’yorda aylantiriladi.
g) parma detalning ikkinchi tomoniga teshib o‘tish paytida drelga ortiqcha bosim berilmaydi. Bu vaqtda o‘quvchi muvozanatini yo‘qotishi orqasida shikastlanishi, parma-ning sinishi mumkin.2.Elektr drel bilan parmalash mashqi. Elektr drel bilan parmalashda dastaki drel bilan parmalashdagi singari parmalash ishlari vertikal va gorizontal vaziyatda bajariladi (79-rasm). Parmalash vaqtida dastaki drel bilan parmalashdagi barcha hollarga to‘la rioya qilinadi.
Bundan tashqari:
a)agar kuchlanish 36 V dan ortiq bo‘lsa, yerga ulanmagan elektr dreldan foydalanmaslik;
b) agar kuchlanish 36 V dan ortiq bo‘lsa, qo‘lga rezina qo‘lqop kiyib, oyoq ostiga rezina palos tushash;
v) kshlab turgan drelning aylanayotgan qismlaridan tutmaslik;
g) parmalash tugagach, drelni tarmoqdan uzib qo‘yish;
d) elektr o‘tkazgichlari yaroqsiz bo‘lgan dreldan foydalanmaslik;
e) elektr drelga parma o‘rnatish yoki chiqarish, ba’zi bir mayda remont ishlarini bajarish vaqtida uni tarmoqdan uzib qo‘yish kerak.
Metallni qirqish jarayonida, avvalo, zagotovka parmalash stanogining stoli ustiga aniq ravishda o‘rnatiladi. Ishlov beriladigan teshik markazini Morze konusiga (stanok shpindelida parma quyrig‘ining konusi bilan biriktirish uchun mo‘ljallangan konussimon bo‘shliq) o‘rnatiladigan parma o‘qiga monandligida sozlash asosida erishiladi.
Parmalash jarayonida uchraydigan quyidagi operatsiyalar bajariladi:
— Berk asosiy teshikka ishlov berish.
— Ochiq yordamchi teshikka ishlov berish.
— Berk ko‘ndalang joylashgan teshikka ishlov berish.
— Ochiq asosiy teshikka ishlov berish.
— Burchakli ochiq teshikka ishlov berish.
Zagotovkani stanok stoli ustiga yoki moslamaga o‘rnatishdan avval operatsion kartaga asosan baza yaratiladi, ya’ni detal tekis frezalangan yuzaga ega bo‘lishi kerak. Shu yuza bilan ishlamaga yoki stanok stoliga o‘rnatilib, mahkamlanadi, so‘ngra parma, zenker, razvyortka, sekovka, kombinatsiyalangan instrumentlar bilan ketmaketlikda ishlov berish mumkin bo‘ladi. Parmalash stanoklarida teshiklarga qo‘l yordamida yoki avtomatik ravishda ishlov berilishi mumkin (hisoblangan rejimlar asosida). Rejimlar deganimizda, material tavsifi, qattiqligi, stanok bikrligi va aniqligi, moslama aniqligi va mahkamlash kuchi, tezlik, surish qiymati, aylanish chastotasi, keskich burchaklari va boshqa ishlarning monandlik muhitida ishlov berish (parmalash) tushuniladi.
Parmalash stanoklari detallarda silindrik va konussimon teshiklarni, har xil rezbalarni ochish, kanavkalarni yo‘nish, toreslarni sekovkalash, faskalarni ochish kabi ishlarni bajarishda katta ahamiyatga ega. Kichik diametrli teshiklarni katta diametrli parma bilan parmalash (kengaytirish) ham mumkin.
Parmalash stanogi yordamchi instrumentlariga quyidagilar kiradi: 1) oddiy qirqimli va o‘tish vtulkalari qirqish instrumentlarini mahkamlash uchun, patron yoki shpindel uyachasiga o‘rnatilishi mumkin; 2) kichik instrumentlar uchun o‘zi markazlovchi patronlar; 3) tez almashtiriladigan patronlar, sharikli, kulachokli, ilashtiruvchi va boshqa almashadigan vtulkalar to‘plami asosida; 4) suzuvchi (o‘zi o‘rnatiladigan) har xil razvyortkalar uchun patronlar; 5) metchiklarni mahkamlash uchun patronlar; 6) yo‘nish, qirqish, kanavka ochish opravkalari; 7) ko‘pshpindelli va revolver kallaklar. Parmalash stanogi uchun xizmat qiladigan yordamchi instrumentlarning katta qismi normallashtirilgan va standartlashtirilgan, yangi konstruksiyani yaratish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Òayyor yordamchi elementlarni, instrumentlarni ombordan olib ishlataveriladi. Lekin yordamchi instrumentlarning ayrim qismi maxsus ... bo‘lishi ham mumkin. Instrumentlarni, o‘tish vtulkalarini parmalash stanoklarini shpindelidagi o‘rnatiladigan joyiga, ya’ni Morze konusiga biriktiriladi. Har bir parmalash stanogi modeli o‘z tipiga, konusli joyining konstruksiyasiga ega bo‘ladi.
Vtulka stanok shpindeli uyachasida yoki bittasi ikkinchisiga konussimon yuza bo‘yicha markazlashtirib yig‘iladi. Ko‘pincha vtulkalarning tashqi va ichki konuslari uncha katta bo‘lmagan burchaklar (Morze konusi) bilan tayyorlanadi, bu esa markazlashtirishdan tashqari konuslar birikishi natijasida, ishqalanish kuchi hisobiga o‘zi tormozlanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Parmaning asosiy burchaklari: - asosiy kеsuvchi tekislikda yotgan, oldingi yuzagaOldingi burchak kеsuvchi qirraning urib o‘tilayotgan nuqtasida urinma bo‘lgan chiziq bilan kеsuvchi qirraning parma o‘qi atrofida aylanish yuzasidagi o‘sha nuqtada normal bo‘lgan chiziq orasidagi burchak. Oldingi burchak - oldingi burchak kеsuvchi qirra uzunligi bo‘ylab o‘zgaradi va parma o‘qiga yaqinlashganda kamayadi; - kеytingi burchak parma o‘qiga yaqinlashganda oshadi - o‘qqa yaqin bo‘lganda qiymati 20-26 o , chеtida - 8-14 o tеng bo‘ladi.
Tеshik dеvorlariga ishqalanishini kamaytirish maqsadida parma diamеtri uchidan bo‘yniga qarab kichrayadi - bu qiymat tеskari konuslik dеyiladi va spiral parmalar uchun parma ishchi qismining har 100 mm uzunligiga 0,03-0,10 mm ni tashkil qiladi.
Zеnkеrlar. Homakida har xil usullar bilan olingan tеshiklarni zеnkеr yordamida kеngaytirish opеratsiyasi zеngkеrlash dеb ataladi. Zеnkеr-lar yordamida aniqlik kvalitеti 8-9, tozaligi esa Rz =1,6 mkm tеng to‘g’ri shaklli va yuzasi juda silliq tеshiklar hosil qilish mumkin. Zеnkеrda kеsuvchi tishlar soni 3-4 ga tеng va ko‘ndalang kеsuvchi qirra yo‘q. Tuzilishi bo‘yicha zеnkеrlar quyrug’i konusli, yaxlit va tishlari o‘rnatma bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra zеnkеrlar silindrik va konussimon yuzalarga, bolt kallaklari uchun bobishkalarga va torеts yuzalarga ishlov bеruvchi zеnkеrlarga bo‘linadi.