Mustaqil ish mavzu: Statik tahlillash vositalarining qiyosiy tahlili. Bajardi


Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish



Yüklə 133,88 Kb.
səhifə2/5
tarix13.01.2023
ölçüsü133,88 Kb.
#79095
1   2   3   4   5
Mustaqil ish-1

Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish
Axborot xavfsizligi siyosati (yoki xavfsizlik siyosati) – tashkilotning maqsadlari va vazifalari hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi tadbirlar tavsiflanadigan yuqori darajadagi reja. Siyosat xavfsizlikni umumlashgan atamalarda tavsiflaydi. U xavfsizlikni ta’minlashning barcha dasturlarini rejalashtiradi. Axborot xavfsizligi siyosati tashkilot masalalarini yechish jarayoni himoyasini yoki ish jarayoni himoyasini ta’minlashi shart.
Apparat vositalar va dasturiy ta’minot ish jarayonini ta’minlovchi vositalar hisoblanadi va ular xavfsizlik siyosati tomonidan qamrab olinishi shart. Shu sababli, asosiy vazifa sifatida tizimni (jumladan tarmoq xaritasini) to‘liq inventarizatsiyalashni ko‘zda tutish lozim. Tarmoq xaritasini tuzishda har bir tizimdagi axborot oqimini aniqlash lozim. Axborot oqimlari sxemasi axborot oqimlarining biznes-jarayonlarni qanchalik ta’minlayotganini, hamda axborotni himoyalash va yashovchanligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rish muhim bo‘lgan soxani ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari, bu sxema yordamida axborot ishlanadigan joyni, ushbu axborot qanday saqlanishi, qaydlanishi, joyini o‘zgartirishi va nazoratlanishi lozimligini aniqlash mumkin.
Inventarizatsiya apparat va dasturiy vositalardan tashqari dasturiy va apparatura hujjatlari, texnologik hujjat va h. kabi kompyuterga taalluqli bo‘lmagan resurslarni ham qamrab olishi shart. Ushbu hujjatlar tarkibida tijoratni tashkil etish xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin va bu hujjatlar buzg‘unchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan joylarni ko‘rsatadi.
Xavfsizlik siyosatining zaruriyati:
- Tashkilot bo‘ylab foydalanilayotgan qurilmalar soni ortib borishi tarmoqda uzatilayotgan va saqlanadigan axborot hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bu holat esa o‘z navbatida turli zaifliklar natijasida hosil bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini ortishiga ham sababchi bo‘ladi. Xavfsizlik siyosati tashkilotga ushbu tahdidlarga qarshi kurashish va unga axborotning yo‘qolishidan himoyalash imkonini beradi.
- Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati mijozlar bilan ishonchga asoslangan aloqani qurishda axborot xavfsizligistandartlarining mosligini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo‘lishi xavfini pasaytirishga yordam beradi.
- Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligini, konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma’lumotlarini oshkor bo‘lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday shifrlash algoritmlari kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta’minlaydi.
- Xavfsizlik siyosati tahdidlarning sodir bo‘lishidan oldin ularni bashoratlash va zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari holatining ehtimolini kamaytiradi.
- U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali tashkilot ma’lumotlarining yo‘qolishi va sirqib chiqishi xavfini minimallashtiradi.

Yüklə 133,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin