Axborot texnologiyalari kursi bo’yicha takomillashtirilgan testlar “Axborot” tushunchasi qonunda qanday berilgan: Manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shahslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi “Elektron tijorat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi: Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish AVP «Laboratorii Kasperskogo», NOD 32, Doctor Web, McAfee dasturlari qanday dasturlar turiga kiradi? Antivirus dasturlari. Axboroni muhofaza etish qanday maqsadlarda amalga oishiriladi? Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning, hamda axborotning mahfiyligini oldini olish maqsadida Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog’oz ko’rinishidagi xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan axborot nima deb ataladi? Elektron hujjat Axborot texnologiyalarini qo’llab avvaldan shakllantirilgan davlat xizmatlarini fuqarolar, biznes va davlatning boshqa tarmoqlariga axborotlarni taqdim etish nima deb ataladi?Elektron hukumat Axborotlashtirish bu: Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi? O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ tomonidan Axborotni muhofaza qilish tushunchasi nimani anglatadi? Axborot xavfsizligiga tahdidlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini Axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari qanday nomlanadi? Axborot tizimi