Mustaqil ish mavzu: suv resurslaridan foydalanish yo'llari


Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUG\'ORISH VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO\'LLARI

 
Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan 
qanday (samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni 


bilishimiz zarur. Yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning 
usullari olimlar tomonidan yetarli darajada chuqur o`rganilgan. Iqtisodiy fan 
qishloq xo`jaligida yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko`rsatkichlarni ikki 
guruhga bo`lib o`rganadi. Birinchi guruhga yerdan foydalanish darajasini 
ifodalovchi quyidagi ko`rsatkichlar kiradi: 
1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq 
xo`jaligiga yaroqli (qishloq xo`jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog`i, 
(foizlarda ifodalanadi). Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
.
.
.
.


м.
ер
жами
м
ер
ХТЭ
сал
ер
х
К
К
Bunda: Қ
х ер сал.
– qishloq xo`jaligiga yaroqli yer salmog`i, % 
Jami yer m. - jami yer maydoni, ga 
Қ
ХТЭ.ер.м.
- qishloq xo`jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga 
Bu ko`rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo`jalikda) yer maydonlarining 
qancha qismi qishloq xo`jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo`jaligiga tayin 
etilganligini) ekanligini bildiradi. Turli xo`jaliklarning, mamlakat va regionlarning 
umumiy yer maydonlari bir miqdorda bo`lishiga qaramasdan qishloq xo`jaligida 
foydalanishga yaroqli bo`lgan maydonlari turlicha bo`lishi mumkin. Qishloq 
xo`jaligiga yaroqli bo`lgan yerlari kam miqdorda bo`gan davlatlar, region va 
xo`jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular har bir gektar yerni avaylab 
asrashi va qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqlarga o`tib ketishini juda qattiq 
nazoratga olishlari zarur bo`ladi. Bu mamlakat, region va xo`jaliklarda yerlarni 
qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqqa o`tib ketishi faqatgina davlat zarurati, 
imkonsiz hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo`lgan holatlardagina 
amalga oshirilishi kerak.


2). Qishloq xo`jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko`rsatkich qishloq xo`jaligiga 
yaroqli yerlar tarkibini ko`rsatadi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
100
.
.
.
.


.
КХ я. ер м
Х
К
м
ер
тар
ер
х
Bunda: Qx yer tarkibi. – qishloq xo`jaligiga yaroqli yer tarkibi, % 
Qx yer m. - qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydoni, ga 
H yer m. - Haydaladigan yer (yoki sug`oriladigan yer) maydoni, ga 
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa
sug`oriladigan yerlarning salmog`iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo`jalikda 
haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o`lkalar sharoitida) sug`orilib dehqonchilik 
qiladigan yerlarning ulushi qancha yuqori bo`lsa shuncha yaxshi (samarali) 
hisoblaymiz. Olimlarning izlanishlari shuni ko`rsatadiki 1 gektar sug`orilib 
dehqonchilik qilinadigan yer 5-7 gektar lalmi yerga teng mahsulot berar ekan. 
Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar 
lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining cheklanganligini, har bir ga yerni 
haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig`ib olish harajatlarini hisobga olsak 
sug`oriladigan yerlarning naqadar qard qimmati yuqori ekanligini ko`ramiz. 
Demak, imkon darajasida sug`orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarini asrash 
zarurati kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan qimmat turadi. 
Demak unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki soliq 
yukini belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo`ladi. 
3). Yerdan foydalanish koeffitsiyenti (martaliligi). Bu ko`rsatkich quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi. 


ЭМ
м
эк
к
ф
р
Х
Е
.
.
.
.

Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsiyenti, marta 
EM - jami ekin maydoni, ga 
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga 
Ushbu ko`rsatkich har bir mamlakat, region va xo`jaliklarda bir biridan keskin 
farq qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer 
maydonlarining miqdori (soni) kabi ko`plab omillar ta`sir etadi. 
Yer fondidan foydalanish ko`rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy 
samaradorlik bilan bog`liq ko`rsatkichlar kirib ularning o`zi natural va qiymat 
ko`rsatkichlarga bo`linadi. Natural ko`rsatkichga qishloq xo`jaligi ekin turlarining 
hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi. 
ЭМ
ЯХ
к
Хосилдорли

Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) 
hosildorligi, s/ga
Em - ekin (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga 
Yah - yalpi (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosil, s
Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko`rsatkichlar 
yordamida aniqlash maqsadga muvofiq: 
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so`m. Bu ko`rsatkich 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
ЭМ
Ям
с
ф
Ер

.
.


Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m 
EM - jami ekin maydoni, ga 
Y.m. – yalpi mahsulot, so`m 
Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning 
darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik 
darajasi, inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar 
darajasi....) ta`sir etadi.
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi. 
ЭМ
Ф
с
ф
Ер

.
.
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m 
EM - jami ekin maydoni, ga 
F. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so`m 
Ushbu ko`rsatkich natijalari ham o`sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. 
(Unga ta`sir qiladigan omillar juda ko`p va uning o`sish darajasi qanday bo`lishi 
boshqa masala). 
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham 
o`rganish lozim. Ayniqsa, mamlakatimiz uchun resurslarining ahamiyati katta. Shu 
sababli 1 metr kub suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning 
samarasini bildiradi. Bu ko`rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash 
mumkin.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin