1. Guruxga quyidagilar kiradi:
a) yerlarning tarkibi. Jami yer maydonida qishloq xo’jaligi yerlarining salmog’i.
Bu ko’rsatkich mavjud yerlarning qayta qismi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga
yaroqli ekanligini bildiradi.
b) qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga yaroqli
yerlarning tarkibini ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yaroqli yerlarining tarkibiga
haydaladigan yerlar, ayniqsa sug’oriladigan yerlarning salmog’i muhimdir. Chunki
sug’oriladigan yerlarning hosildorligi lalmikor yerlarga nisbatan yuqori bo’ladi.
v) yerdan necha marta foydalanilganligi. Masalan, ayrim xo’jaliklarda
maydonlardan bir yilda ikki marta foydalanadilar, hatto uch marta foydalanganlar
ham bo’ladi.
2 gurux – yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.
Bundagi ko’rsatkich har bir gektar yerdan olinadigan yalpi mahsulot bilan va har
bir gektar yrdan olinadigan foyda bilan aniqlanadi.
Ekinlarning hosildorligi ham yerdan qanchalik samarali foydalanganligini
bildiradi.
O’z-o’zidan ma’lumki yerdan ajratmagan holda suv resurslardan foydalanish
ayniqsa tejamkorlik bilan foydalanish qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan
mahsulotlarning xarajatlarini kamaytirishga va rentabellik yuqori bo’lishiga olib
keluvchi omildir. Shu sababli bir metr kub suv hisobga olingan mahsulot miqdori
suvdan foydalanishning samaradorligini bildiradi. bu ko’rsatkich natura va qiymat
holida hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: