Mustaqil ish mavzu: talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati



Yüklə 153,58 Kb.
səhifə5/16
tarix20.10.2022
ölçüsü153,58 Kb.
#65602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mustaqil ish mavzu talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Aholi tarkibi o’ziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi O’zbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar ko’paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o’sadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmog’i ko’p bo’lgan sharoitdagi talab, albatta, o’zgaradi;

  • Aholi pul daromadlarining o’zgarishi. Aholi pul daromadlarining o’sishi tovarlarga miqdoriy talablarning ko’payishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o’zgarishi asosida iste’mol tuzilishida o’zgarish bo’lib, ular ish haqlarining 14% dan ko’p qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro’zg’or tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag’al deb e’tirof etiladi;

  • O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Masalan, saryog’ bahosining o’zgarishi margarinning bahosini o’zgarishiga olib keladi. Saryog’ bahosining o’sishi uni o’rnini bosuvchi margaringa bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi.

  • Bir birini to’ldiruvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Bozorda benzin bahosining ko’tarilishi avtomobillarga bo’lgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin iste’mol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. Yoki

    fotoplyonka narxining o’sishi uni ishlatish uchun zarur to’ldiruvchi fotoapparatlarga bo’lgan talabni ma’lum darajada kamayishiga olib keladi;

    1. Bozor miqyoslarini. Ma’lumki, bozorlar o’z ko’lamiga binoan mahalliy, regional, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, ma’lum tovarlarga bo’lgan talab shunchalik o’sadi, talab ham o’z navbatida o’z hajmini kuchaytiradi;

    2. Pulning qadrsizlanishining kutilishi bo’yicha shov-shuvlar insonlar o’rtasida ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir.


    3. Yüklə 153,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin