Sindikat - bu kartel bitimining turli-tumanligi bo'lib, tadbirkor-larning byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog'i yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirokchilari o'zlarining yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba'zida esa sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog'lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar. Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo'qoladi. Sindikat, qoidaga ko'ra, ommaviy talab tovarlari, xususan ko'mir, po'lat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish bilan shug'ullanadi. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo'ladi. Sindikat bitimining asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning sifati va navlari.
Shu tufayli talab va taklif tartibga solinadi. Foyda sindikat ishtirokchilari o'rtasida har biriga belgilangan kvota(ulush)ga muvofik tarqatiladi.
Kartel turidagi birlashmalarga yana pullar, ya'ni tadbirkorlarning, uning ishtirokchilarining foydalarini taqsimlashning tartibini ko'zda tutuvchi alohida birlashmasi ham kiradi. Foydalar umumiy qozonga tushadilar, oldindan belgilagngan nisbatlarda taqsimlanadilar.
Trest- bu birlashmada har xil korxonalar, o'zlarining yuridik va xo'jalik mustaqilliklarini yo'kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. Trestda korxonalar xo'jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi. Bu shakl kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo'ysunadilar.
Konsern- bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog'lanadilar. Birlashgan korxonalar aksiyadorlik jamiyati yoki o'rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo'lib qoladi. Konsern o'ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to'liq nazorat qiladi.