Mustaqil ish mavzu: tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish bajardi: mirzayeva sh



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə28/44
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#111040
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Mustaqil ish mavzu tashkilotda operatsion protseduralarni boshq

Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o'rtasidagi qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Sanoat xoldinglari ishlab chikarish fao liyati bilan shug'ullanmaydilar. Ular o'zlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xo'jalik mastaqilligini saqlab qoladilar va o'z nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) o'z tarkibiga sanoat korxo nalari, tadqiqot tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investitsion fondlar va sug'urta kompaniyalarini birlashtiradilar.
Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida, muhimroq qarorlar qabul qilishda markaz bo'ladi.
Bunday integratsiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar: investitsion resurs larni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yo'nalishlarida jamlash; ilmiy- texnik taraqqiyotni jadallashtirish; mamlakat korxonalari mahsulotlarining eksport salohiyati va raqobotbardishligini oshirish; mamlakat sanoatida ilg'or tarkibiy o'zga- rishlarini amalga oshirish; bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlari- da ratsional texnoligik va kooperatsion aloqalarni shakllantirish.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi MSG yirik investitsion loyihalarni amalga oshiradilar, ishlab chiqarishni pasayishiga qarshi kurashadilar, pulni barqarorlashiga ko'maklashadilar. Bundan tashqari MSG qayta qurish davrida yetishmagan resurslarni sohalararo qayta taqsimlash mexanizmlarini to'ldiradilar va ishonchli, sifat talablariga javob beruvchi yetkazib berishlar va sotishlar uchun haqiqiy sharoitlarni yaratidilar. Korxonalar va tashkilotlarni guruhga birlashishi jahon bozorlardagi tashqi iqtisodiy o'rinni kuchaytiradi, u yerda ko'pincha transmilliy korporatsiyalar ko'proq qudratli salohiyatga ega bo'lgan moliya-sanoat-savdo majmuasi kabi tashkil qilinganlar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin