O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu :__________________________________________________ _________________________________________________________ Guruh:_________________________
Bajardi:_________________________
Tekshirdi:_______________________
Navoiy 2022
Perspektiva fanining qisqacha tarixiy taraqqiyot yo‘li Tevarak atrofimizda joylashgan narsalarning ko‘zimizga asl holidan boshqacharoq ko‘rinishi va bu holatning sabablarini o‘rgnish perspektiva fanining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, turli ko‘za, chelaklarning aylana qismalari umumiy vaziyatda ellips yoki to‘g‘ri chiziq holatida, o‘zaro parallel bo‘lgan temir yo‘l relslari esa bizdan uzoqlashgan sari bir nuqtada uchrashgandek bo‘lib ko‘rinadi.Balandliklari bir hil bo‘lgan simyog‘ochlarning uzoqda joylashganlari boshidagilarga nisbatan kichik o‘lchamda ko‘rinadi. Bunday hodisalar biror qonuniyatga asoslanishini Perspektiva fani to‘laqonli yoritib beradi.Ona tabiyatdagi narsalarning ko‘zimizga o‘z shakliga nisbatan biroz o‘zgarib ko‘rinishi, rassomlarning yaratgan realistik asarlaridagi chuqurlik fazosining ochib berilishi sabablari bir necha asrlardan buyon o‘rganilib kelingan va perspektivaga asos solingan.
Perspektiva fani tabiatdagi narsalarning ana shunday ko‘rinishini tekislik yoki biror sirt ustida tasvirlash usullarini o‘rganadi.
Perspektiva fransuzcha so‘z bo‘lib, la perspektive - uzoqqa qarash yunonchasiga esa - perspictor - oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘rayapman degan ma'noni bildiradi.
Agar markaziy proyeksiyalash insonning ko‘rish xususiyati talablariga moslashtirilsa, yasalgan tasvir yaqqol va ishonchli chiqadi. Bu talablar proyeksiyalanuvchi ob'ektlarning bir-biriga nischbatan o‘zaro joylashuvi va ular orasidagi masofalar bilan bog‘liqdir. Demak, insonning ko‘rish xususiyatini hisobga olgan holda markaziy proyeksiyalash usulida bajarilgan tasvirga perspektiva deyiladi.
Perspektiva – tasviriy san'atning grammatikasidir, chunki yaratilgan har qanday realistik rassomlik asari perspektiva nazariyasi asosida bajariladi yoki bajarilishi shart. Shundagina bu asarning to‘g‘ri qurilganligi yoki hayotiyligi ta'minlanadi.Agar tasviriy san'at asari bu qoidalarga amal qilinmasdan yaratilsa, ilmli kuzatuvchilar «bu kartinada perspektiva yo‘q», oddiy kuzatuvchilar «bu kartinadagi narsalar o‘ziga o‘xshamabdi» deydilar. Perspektiva fani realistik rasm yaratish uchun ilmiy baza vazifasini o‘taydi va narsalarni ko‘z o‘ngimizda qanday ko‘rsak, shunday tasvirlashga yordam beradi.
Sharq miniatyura asarlarida perspektivaga amal qilinmagan. Ularda yaqindagi narsalar pastroqda, uzoqdagi narsalar esa qog‘ozning yuqori qismida, lekin bir-xil kattalikda tasvirlangan.
Yevropaning XIII asrdagi olimlaridan Bekon, Vitelo va Pekamlar optika bilan bevosita shug‘ullanganlar. Rodjer Bekon(1214-1292) ko‘zoynaklar nazariyasini ishlab chiqdi. Polyak me’mori Vitelo(1225-1280) o‘ptikaga oid o‘nta kitobini “Perspektiva” deb atadi.
Perspektivaning shakllanishi uchun eramizdan bir necha yil avval yashagan ba’zi qomusiy olimlar o‘zlarining fikrlari bilan hizmat qilgan. Bularga Exsila(eramizdan 525-456 yil avval), Anaksagora(eramizdan 500 yil avval), Demokrit( eramizdan 460-370 yil avval), Eliodor Larneskiy(eramizdan 400 yil avval) va boshqalarni misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkin.
Eliodor Larneskiy kuzatish perspektivasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni ko‘rsatib bergan. Evklid esa kuzatish perspektivasi qonunlari, turli sirtlardan tash-
kil togan ko‘zgulardan qaytuvchi nurlar nazariyasini yaratgan va ularni umumlashtirib “Optika” deb ataluvchi kitobini yozgan.
Italiyalik olim, rassom va haykaltarosh Leon Battista Albertining (1404-1472) “Rassomlik haqida” va “Me’morchilik haqida” kabi kitoblari pespektivaga oid yaratilgan ilk salmoqli adabiyot sifatida yuqori bahoga munosibdir.
Yana bir italiyalik rassom Pero della Franchesko(1416-1496) ham “Rassmolikda qo‘llaniladigan perspektiva haqida” nomli kitob yozib qoldirgan.
Uyg‘onish davrining yorqin namoyondasi hisoblanmish Leonardo da Vinchi (1452-1519) perspektivaga doir shakllangan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirgan holda o‘zining ham noyob o‘ta yangi g‘oyalari bilan uni rivojlantirdi. Leonardo da Vinchi chiziqli va havoiy perspektivalarga oid dastlabki qonuniyatlarni ko‘rsatib berdi hamda kuzatuvchiga nisbatan ob’ekt qirralarining uzoqlashishi ularni hiralashib ko‘rinishiga sabab bo‘lishini aniqladi. Bu buyuk siymo o‘z asarlarining birida “Perspektiva tasviriy san’atning rulidir” deb yozgan edi.
Italiyaning yana bir olimi Gvido Ubaldi del Monte(1545-1607) “Perspek-
tivadan oltita kitob” nomli asarini 1600 yilda yozgan. Gvido Ubaldi o‘z asarlarida silindr, konus, sfera sirtlarida tasvirlar yasash qoidalarini ko‘rsatib berdi. Shuningdek tekis shakllarning perspktivasini qurish va shu perspektiv tasvirga ko‘ra shakllarning haqiqiy kattaliklarini aniqlash kabi masalalarni ham xal qilgan.
Yana bir italiyalik me’mor va rassom, decorator Andrea del Patsso (1642-1709) Ubaldining ishini davom ettirdi va turli tuman g‘oyalari bilan uni boyitdi. U silindr sirtli shiftga rasm ishlagan bo‘lib uni kuzatuvchi maxsus belgilangan bitta joydagi nuqtadan kuzatishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shu nuqtadan kuzatgandagina sirt ichidagi manzara o‘ta jozibali ko‘rinadi. Boshqa nuqtalardan kuzatilganda esa asardan olinadigan zavq kuchi kamayadi. Demak, Andrea Patsso turli sirtlarda perspektiv tasvir yasash bilan shug‘ullangan va kuzatish nuqtasi o‘rnini maqsadga muvofiq tanlashni ko‘rsatib bergan. Uning “Nafis san’atchilar va me’morchilik perspektivasi” asari 1693 yil Rimda nashr qilingan bo‘lib, unda perspektivaning barcha turlariga oid yakuniy hulosalar berilgan. Asarda chiziqlardan kamroq foydalanish orqali ham tuzilishi murakkab bo‘lgan ob’ektlarning perspektivasini qurish qoidalari tavsiya sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunday mazmundagi faoliyat bilan Paolo Uchchelo di Dino(1397-1475),
Petro Perujino(1446-1523), Albrext Dyurer(1471-1528), Vinola(1507-1578) va Yan Fridman Friz(XV-XVI asrda) lar shug‘ullanganlar hamda o‘z asarlarida o‘ziga xos g‘oyalarni qoldirganlar.
Buyuk nemis olimi, matematik, o‘ymakor va rassom Albrext Dyurer(1471-1528)o‘zining 1523 yilda nashr qilingan “Sirkul va qoidalar bilan o‘rganish uchun ko‘rsatmalar” risolasida tekislikda perspektiv tasvirlarni yasash uchun ob’ektning ortogonal proeksiyasidan foydalanish usulini ishlab chiqqan. Dyurer radial(nurlar izi) usuliga asos solgan va birinchi bo‘lib perspektiva apparatidagi ko‘rish nuqtasini qo‘zg‘almas ekanligini isbotlagan.
Uyg‘onish davrining buyuk siymolaridan Bramante(1444-1514), Mikelandjelo Buanarroti(1475-1561), Rafael Santi(1483-1520) lar chiziqli, panoramali, qubbali perspektivalar bilan shug‘ullanganlar va rivojlantirganlar.
Fransiyalik matematik va me’mor Jirar Dezargning(1593-1662) “Narsalarni perspektivada tasvirlashning umumiy usuli” asari 1636 yilda nashr qilingan bo‘lib, unda perspektiv tasvirni koordinatalar usulida bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot o‘rin olgan. Olimning 1638 yilda chop etgan “Konusning tekislik bilan uchrashgan paytida sodir bo‘luvchi hodisalarga oid yondoshishlarning qoralamasi” nomli kitobi anchagina mashhurlikka ega. Dezarg kashf etgan yangi qoidalari uni proektiv geometriya asoschisi ekanligini ham ko‘rsatib beradi.
Chiziqli perspektivada soyalar yasash nazariyasini to‘la yoritgan va perspektiv tasvir yasashda qo‘llaniladigan mexanik asbob perspektografni yaratgan shaxs golland matematigi Gravezandt hisoblanadi
Fransuz matematigi va injeneri Gaspar Monj(1746-1818) chizma geometriya faniga asos solib, uni ilmiy jihatdan fan darajasiga erishtira oldi. Monjning noyob asari hisoblanmish “Chizma geometriya”(Geometrik descriptive) asari 1799 yili yaratildi va u hozirgi kungacha o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Ushbu kitobda fazodagi figuralarni tekislikda tasvirlash usullari ilk marotaba sistemaga solingan.Shuningdek, ortogonal proeksiya va perspektivada soya bajarishga oid ilk urunishlar ham mavjud.
Chizma geometriya tez sur’atda rivojlanib perspektivaning yangi bo‘limlari aerofotoperspektiva, kineperspektiva, stereoperspektiva va boshqalar shakllandi.
Angliyalik fizik olim Charlz Uitson stereoskop deb nomlangan moslamani 1838 yili yaratdi.
XVII-XVIII asrlardagi rus rassomlari perspektiva nazariyasini yaxshi o‘zlashtirib undan samarali foydalandilar. Rassomlar Akademiyasining birninchi rus professori A.P. Losenko (1737-1773) o‘z o‘quvchilaridan odam anatomiyasi va perspektivani bilishni talab qilgan.
Taniqli rus rassomi A.G.Venetsianov (1780-1847) ilmiy bilimsiz va perspektiva qonuniyatlarisiz rassom arzigulik biror asar yarata olmasligini ta’kidlagan.
1834 yili harbiy muhandis va taniqli havaskor rassom A.P.Sapojnikovning “Rasm chizish kursi” nomli o‘quv metodik qo‘llanmasi nashr qilindi. Ushbu kitobning katta bir qismi perspektiva qoidalariga bag‘ishlangan.
Rus pedagog-rassomi N.N.Ge (1831-1894) perspektivani rasmdan ajratish mumkin emasligini, uni har bir rassom bilishi shartligi, rasmni avval chizib keyin uni perspektiva qoidasi bilan to‘g‘irlash kabi teskari ish qilmaslik kerakligi va perspektiva rassomlar ishida yo‘lchi ulduz bo‘lishini yozib qoldirgan.
XIX asrda Rossiyaning texnika oliy o‘quv yurtlariga Chizma geometriya mustaqil fan sifatida kiritildi va perspektiva rassomlikka oid o‘quv yurtlarida maxsus fan sifatida o‘qitila boshlandi.
Chizma geometriya bo‘yicha birinchi rus professori va bu fanning Rossiyadagi asoschisi Ya.A.Sevastyanovning (1796-1849) “Chizma geometriya asoslari” nomli darsligi 1821 yilda nashrdan chiqarildi. Shuningdek, u chiziqli perspektiva, ortogonal va aksonometrik proeksiyalarda soyalar nazariyasiga oid ishlar bilan ham shug‘ullangan va kitoblar yozgan.
Chizma geometriya bo‘yicha klassik o‘quv adabiyotlari yaratishda geometr olimlar V.I.Kurdyumov(1853-1904) va N.I.Makarov(1821-1904)lar katta hizmat qilishgan. V.I. Kurdyumov aksonometrik proeksiyalar nazariyasini yaratgan va uni “Parallel perspektiva” deb atagan.
Professor N.A.Rinin(1887-1943) o‘zining “Tasvirlash usullari” (1916), “Perspektiva”(1918), “Chiziqli perspektiva elementlari” (1933), “Kineperspektiva”(1939) nomli kitoblarida perspektivaning barcha bo‘limlarini to‘la yoritib berdi. Uning “Perspektiva” kitobi hozirgi kungacha rassomlar uchun eng qadrli hisoblanadi.
Shuningdek ko‘pgina olimlar ham yozgan asarlari bilan perspektiva rivojiga o‘z ulushlarini qo‘shganlar. Masalan, D.I.Kargin(1880-1949), A.I.Dobryakov(1895-1947), professor N.N.Chernetsov “Perspektiva”(1927), N.I.Chechelov ”Perspektiva”
(1933), I.P.Mashkov ”Tekislikda chiziqli perspektiva”(1935) M.V.Fedorov “Rasm va perspektiva”(1967), A.S.Klimuxin “Perspektiva va soyalar” A.P.Barishnikov “Perspektiva”(1955), V.E.Peterson “Perspektiva” (1970), G.A.Vladimirskiy “Perspektiva”(1952), S.A.Solovyov “Perspektiva”(1981) va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Mamlakatimiz olimlari ham chizma geometriya va chizmachilikka oid yaratgan o‘quv adabiyotlari bilan fan rivojidga hissa qo‘shib kelmoqdalar. O‘zbek tilidagi dastlabki o‘quv adabiyotlarini olimlarimizdan dotsent Yusufjon Qirg‘izboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari nomzodi professor Raxim Xorunovich Xorunovlar yaratgan.
Perspektiva bo‘yicha birinchi bo‘lib dotsent Ikrom Turg‘unovich Raxmonov 1973 va 1993 (ikkinchi to‘ldirilgan nashri) yillarda “Perspektiva” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratdi.
Professor Shmidt Karimovich Murodov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yozilgan “Chizma geometriya kursi” nomli darslik 1988 yili nashr etildi. Ushbu darslik O‘zbekistonda chizma geometriya bo‘yicha yozilgan eng salmoqli o‘quv adabiyoti sifatida tan olinadi.
Rus tilida chop etilgan ko‘plab adabiyotlarni mohirona tarzda o‘zbek tiliga o‘girgan va o‘zi ham bir necha kitoblar yozgan olim dotsent Erkin Sobitov hisoblanadi.
Dotsent Po‘lat Odilovich Odilov “Perspektivada pozitsiyon va metrik masalalar yechish” (1999), “Perspektiva” (2000) nomli metodik qo‘llanmalarni yaratdi. Shuningdek, u “Chizma geometriya kursi” (1988) darsligining “Perspektiva”ga oid bo‘limini yozgan.
Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori, texnika fanlari nomzodi
Raxmatulla Qudratovich Ismatullayevning “Chizma geometriya” o‘quv qo‘llanmasi 2003 yili nashrdan chiqdi.
Yana o‘zbekistonlik olimlardan professor J. Yodgorov, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti professori L.Q.Xakimov, dotsentlar T.Rixsiboyev, Sh.Abduraxmonov, TDPU dotsenti A. Abduraxmonov va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar.