Perspektivaning geometrik apparati. Fazoda gorizontal tekislik H, unga perpendikulyar vertikal tekislik K va S nuqta berilgan bo‘lsin (1.1-shakl). S nuqtani – ko‘rish nuqtasi, S ning H dagi asosi s ni kuzatish nuqtasi asosi, H ni narsalar tekisligi va K ni kartina tekisligi yoki qisqacha kartina deb ataymiz. Kartina tekisligining H bilan kesishuv chizig‘i KH – kartinaning asosi deyiladi. S orqali gorizontal tekislik H1 ni o‘tkazsak, u kartina tekisligi K ni hh to‘g‘ri chizig‘i bo‘yicha kesadi, hh ufq (gorizont) chizig‘i deb ataladi. Endi ko‘rish nuqtasi S dan kartinaga perpendikulyar tushiramiz. U kartinani P nuqtada kesadi. Bu P nuqta kartinaning bosh nuqtasi deyilib, undan H tekislikka parallel bo‘lib o‘tgan chiziq hh – ufq chizig‘i deyiladi. Bosh nuqta P ning narsalar tekisligidagi proyeksiyasi p– esa bosh nuqtaning asosi deyiladi. SP– bosh masofa deb ataladi.
1.1-shakl
S orqali kartinaga 45 burchak ostida chap va o‘ng yo‘nalishda gorizontal to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilib, ularning kartina bilan kesishuv nuqtalarini D1 va D2 orqali belgilaymiz. PD1qPD2qSP bo‘ladi. Shuning uchun ham D1,D2 nuqtalar distansion nuqtalar yoki bosh masofa nuqtalari deb ataladi. Ss orqali K ga parallel holda o‘tkazilgan Ntekislik neytral tekislik deyiladi. Nva K tekisliklar fazoni uch qismga ajratadi. Kuzatuvchiga nisbatan K ning orqasida joylashgan fazo – narsalar fazosi, N bilan K ning orasidagi fazo – oraliq fazo va kuzatuvchining orqasida, ya’ni N ning orqasida joylashgan fazo – mavhum fazo deb ataladi.
Narsalar fazosida A nuqta va uning H dagi asosi A0 berilgan bo‘lsin. A ning K dagi perspektiv tasvirini yasash uchun uni ko‘rish nuqtasi S bilan to‘g‘ri chiziq orqali birlashtiramiz. Proyeksiyalovchi nur SA kartina bilan kesishib, A ning kartinadagi markaziy proyeksiyasini, ya’ni perspektivasini hosil qiladi. SA ning K bilan kesishuv nuqtasini topish uchun SAA0 va As orqali vertikal tekislik o‘tkazamiz. U K bilan A'0kdan o‘tuvchi vertikal chiziq bo‘yicha kesishadi. Bu chiziq bilan SA kesishib, fazodagi A nuqtaning perspektivasi Ak ni hosil qiladi. Berilgan A nuqtani asosi A0 ning A0kperspektivasi SA0 bilan A'0kAk to‘g‘ri chiziqlarining kesishuv nuqtasida bo‘ladi.