Mustaqil ish mavzu



Yüklə 91 Kb.
səhifə2/3
tarix15.11.2022
ölçüsü91 Kb.
#69211
1   2   3
perspektiva mustaqil ish

Perspektiva turlari.
Avval aytib o‘tilganidek, perspektiva deb inson ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda markaziy proyeksiyalash usulida bajarilgan tasvirga aytiladi.
Perspektiva rassomlar amaliyotida rasm tuzilishini to‘g‘ri bajarish, arxitekturada qurilayotgan binoning kompozitsiyasini loyiha bosqichida tekshirib unga tuzatishlar kiritish, aerofotogeodeziyada yuqoridan olingan suratlar orqali ob'ekt o‘lchamlarini aniqlash, kriminalistikada avvaldan harakatda bo‘lib to‘qnashgan mexanizmlarning harakatini tiklash uchun, shuningdek, optika va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Perspektivaning ishlatilish joyiga va qanday sirt ustida bajarilishiga qarab u quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kuzatish perspektivasi. Bunda ob'ekt qanday ko‘rinsa, xuddi shunday tasvirlash qoidalari o‘rganiladi.
Havoiy perspektiva. Narsaning tasviri va yoritilish kuchiga qarab ranglarda tasvirlanadi. Fazoning chuqurligi va kengligi rang orqali ifodalanadi.
Analitik perspektiva. Narsaning tasviri grafik-analitik, ya'ni nuqtalar o‘rnini hisoblash orqali bajariladi.
Geometrik perspektiva. Perspektiv tasvir yasashning asosi bo‘lib, u tasvir yasaladigan sirt turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. chiziqli perspektiva – tasvir vertikal va ba'zan gorizontal tekislikka nisbatan og‘ma bo‘lgan tekisliklarda yasaladi;

  2. panoramali perspektiva – tasvir silindr sirtining ichki tomonida yasalib, qarash nuqtasi sirt o‘qida olinadi;

  3. diogrammali perspektiva – prizma yog‘ida (qirrasida) panoramali perspektiva bilan o‘z kattaligidagi narsalar birga qo‘shib olinadi;

  4. qubbali (gumbazli) perspektiva – tasvir sfera yoki ellipsoid sirtlarining ichki tomonida yasaladi;

  5. relefli perspektiva – tasvir fazoning bir qismida bajarilib, undan tekislikda bo‘rttirilgan fazoviy tasvirlar yasashda va uncha chuqur bo‘lmagan sahnalarda chuqurlik fazosini oshirishda foydalaniladi;

  6. teatral perspektiva – tasvir bir nechta sirtlarda yasalib, teatrlarda sahna bezagi ishlarida qo‘llaniladi;

  7. stereoskopiyali perspektiva – narsaning tasviri ikki nuqtadan turli ranglarda bajarilib, ular ma'lum burchakda ustma-ust qo‘yiladi va bunday tasvirlarga maxsus anaglif deb ataluvchi ko‘zoynaklar yordamida qaraladi, natijada ob'ekt hajmli bo‘lib ko‘rinadi;

  8. plafonli perspektiva – tasvir gorizantal tekislikda yasalib, asosan bino shiplariga ishlanadi.

Kinoperspektiva. Grafik usulda foto-kino suratlari va kinofilmlar bo‘yicha harakatlanuvchi ob'ektning tezligi va tezlanishi haqidagi ma'lumotlarni o‘rgatuvchi fan.
Aeroperspektiva. Bu perspektiva samolyotdan turib yerdagi ob'ektlarning tasvirini yasashda yoki aerofoto usul bilan surat olishda qo‘llaniladi.
Keltirib o‘tilgan perspektiva turlari uzoq tarixdan hozirgi kungacha rivojlanib keldi va bundan keyin ham rivojlanib boradi.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin