Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi)ning solishtirma salmog‘i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.
Agar nisbat birdan katta bo‘lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun
ochiqlik darajasini ifodalaydi:
Ke= E / YaIM ,
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Eksport multiplikatori
Eksport multiplikatori ham investitsiyalar multiplikatori singari iste’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, iste’mol yoki jamg‘armaga so‘nggi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
Eksport hajmi oshishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin
YaIM= Мr DХ .
∆X – eksport hajmining o‘sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo‘lmay, balki o‘z ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg‘arma singari boy berilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan qo‘llaniladi. Importni jamg‘arish funksiyasiga o‘xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so‘nggi qo‘shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o‘zgarishining daromad o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. import multiplikatori formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: