Mustaqil ish mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’ektiv asoslari Bajardi



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə2/3
tarix14.05.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#113560
1   2   3
Sulaymonov S. zamonaviy iqtisodiyot

Mutlaq ustunlik nazariyasi


Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qo‘yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan.Mazkur nazariyaga ko‘ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka:
1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik;
2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan.

Xizmatlar eksporti


Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli sarmoyalar sarflash kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlaridan yuqori bo‘lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin