Mustaqil ish mavzu: Xufiyona iqtisodiyot uning o‘lchamlari va namoyon bo‘lish shakllari topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü24,04 Kb.
#164411
1   2   3   4
Mustaqil ish mavzu Xufiyona iqtisodiyot uning o‘lchamlari va na-fayllar.org

3.Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat uzoqlashgan bozorga bog‘liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Turli qonunchilik meʼyorlariga amal qilinmaslik holatlarining tez-tez uchrab turishi xufyona (extralegal) iqtisodiyot miqdorining indikatori boʻlib xizmat qiladi. Biroq, uning miqdoriy oʻlchovi vazifasini hal etishga kirishishdan oldin xufyona iqtisodiyotning turli unsurlarini taʼriflash lozim. Umuman olganda xufyona iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan tashqarida amalga oshiriladigan, yaʼni bitimlar qonundan, xoʻjalik turmushining huquqiy meʼyorlari va rasmana qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan soha. Xufyona iqtisodiyot uchta unsurdan tarkib topadi: norasmiy, sohta va kriminal iqtisodiyot.
Norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning oshkora turlari, unda xarajatlarni pasaytirish maqsadida tovarlar va xizmatlarning qayd etilmagan tarzda ishlab chiqarilishi oʻrin tutadi (yana bir bor taʼkidlash lozimki, davlatdan yashiriladigan barcha faoliyat turlari huquqiy meʼyorlar bilan tartibga solinishi mumkin emas va mulkchilik huquqlarini himoyalashning muqobil mexanizmlari qoʻllanilishini talab qiladi). Sohta iqtisodiyot - qoʻshib yozishlar, chayqovchilik bitimlari, poraxoʻrlik va pulni olish hamda berish bilan bogʻliq har xil tovlamachilik harakatlari iqtisodiyoti. Kriminal iqtisodiyot - qonunning (birinchi navbatda – Jinoiy va Fuqarolik kodekslarining) toʻgʻridan-toʻgʻri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga tajovuz qilish bilan bogʻliq iqtisodiy faoliyat.
Xufyona xoʻjalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois xufyona iqtisodiyot oʻlchamlarini baholash muammosi dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
- monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning oʻlchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar isteʼmolining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan roʻyxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (roʻyxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning oʻlchamlaridan bilvosita dalolat beradi);
- texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning maʼlum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi maʼlumotlarni olish imkonini beradi (masalan, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqqoslanadi);
- uy xoʻjaliklari va korxonalar rahbarlari oʻrtasida soʻrov oʻtkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning oʻlchamiga ekspert baholarini beradi;
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida meʼyorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qoʻllanishini tahlil qilishdan iborat.
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni koʻpincha taqqoslash qiyin boʻlsa-da, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim baholarini keltirish mumkin: (YAIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya - 15-30, Belgiya - 4-13, Shvetsiya - 0,5-17, Buyuk Britaniya - 2-16, Fransiya - 15, SSHA - 3-28, Peru -27-28. Rossiyada 80-yillarning oxirida YAIMning 20 foizga yaqini, 1996-yilda 23 foiz.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, qonunga boʻysunishning yuqori narxi va xufyona iqtisodiyotning katta oʻlchamlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud. Biroq xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bogʻliq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi subyektlar boshqa xarajatlarni koʻproq amalga oshirishadi – ular “xufyonalik narxi”ni toʻlashga majburdirlar. Xufyonalik narxi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
Huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq toʻlash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yoʻqotilgan foyda (korxona qanchalik katta boʻlsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, nazorat qiluvchi organlarning eʼtibori doirasiga tushish imkoniyati unda shunchalik katta); “ikkiyoqlama” buxgalteriyani yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan koʻriladigan yoʻqotishlar.
Daromadlar transferti bilan bogʻliq xarajatlar. Hatto soliqlar toʻlashdan bosh tortuvchi iqtisodiy subyektlar ham oʻz faoliyatidan foydali samarani davlat bilan baham koʻradi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa olishmaydi. Gap shundaki, barcha iqtisodiy subyektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya soligʻini toʻlashadi (birinchi navbatda bu xufyona almashuvlar chogʻidagi mutlaq naqd pullarga taalluqli). Lekin transfertlar bir tomonlama xususiyatga ega – oshkora iqtisodiy subyektlardan farqli oʻlaroq, xufyona iqtisodiy subyektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bogʻliq qiyinchiliklarni ham qoʻshimcha qilish lozim – chunki oʻz faoliyatini yashiruvchi subyektlar oʻzining kreditga layoqatliligini buxgalteriya balansida asoslay olishmaydi.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bogʻliq xarajatlar. Daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurta fondiga va pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini toʻlashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning oʻrnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. Arzon mehnat korxonani “yoʻldan ozdiradi”. Bundan tashqari, qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish tadbiri xufyona faoliyat sohasini faqat ishlab chiqarish zanjirining chetki boʻgʻinlari – chakana savdo va xomashyoga ishlov berishning boshlangʻich bosqichlari bilan cheklaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining aynan boshlangʻich bosqichlarida QQSni toʻlamaslikdan koʻriladigan foyda eng koʻp miqdorga yetadi, ayni paytda oraliq bosqichlarda oraliq mahsulotning xufyona yotkazib beruvchilari oshkora yetkazib beruvchilarga qaraganda yutqazish holatiga tushib qolishadi.
Qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bogʻliq xarajatlar. Mulkchilik huquqlarini xufyona tafsirlash faqat ijtimoiy sanksiyalar va munosabatlarni shaxslashtirish yoʻli bilan ijtimoiy tuzilmalar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Mulkchilik huquqlari oshkora (fuqarolik kelishuvi asosida) emas, balki ijtimoiy (anʼanaviy kelishuvlar asosida) belgilanadi va himoyalanadi. Shuning uchun faqat barcha transaksiyalar ijtimoiy tuzulma - qabila, oila-qarindoshchilik yoki qoʻshni jamoa, milliy doiralar ichida amalga oshirilganda, huquqlarni almashish va himoyalash xarajatlari juda past boʻladi. “Chetdan” inson ishtirokidagi har qanday bitimda mulkchilik huquqlarini himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari amal qilmay qoladi. Demak, huquqlar faqat ular ichida eng yuqori narxni toʻlashga tayyor boʻlgan (yaʼni eng samarali huquq egasi) xaridor topilishi shart boʻlmagan insonlarning qatʼiy chegaralangan doirasiga mumkin. Kouz teoremasining bajarilmasligidan tashqari, mulkchilik huquqlarini kapitallashtirish, huquqlarni erkin oʻtkazishning ilojsizligi ham maʼlum shaxslar doirasi tomonidan huquqlar bilan almashuvni cheklashning natijasi hisoblanadi (oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini sotishning iloji yoʻq). De Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqlarini taʼriflash uchun “jonsizlantirilgan sarmoya” atamasidan foydalanadi: ushbu sarmoyadan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin sotish, baʼzan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas.
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bogʻliq xarajatlar. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda koʻplab iqtisodiy subyektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Chunki uzoq muddatli loyihaga mablagʻlar qoʻyishga undovchi omil boʻlib unda ishtirok etuvchi insonlarning shaxsiy nufuzi emas, balki nima boʻlishidan qatʼi nazar sarmoyadorlarning huquqlari himoyalanishiga ishonch hisoblanadi. Haqiqatdan ham, shartnomani qayta koʻrib chiqish zarurati tugʻilgan hollarda ishtirokchilar bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor boʻlmagan barcha ikir-chikirlariga eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi.
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bogʻliq xarajatlar. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi. Xufyona bitim koʻproq ikki tomonlama xususiyatga ega. Bitimdan manfaatdor boʻlgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi.
Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator substitutlariga – oilaviy-qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun ikkala muqobil variantdan ham foydalanish xarajatlar bilan bogʻliq. Birinchidan, koʻp sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa “oʻzinikilar” bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish eʼtibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar almashish uchun mablagʻlar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuch tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish oʻziga xos soliqni toʻlash zarurati bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida– pizzo nomiga ega boʻlgan. Ushbu soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga nisbatan foizlarda, yoki mafiya tomonidan biznesni himoyalash va nizolarni hal etish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarga ekvivalnt hisobida hisoblab chiqiladi. Bunda davlatdan farqli ravishda mafiya oʻz xizmatlarining har bir foydalanuvchisiga “soliqning” alohida miqdorini belgilagan holda monopolchini kamsituvchi siyosatni olib borishga qodir boʻladi. Oshkora tuzilmaga qaraganda mafiya faoliyatining lokal xususiyati axborot manbalarining ancha keng doirasidan foydalanishidir.

Xulosa
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub‘ektlar o‘rtasidagi moddiy ne‘mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR




  1. Yüklə 24,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin