Mustaqil ish.
Toshkent Pediatriya tibbiyot
instituti
103-guruh 1-ped.
Lotin, o`zbek, rus tillari
kafedrasi
Bajardi: Bahriyev B.
Tekshirdi: Hamroqulova M.
Ulug’ mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxoro yaqinidagi
Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning
asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Besh o’n yoshlarida maktabda ta’lim
oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliy dan mantiq,
falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rgandi. U asosan tabobat ilmiga
qiziqardi. O`sha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda
Sheyxulrais, g`arbda Avitsenna, arablar esa Abu ali Alhusayn ibn
Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar yedilar.
Ibn Sino avval Qur’on, bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u
mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi.
Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rganadi. U
o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehtil va adabiyot darslarini
o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas natsevarligi tufayli darslarini
osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan
narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi.
Reja:
1. Abu Ali Ibn Sino -
tabobat ilmining sultoni
2. Abu Al i Ibn Sinoning
hayoti va ijodi
3. Abu Ali Ibn Sinoning tibbiy
fikrlari
4. Tib qonunlari
Hech bir sir
qolmadi, mavhum bo`lmagan,
Hech bir gap qolmadi,
ma`lum bo`lmagan.
Bilimim haqida chuqur
o`ylasam,
Aslida hech narsa ma`lum
bo`lmagan.
(Abu Ali Ibn Sino)
.
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning
hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid asarlar yaratgan.
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham,
zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha 242 tasi
yetib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi
tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tabiyot ilmiga,
7 tasi falakiyotga, 1tasi riyozotga, 1tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob
ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy
yozishmalarga bag’ishlangan. Olimning bizgacha yetib kelgan umumiy
falsafaga oid eng yirik asari va muhim asari “Kitob ash-shifo” deb atalgan.
Uni o’z davrining ilmiy qomusi desa bo’ladi.U 4 qismdan iborat: 1) Mantiq;
2)tabiiy fanlar; 3)riyoziyot; 4) ilohiyot. Bu asarni arabcha matni qisman bir
necha marta nashr etilgan bo’lsa ham, u biror tilga hali to’la ravishda tarjima
etilmagan, faqat ayrim bo’limlariginaturli g’arb va sharq tillarida chop
etilgan. Falsafaga oid ikkinchi asari “Kitob an-najot” (“Najot kitobi”)
bo’lib, unda “Kitob ash-shifo”ning mazmuni qisqartirilib bayon
etilgan. Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asari “Al-ishorat va-t-
tanbihot”(“Ishoralar va tanbehlar”) bo’lib, unda olim falsafaning asosiy
masalalarini qisqa iboralarda bayon etgan. Ibn Sinoning eng so’ngi yirik
falsafiy asarlaridan eng muhimi “Donishnoma”(“Bilim kitobi”) hisoblanadi
.
Fanlarni ma’lum bir tartibda turkumlarga
ajratish, ya’ni ularni tasniflash tabiatshunoslikning
muhim va asosiy masalalaridan biri, uni hal qilish
uchun ma’lum bir falsafiy nuqtai nazardan
yondoshish talab etiladi. Shuning uchun ham bu
masala bilan doimo o’z davrining buyuk
mutafakkirlari bosh qotirib kelganlar. Ibn Sino
ham bu muhim masala bilan shug’ullanib, ma’lum
qoidalarga asoslangan o’ziga xos tasnif tuzgan.
Ibn
Sinoning
falsafiy
ta’limotlari
faqat
Sharqdagina emas, balki G’arbiy Yevropa
mamlakatlarida ham keng yoyildi va Uyg’onish
davrida ilmiy dunyoqarashning vujudga kelishida
katta ahamiyatkasb etdi. Ibn Sinoning tabobat
fani sohasidagi xizmatlari ayniqsa buyukdir U o’z
asarlarida eng qadimdagi fanlardan biri bo’lgan
tibbiyotning
o’zidan
oldingi
ming
yillik
taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi
yuqori bosqichga ko’tardi, hatto bu fanning
keyingi asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini
oldindan ko’ra bildi.
Ibn Sino tibbiyot, uning mohiyati va
vazifalari
haqida
so'zlab,
awalo
tibbiyotning o'zi qanday fan degan
masalaga to'xtaladi. U tibbiyotga bunday
ta'rif bergan. "Tibbiyot shunday bir ilmki, u
bilan inson gavdasi-ning ahvoli sog'lik va
kasallik jihatidan o'rganiiib, uning mavjud
sog'lig'i
saqlanadi
va
yo'qotilgani
tiklanadi1". Ibn Sinoning bu ta'rifida juda
muhim bir fikr bor. U salomatlikni saqlash
masalasini
birinchi
o'ringa
qo'ygan.
Demak,
Ibn
Sinoning
tushunishicha,
tibbiyotning
asosiy
vazifasi
kishilar
sog'Iig'ini saqlashdan iborat. Bu fikr yuksak
darajada rivojlangan hozirgi zamon
tibbiyotining asosiy qoidasiga butunlay
mos keladi. Ibn Sino o'zining bu fikri bilan
o'sha zamondagi ko'pchilik tibbiyot
namoyandalarining fikrlaridan ming yil
ilgarilab ketgan edi.
Ibn Sinoning fikricha inson tanasidagi jarayonlar (o'sish, rivojlanish,
ovqat hazm qilish, muskullar harakati, fikrlash va h.k.)ni boshqaruvchi
quwatlar (ya'ni kuchlar) mavjud. Aslida bu tushunchaga mashhur Rim
hakimi Klavdiy Galen asos solgan edi. Galen har bir a'zoning o'z
boshqaruvchi quwati bo'ladi, deb hisoblagan. Ibn Sino quwatlar
haqidagi mulohazalarida shu fikrni asos qilib olgan bo'Isa kerak. Ibn
Sino quwatlarni uch turga bo'lgan. Bular nafsoniy, tabiiy va hayotiy
quwatlar. Bu quvvatlarning har biri o'ziga xos funksiyani bajaradi. Har
bir quwatdan ma'lum bir harakat, (faoliyat) paydo bo'ladi. Nafsoniy
quwatning manbai miyadir. Nafsoniy quwat, idrok etish va fahm qilish
jarayonlarini bajaradi. Ibn Sino bosh va periferik asab tizimining
funksiyasini to'g'ri ko'rsatib bergan. Lekin, bu faoliyatning reflektor
usulda amalga oshishini bilmay, uni mavhum quwat (kuch) bilan
bog'lagan. Ibn Sinoning yozishicha, tabiiy quwat inson shaxsini
saqlaydi, va uning o'sishini boshqaradi. Bunda u ko'payish (urchish)
ishini ham yo'lga solib turadi. Umuman tabiiy quwat inson navini
saqlaydi. Shuning uchun tabiiy quwatning navni saqlash qismi
moyakda joylashgan.
Ibn Sino tibbiyotning vazifasi salomatlikni saqlashdan iborat, degan fikrni
boshqa asarlarida ham ko'p marta ta'kidlagan. Masalan, nazm bilan
yozilgan "Urjuza fi-t-tib" ("Tibbiy urjuza") nomli kitobida bu fikrni qisqa
va ihcham qilib, "Tibbiyot — sog'liqni saqlash va kasallikni tuzatishdan
iborat (fan)", deb yozgan.
"Urjuza fi-t-tib" mazmun va hajm jihatidan "Tib qonunlari"dan so'ng
ikkinchi o'rinda turuvchi katta she'riy asardir.
Ibn Sino tib ilmini nazariy va amaliy qismlarga bo'lgan. Uning yozishicha,
nazariy qism tibning asosiy qoidalarini o'rganadi. Xususan, u
kasalliklarning turlari va sabablarini aniqlaydi. Amaliy qism esa tadbir va
amalning qanday bo'lishini ko'rsatadi. Bu yerda Ibn Sino ikki muhim
masalani ko'zda tutgan. Ulardan bfri sog'lom tananing tadbirini bilish,
ya'ni tana sog'Iig'ini saqlash, buni olim sog'liqni saqfash ilmi deb atagan.
Ikkinchi masala kasal tananing tadbirini bilish, ya'ni kasallikni muolaja
qilib, uni sog'lom holatga qaytarish. Buni Ibn Sino davolash ilmi deb
atagan.
Ibn Sino nazariy-tibbiy bilimlar doirasiga unsurlar, mizojlar, xiltlar,
quwatlar, a'zolar va ularning funksiyalari haqidagi tushunchalarni
kiritgan. Olimning ta'kidlashicha bu tushunchalarning har biri o'ziga xos
mohiyatga ega.
Murakkab a'zolarga Ibn Sino bunday
ta'rif bergan: "Murakkab a'zolar
shunday a'zolarki, ulardan qaysi
bo'lagini olmang, u na ismda, na tarifda
butun a'zo bilan bir xil bo'lmaydi, ya'ni
murakkab a'zoning bir bo'lagi shu a'zoni
to'la ifoda etmaydi". Olim bunga misol
qilib, qo'l va yuzni oladi va yozadi.
"Yuzning bir bo'lagi yuz emas.
Shuningdek qo'lning bir bo'lagi ham qo'l
emas."
Umuman olganda, Ibn Sino odam
organizmi va undagi a'zolarning
tuzilishini bayon etishda Galenning
fikrlariga asoslangan. Lekin, o'zidan
ham ba'zi bir qo'shimchilar qilgan.
Masalan, Ibn Sino tomirlarning
tuzilishini Galenga nisbatan aniqroq va
to'liqroq ifodalab bergan. U o'rta asr
olimlari orasida birinchilardan bo'lib,
o'mrov suyagi faqat odamda bo'lishini
ko'rsatgan. Galen bilak muskulini bir
qorinli, deb hisoblagan edi. Ibn Sino bu
muskul ikki qorinliligini ko'rsatib bergan.
U
o’zining
tug’ma
iste’dodi
va
favqulotda
mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan
o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan
narsalarni
ham
kitobdan
mustaqil
o’qib
o’rganardi. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa
boshlaydi. “Tib ilmi – deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai
holida, — qiyin ilmlardan emas, shu sababdan qisqa
muddat ichida bu (fanga juda) ilg’orlab ketdim, endi
hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib
ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham
davolab turardim va (shu yo’sinda) orttirgan
tajribalarim natijasida muomila eshiklari menga shu
qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish
qiyin”.
.
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob al qonun fi-t-tib” (“Tib
qonunlari”) kitobi hisoblanadi. O’z davridagi tibbiyot faning mufassal qomusi
hisoblanagan bu asarda inson sog’lig’i va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar
mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. “Qonun” 1012-23 yillar mobaynida yozilgan bo’lib,
uning qo’lyozma nusxalari tezlik bilan tarqaladi. Bu asar ko’p o’tmay Yevropaga
ham yetib keladi. XII asrdayoq Kremonalik Gerard(1114-1187) “Qonun”ni arabchadan
lotin tiliga tarjima qiladi va shundan keyin Yevropa dorulfununlarida tabobat faniIbn
Sino asarlari bo’yicha o’qitila boshlaydi. “Qonun” o’zining asosiy qo’llanma va darslik
sifatida qiymatini 500 yilldan ortiq vaqtgacha saqlanib qoldi. Birinchi bor u Uyg’onish
davridagi insonparvarlik markazlaridan biri bo’lgan Strasburg shahrida 1473 yili bosilib
chiqadi. Umuman “Qonun” 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim
qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. Uning arabcha matni 1593 yiliyoq Rimda
nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir necha bor qaytadan bosildi. “Qonun”ning
ayrim qismlari ingliz, nemis va fransuz tillariga ham tarjima qilingan bo’lsada, bu
munim asar keying vaqtlargacha hozirgi zamon tillaridan birortasiga to’la holda tarjima
qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’suliyatli ishni o’zbek sharqshunoslari tabiblar bilan
hamkorlikda amalga oshirdilar: “Qonun”ning beshala kitobi o’zbek va rus tillarida 1954-
61yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi. 1980 yili Ibn Sino tug’ilganiga 1000 yil
to’lishi munosabati bilan “Qonun”ning ikkinchi tuzatilgan nashri e’lon
Dostları ilə paylaş: |