4.Marketing soxasida Axborot tizimlari Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir".
Haqiqatdan ham axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul.
Endi bizdagi ahvolga kelsak bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin. Marketing axborot tizimi(MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta'minlaydi.
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga bo’ladilar: 1. Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar massivi; 2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.
Hozirgi vaqtda ikki turdagi tarmoqlar kanallari mavjud. Internet - 45 mingdan ko’proq kichik lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150
mamlakatida 56 milliondan ko’proq kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
Birlamchi marketing axboroti, odatda, maxsus tadqiqotlarning mahsuli hisoblanadi. Ikkilamchi axborotni olganda esa massivning asosiy qismini firmalar haqidagi ma'lumotlar tashkil qiladi. Ular birinchi navbatda quyidagi vazifalarni echish uchun kerak:
Qisqacha xulosa qilib aytadigan bo’lsak bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Marketing axborot tizimi korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.