JISMONIY TARBIYA VA SPORT MARKETING KORXONALARIDA TOVAR BOZORINI TADQIQ QILISH
REJA:
Marketing tizimida tovar tushunchasi, tovar siyosati va uning orni
Tovarning hayotiy davri va bosqichlari
Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi
1. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning orni. Tovar ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan va e'tiborni jalb qilish, sotib olish, foydalanish yoki iste'mol qilish maqsadida bozorda taklif etiladigan mahsuldir. Bular turli xil jismoniy ob'ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va goyalar bolishi mumkin. Marketing tizimida u iste'molchilar maqsadli guruhining ehtiyojlarini toliqroq ta'minlaydigan foydali xususiyatlar yigindisi, bozorda mahsulotga talabning mavjudligi va sotilish kunining (muayyan narx bilan birgalikda) belgilanganligi sifatida qaraladi. Demak, haqiqiy tovarning uchta asosiy tashkil etuvchilari mavjud:
foydalilik;
bozordagi obro-e'tibor;
togri keladigan narx.
Tovarning iste'molchi uchun amaliy jihatdan foydaliligi qator atribut, ya'ni alomatlar (mazkur predmetning muhim ajralmas xususiyatlari) doirasida aniqlanadi. Marketing chegarasida tovarning mulьti-atributiv modeli esa uni rivojlantirish va takomillashtirish boyicha qaror qabul qilish uchun asos bolib hisoblanadi. F. Kotlerning tasnifiga kora tovar uch guruh alomatlar (olchamlar)ga ega:
1. Tovarni yaratish goyadan, ya'ni iste'molchi oladigan asosiy manfaatni aniqlashdan boshlanadi. goya, albatta, biror tayanch ehtiyojga qaratilishi kerak.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni (gozalligi), narxi, orami, markirovkasi, uslubi va sifati haqidagi savollarni, ya'ni real bajarilishini har tomonlama oylab korish kerak.
3. Tovarni sotish, etkazib berish va ornatish, sotishdan keyingi xizmat korsatish, kafolatlar, kreditlash va ragbatlantirish, ya'ni yordamchi kuch (quvvatlangan tovar) haqida oldindan oylash kerak.
J. Lamben (mashhur frantsuz marketologi) tasnifiga kora korsatilgan olchamlar yadro (funktsional foydaliligi), periferiya (tovarning asosiy funktsiyasi: tejamkorlik, qulaylik, xizmat korsatish va hokazolar bilan bogliq bolgan) va qoshilgan xizmatlar (asosiy funktsiya bilan bogliq bolmagan, lekin iste'molni qondirish imkoniyatlarini, misol uchun, yangi tovarni sotib olayotganda topshirilayotgan ishlatilgan mahsulotning narxi hisobiga kengaytiriladigan) deb korsatiladi.
Tovarga baho berishda uning sifati asosiy orinda turadi. Bu tushuncha quyidagilarni oz ichiga oladi:
texniki-qtisodiy tavsiflar;
tayyorlash texnologiyasi;
ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi;
moljallanadigan maqsadga mos kelishi;
ekologik xususiyatlari (atrof-muhitni himoya qilish talablariga mos kelishi);
ergonomik xususiyatlari (inson organizmining tuzilishi va xususiyatlarini hisobga olish);
estetik xususiyatlari (tashqi shakli va korinishi, jozibaligi, ifodalanishi).
Tovarning kozda tutilayottan xususiyatlarining tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish zarur (29-chizmaga qarang).