Jismoniy tarbiya va sport marketing korxonalarida tovar bozorini tadqiq qilish



Yüklə 41,76 Kb.
səhifə5/9
tarix13.04.2023
ölçüsü41,76 Kb.
#97374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MARKETING KORXONALARIDA TOVAR BOZORINI

Etuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda takomillashgan texnologiyalar boyicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda kopgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan tovarlarning zahiralari toplanib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar koproq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablaglar sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tarmoqda faqat mustahkam orin egallagan raqobatchilargina qoladi.
Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yol qoymaslik uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak boladi.
Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin baribir ma'lum vaqtdan songra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba'zan tezlik bilan borsa, ba'zi hollarda sekinlik bilan bir-tekis boradi.
Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar, iste'molchilar talabining ozgarishi hamda mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobatning keskinlashuvining vujudga kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur boladilar. Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori bolmagan savdo kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, ragbatlantirish uchun sarflanayotgan mablaglarni kamaytirishga va narxni tushurishga majbur boladilar.
Ba'zan tovar hayotiy davrining chiqish bosqichida ham tovarni tiriltirish va uning hayotiy davrini davom ettirishga harakat qilib korish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni ozgartirishi, tovarlarning orab-joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlarga kirish va ularni ozlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak boladi. Agar bu chora tadbirlar ham ijobiy natija bermasa, u holda tovar ishlab chiqarishni toxtatishga otish togri yol hisoblanadi. Bunday holat yuz beradigan bolsa iste'molchilar va sotish kanallari muayyan tovarni ishlab chiqarishning toxtatilish vaqti, kafolat majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta'mirlashni amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan olingan tovarning qancha vaqt davomida yordamchi qismlar bilan ta'minlashi haqida oldindan ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat firmaga bolgan ishonch yoqolmasligining va iste'molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Firmanig samarali faoliyat korsatishida marketing taktikasini qollash muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, bu marketing taktikasi tovarning har xil hayotiy davri bosqichlarida oziga xos-xususiyatga ega boladi. Quyidagi 20-jadval ma'lumotlarida tovarning har xil hayotiy davri fazasida firmaning marketing taktikasi qanday bolishi boyicha ma'lumotlar keltirildi.
Bu jadval ma'lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, firma yoki korxona tovarning har xil hayotiy davri bosqichida ma'lum bir maqsadni kozlagan holda marketing taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi.



Yüklə 41,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin