Bu asosiy talablarga rioya qilish bozorga chiqariladigan tovarning uzoq vaqt davomida talab bilan ta'minlanishi uchun sharoit yaratadi.
Tovar assortimenti - bu ikkita asosiy korsatkich: kenglik va chuqurlik bilan tavsiflanishi mumkin bolgan korxonaning tovar mahsuloti yigindisidir. Assortiment kengligi har xil tovarlar yoki ular guruhlarining soni bilan, chuqurligi esa - modifikatsiyalar, bitta guruh doirasida bu tovarlarning variantlari, ya'ni ehtiyojlarni qondirishning har xil darajalariga moljallangan tovarlarning soni bilan aniqlanadi.
Tovar assortimentining rivojlanishi korxona marketingining eng muhim funktsiyasi hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchining an'anaviy yoki yashirin texnikaviy va moddiy imkoniyatlarini muayyan iste'mol qiymatiga ega bolgan, xaridorni qondiradigan va korxonaga foyda keltiradigan mahsulot va xizmatlarga tadbiq etishda namoyon boladi.
Bozordagi tovar taklifining xilma-xilligiga faqatgina assortimentni kengaytirish yoli bilan erishilmaydi. Agar taklif etiladigan tovarlar toplami sifati, assortimenti va narxlari boyicha bir-biriga yaqin bolsa, birinchi oringa ularning servisi chiqadi. Servis eng kop yakkalangan va bozorga taklif etilgan tovarlarning raqobatbardoshligini qoshimcha ravishda oshirish, mustahkamlashning eng muhim vositasi sifatida namoyon boladi. Firmaning iste'molchilar orasidagi imijini ham servis aniqroq belgilaydi.
Qator belgilariga qarab tovarlarni quyidagilarga bolish (tasniflash) mumkin:
bevosita insonlarning shaxsiy extiyojlarini qondirishga moljallangan tovarlar, ya'ni iste'mol tovarlari;
boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlatiladigan tovarlar yoki ishlab chiqarishga moljallangan tovarlar (ishlab chiqarish vositalari).
Iste'mol tovarlari uchun marketingda tasniflashning ikki shakli mavjud. Birinchisi iste'mol xususiyatiga asoslanadi. Bunda tovarlarning uch kategoriyasini korsatadilar:
1. Qisqa muddat, bir yoki bir necha marta ishlatiladigan tovarlar.
2. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Ular kop marotaba ishlatiladi.
3. Xizmatlar - insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Xizmatlar sotish ob'ekti bolib hisoblanadi (kiyim tikish, soatlarni tuzatish va hokazo).
Iste'mol tovarlarini tasniflashning ikkinchi shakli iste'molchining xatti-harakatlari, uning iste'mol jarayonidagi odatlariga asoslanadi. Unda ham tovarlarning uch kategoriyasi korsatiladi:
1. Kundalik ehtiyoj tovarlari - bu kop oylamasdan, ozaro taqqoslashga harakat qilmasdan, tez-tez xarid qilinadigan tovarlar (gugurt, xojalik mayda-chuydalari, yozuv qurollari).
2. Jiddiy tanlov tovarlari - bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi korinishi oxshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebelь, elektr tovarlari). Iste'molchi oziga kerakli tovarlarni topish uchun ma'lum kuch sarf qiladi.
3. Obro-e'tiborli tovarlar - haqiqatan ham faqat oziga xos xususiyatlarga ega bolgan yoki mashhur ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan bogliq bolgan tovarlar.