Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti HFX yo‘nalishi 4-kurs 283-guruh talabasi Qosimov Abdumalikning Bino inshootlar xavfsizligi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
«Atmosfera havosini muhofaza qilish»ga asosan sanoat korxolarining bosh tarxida joylashtirish.
Reja:
1. Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish
2. Sanoat korxonalarining bosh rejasi.
Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko‘plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan so‘ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko‘rsatishi uchun har jihatdan qulay bo‘lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yerosti suvlari me’yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo‘nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o‘simlik qomlamalari, aholi yashash joylari o‘rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko‘plab chiqaradigan bo‘lsa (ko‘mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo‘nalishiga teskari bo‘lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan, Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho‘rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho‘lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko‘radigan zarar juda oz miqdorda.