Mustaqil ishi bajardi: Omonov k tekshirdi: Yaxyoyev O



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə1/4
tarix19.05.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#117544
  1   2   3   4
iqt o\'sish m ish


Navoiy davlat konchilik va
texnologiyalar universiteti
Kimyo metallurgiya fakulteti
1a-20 IQ guruhi talabasi
Omonov Kamronbekning
Iqtisodiy o’sish fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Omonov K
Tekshirdi: Yaxyoyev O


Navoiy - 2023


Mavzu: Tugallanmagan ikki turdagi iqtisodiyot
REJA

  1. Iqtisodiy o‘sishda ijtimoiy-iqtisodiy modellar

  2. Janubiy Koreyaning samarali rivojlanish tajribasi

  3. O‘sishning sekinlashish sabablari


Iqtisodiy o‘sishda ijtimoiy-iqtisodiy modellar

Iqtisodiy o‘sishda shunday omillar ham borki, ularning


iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlash qiyindir. Masalan, AQSH ning
boy tabiiy zaxiralari davlatning iqtisodiy o‘sishga katta hissa qo‘shgan.
AQSHda mo‘l hosil yetishtirish uchun tabiiy sharoitlar, energetik
zaxiralar, mineral va boshqa resurslar ko‘p. Ushbu zaxiralami hajmi
jihatdan AQSHga faqatgina Rossiya yoki Kanadani tenglashtirish
mumkin.

Lekin tabiiy resurslaming o‘zigina iqtisodiy o‘sishni ta’minlab


berolmaydi. Tabiiy resurslari kam boigan davlatlarda ham iqtisodiy
o‘sish tez sur’atlarda boiishi mumkin. Masalan Yaponiya cheklangan
resurslarga ega b o iib , ikkinchi jahon urushidan keyin tez sur’atlarda
rivojlandi. Bundan tashqari shunday omillar ham borki ularni
baholashning umuman iloji yo‘q, masalan AQSHning iqtisodiy
o‘sishiga davlatdagi umumiy ijtimoiy, madaniy va siyosiy muhit ham
munosib o‘rin egallagan. AQSHda boshqa davlatlarga nisbatan
ijtimoiy, ma’naviy cheklashlar deyarli yo‘q, rivojlanish uchun barcha
sharoitlar yaratilgan. Amerikaliklar orasida biznesmen, novator,
kashfiyotchilar katta hurmatga ega.

Amerikaliklar orasida tadbirkorlik mehnat va tavakkalchilik


munosabati o‘zgacha. Amerikadagi bozor iqtisodiyoti tizimi iqtisodiy
o‘sishga olib keluvchi har qanday harakatni rag‘batlantiradi. AQSH
iqtisodiyoti barqaror siyosiy tizimga asoslanadi, bundan tashqari
demokratik qat’iy, xususiy mulk huquqi va boshqalar davlat
tomonidan himoya qilinadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, erkinliklar
ko‘proq davlatda o‘sish rivojlanishi yuqoriroq bo‘ladi. Ushbu barcha
omillar birgalikda AQSHda iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratmoqda.
Iqtisodiy o ‘sishga eng katta salbiy ta’sir AQSHda 1930-yillardagi
Buyuk depressiya davrida b oigan 1929—33-yillar oralig‘ida AQSHda
YAIM 823 mlrd. dollardan 587 mlrd. doll, tushgan va 1929-yil
ko‘rsatkichiga qaytgan. 1980-1982-yillardagi iqtisodiy tushkunlik
AQSHda 600 mlrd dol. mahsulot va daromadni yo‘qotishga olib keldi.
YAIM va aholi soniga nisbatan ishlab chiqarish sur’atlarining
o‘sishi, 1948 -1994-yillar (%)



Davr

Ishlab chiqarish yillik o'sish suratlari

YAIM yillik o‘sish
sur’ati jon boshiga

1948-1966

3,2

2,2

1966-1973

2

2

1973-1981

0,7

1,1

1981-1990

1,3

1,8

1990-1994

2

1,2




Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin