Xizmat ko’rsatishning jahon tajribasi. Reja: Kirish 1.Xalqaro xizmatlarsohasidamehmonxonaxo’jaliginingrivojlanish xususiyatlari.
2.Mamlakat iqtisodiyotida mehmonxona xo’jaligining tutgan o’rni va rivojlanish bosqichlari.
3.Mehmonxona xo’jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari.
4.Mehmonxona xo’jaligida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning xorij tajribasi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida mustahkam o’rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarda ulkan mehmonxonalar mavjud. O’zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona tizimi O’zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda. “2015- yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur‟atlari 7,8 foizdan iborat bo’lishini ta‟minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo’jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko’rsatish hajmini 17,4 foizga ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda”. Inflatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o’rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda. Ayni paytda inflyastiya darajasi 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2015-yilda yalpi ichki mahsulot o’sishining yarmidan ko’pi xizmat ko’rsatish sohasi hissasiga to’g’ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o’rni va ta‟siri naqadar katta ekanini ko’rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band aholining yarmidan ko’pi ushbu sohada mehnat qilmoqda- deb ta‟kidlagan nutqlaridan ma‟lumki, xizmat ko‟rsatish sohalaridan biri bo‟lgan turizm sohasini rivojlantirishda sifatli xizmat ko‟rsatishni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.
Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo‟lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o’rni alohidadir. Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o‟rgatishdan iboratdir.
G’arb davlatlarida mehmonxona xo’jaliklarini boshqarish bo’yicha ko’p yillik tajriba yig’ilgan. Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o’rganish shubxasiz, mehmonlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o’ynaydi. Ammo O’zbekistondagi turizm sanoati o’ziga xos sharoitlarda faoliyat ko’rsatayotganligini etiborga olish kerak.
Hozirgi kunga kelib, O’zbekistonda bir qancha jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxonalar qurildi. Mehmonxonalarni yangilash uchun juda katta investitsiyalar yo‟naltirilgan, yangi qurilishlar qurilgan, so’nggi zamonaviy texnologiyalar kiritilgan, yangi xizmatlar ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, mehmonxonalarning birlashish tendensiyalari asosan AQSHga to’g’ri keladi. Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi 30 foiz mehmonxonalar birlashgan hisoblanadi. Qolgan mehmonxonalar mustaqil ravishda ish olib borishadi.
Agar mehmonxona tarmoqlarining regionlardagi mehmonxona biznesiga ta‟siri haqida gapiradigan bo’lsak, uning qonuniyligi, afzalligi hamda bozordagi kamchiliklarini ajratish mumkin.
Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko’rsatish va muomala qilishga juda ko’p mablag’ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Bu xizmatlardan butun dunyo foydalanmoqda va sifatdan butunlay mamnun.
Samarali korporativ boshqaruvida mehmonxona sohasining, hayotimizga kirib kelayotgan yangi information texnologiyalar tasir ko’rsatmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o’rgatish, bilet sotish operatsiyalarini amalga oshirish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyati, ishga haq to’lashning uslublari, talabalar va magistrantlar bu sohaning zarurligini nafaqat mutaxasislik sohasida, balki insonlarning kundalik hayotida kerak bo’lgan bilimlarni beradi. Shu nuqtai-nazardan bugungi kunda tanlangan mavzu dоlzarbligi bilan ajralib turadi.
Mehmonxona xizmatlari va ularning faoliyati, unda ko'rsatiladigan xizmatlarning turlari va sifati, mehmondo'stlik industriyasi, mehmonlarga xizmat ko'rsatishdagi afzallik va kamchiliklar, muammolar kabi masalalar bo'yicha chet ellik iqtisodchi olimlardan C.B.Cenin, C.Medik, X.Ingram, G.A.Papiryan va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
O’zbekistonda mehmonxonani samarali korporativ boshqaruvini rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.