Xalqaro xizmatlar sohasida mehmonxona xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari. Mamlakatiqtisodiyotidamehmonxonaxo’jaliginingtutgano’rni varivojlanishbosqichlari.
Mehmondo’stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to’g’risida so’z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin:
Qadimgi davr;
O’rta asrlar;
Yangi davr;
Hozirgi davr.
Mehmonxona sanoati korxonalarining yuzaga kelishi qadimgi Rim bilan aloqadordir (taxminan er.av. 50-yillar). Rim imperiyasi yirik bo‟lganligi sababli amaldor va savdogarlar tez-tez tashqariga chiqib turganlar. Natijada ularni joylashtirish uchun doimiy xovli-joy va tavernalar yuzaga kelgan.
Rim davlatining asosida qa‟tiy sinfiy tizimning mavjudligi joy bilan taminlash korxonalari rivojiga ham e‟tiborni kuchaytirdi. Hatto davlat amaldorlari yo‟lga otlanishdan avval o‟z qo‟l ostidagilari orqali joylashish o‟rnini kelishib olishga odatlandilar.
Qadimgi Rimdagi qo‟nib o‟tish manzillari asosiy yo‟l bo‟yida va qishloqlarda joylashgan, faqat qulaylik haqida gap bo‟lishi mumkin emasdi. Rim imperiyasining qulashi bilan hovli va tavernalar o’z-o’zidan inqirozga uchradi. Faqat IV asrdan so’nggina, O’rta asr davri (500-1300 yil) boshlangungacha, yangi turda joylashtirish korxonalari yuzaga kela boshladi. Dunyodagi eng yirik mehmonxona Rassiyaning Maskva shahrida joylashgan “Izmaylovo” dir. U 7500 nomerli bo’lib, hisoblanadi.
Manba: BJTT ma‟lumotlari asosida tayyorlandi. 2015 yil
Hozirda jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlarning soni 17,5 milliondan ortib ketgan. Ularning 37,8 foizi Yevropada, 35 foizi Amerikada, 22,2 foizi Osiyo va Okeaniyada, 2,8 foizi Afrikada va 2,2 foizi O’rta Sharq mintaqasida joylashgan.
Dunyo mamlakatlari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, mehmonxonalarning aksariyati AQSh Yaponiya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Meksika, Kanada, Tailand, Gresiya, Avstriya, Indoneziya, 12 Avstraliya, Rossiya, Turkiya va Argentina mamlakatlarida joylashgan. qolgan mamlakatlarning birortasining egalik qilayotgan o’rinlarining soni dunyo bo’yicha umumiy ko’rsatkichning 1%ga yetmaydi.