Jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan mamlakatlar 2-jadval
T/R
Mamlakat
Hissasi(%)
1
AQSH
24,1
2
Yaponiya
9,0
3
Italiya
5,6
4
Germaniya
5,1
5
Xitoy
4,7
6
Fransiya
3,4
7
Meksika
2,6
8
Kanada
2,1
9
Tailand
1,8
10
Gretsiya
1,8
11
Avstriya
1,8
12
Indoneziya
1,5
13
Avstraliya
1,1
14
Rossiya
1,0
15
Turkiya
1,0
16
Argentina
1,0
Yuqoridagi, ma’lumotlardan ko‟rinib turibdiki jahon bo’yicha mehmonxonalarning o’rinlari bilan yetakchilik qilayotgan mamlakat bu AQSH hisoblanadi.
Inson sayohat qilishni boshlagandan buyon uydan tashqarida qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, boshpana va ovqatlanishga ehtiyoj sezadi. Bunday talablarni qondirish uchun keyinchalik turistik korxona va tashkilotlar paydo bo’ldi.
Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so’zi XVIII asrda paydo bo‟ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko’p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. U yerda ko’pchilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlangan. Bu egalarning fikricha, ularga yevropacha (fransuzcha) ko’rk bag’ishlagan. AQSH mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko’pchilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi. Mehmonxonalarga bo‟lgan ehtiyoj bu mamlakatda emigrantlar, yani boshqa mamlakatlardan doimiy yashash uchun kelgan aholining bir to‟plami to’xtovsiz oqib kelishi bois juda katta bo‟lgan. Ularni vaqtincha joylashishga zarurat sezgani tufayli mehmonxona biznesining gurkirab rivojlanishiga, unga talabni keskin oshishiga imkon yaratgan.
Turizmni rivojlantirish davlat dasturida turizm milliy madaniyati va iqtisodiyotni rivonlanishiga asosiy omil bo‟lib u turistik faoliyat uchun zarur shart- sharoitlar yaratib berishi ko’rsatildi. Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo‟nalishi quyidagicha:
respublikaning iqtisodiy tarmoqlarning ustuvorligi kabi turizmni rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish:
turistik faoliyatda mumkin qadar qulaylik yaratish rejimini kafolatlash;
turizm sohasida me‟yoriy va huquqiy bazalarni yaratish;
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun bir teng sharoitlar bilan taminlash;
turizmda raqobatbardoshlikni rivojlantirishga ko‟maklashish;
noyob turistik potensial imkoniyatlarni yaratish va keng targ‟ibotni tashkil qilish.
Respublika hukumati turistik tarmoqlarda xususiylashtirish faoliyatlariga turli rag’batlantirishlarni yo’lga qo’ymoqda. Undan tashqari turizm industriyasidagi chet el invistitsiyalariga afzalliklar yaratilgan. Misol uchun chet el invistitsiyalariga imtiyozlar belgilangan va bu O’zbekiston Respublikasining soliq qonunlariga bayon etilgan. Bundan tashqari “2015 yilga qadar Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va yo'nalishlarni kengaytirishga qaratilgan dastur”5 qabul qilingan bo'lib, ushbu dasturga muvofiq quyidagi masalalar ko'rib chiqilgan:
Davlat ahamiyatiga ega bo‟lgan ko‟pgina davlat invistitsiyalari hukumat tomonidan kafolatlanadi. Bu turizm muhitidagi barcha tarmoqlarda tadbirkorlikni iqtisodiy rag’batlantirishning eng kuchli tayanchi hisoblanadi.
Toshkent, Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi turistik tashkilotlar uch yil muddatdan oshmagan holda dastlabki foyda olguncha barcha turdagi soliq to‟lovlaridan ozod etiladi.
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko’p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili (OAV) ommaviy axborot vositalari ko’p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma‟lumot beradi.
O’zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo’shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‟lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O’zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo’qolib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko’rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti- vaqti bilan mehmonxona xizmati yangidan-yangi turlarining paydo bo’lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo’yadi. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig’imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort), ular nima maqsadga mo’ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta‟minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarix tuzilishiga va shu kabilarga ta‟sir ko’rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig’imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Ma‟lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:
shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashgan mehmonxonalarga;
qishloqda (shu jumladan baland tog’ hududidagi qishloqda) joylashgan mehmonxonalarga bo’linadi.
Nomerlar fondining sig’imi. Mehmonxona sig’imi doimiy uxlash joylarining miqdori bilan belgilanadi. Mehmonxonalar sig’imiga qarab turli mamlakatlarda har xil tasniflanadi. Masalan, Shveysariya va Avstriyada 100 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 100-200 ta joyga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 200 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona;
Chexiyada 120 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha joyga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar katta mehmonxona;
AQShda 100 tadan kam nomerga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha nomerga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq nomerga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona hisoblanadi6.
Bizning mamlakatimizda mehmonxonalar sig’imiga qarab rasman tasniflanmaydi, shu bois ularni quyidagi guruhlash taklif etiladi:
150 tagacha joyga (100 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar kichik mehmonxona;
150-400 ta joyga (300 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona;
400 tadan ortiq joyga (300 tadan ortiq nomerga) ega mehmonxonalar katta mehmonxona hisoblanadi.
Jahon mehmonxona nomerlari fondi asosan kichik va o’rtacha mehmonxonalarda joylashgan.
So’nggi vaqtda turizmning jiddiy o’sishi munosabati bilan hamda iqtisodiy shart-sharoitlarga ko’ra ayrim yangi mehmonxonalar sig’imining kattalashishi qayd etilmoqda. Katta sig’imli mehmonxonalarning qurilishi eng avvalo iqtisodiy manfaatlar bilan belgilanadi.
Mehmonxona xo’jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari “Korporatsiya (lotincha corporatio - birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‟rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir”. Aytib o’tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o’ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo’jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‟liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shunday qilib, O’zbekistonda korporatsiya mustaqil mehmonxona bo‟lishi mumkin.
Mehmonxonada korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi mehmonxonalar, hammasi ham shu mehmonxona tizimlarining shaxsiy mehmonxonalari hisoblanmaydilar. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o‟rni aloxidadir. Turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida tamirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod qilish uchun katta sarmoyalar ajrata boshlandi. Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko‟rsatish va muomala qilishga juda ko‟p mablag‟ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Bu xizmatlardan butun dunyo foydalanmoqda va sifatdan butunlay mamnun. Xozirgi vaqtda mehmonxona biznesi turizm bozorining eng foyda keltiruvchi segmentlaridan biriga aylandi. Mehmonxona xizmatlari turistga maksimal darajada qulayliklarni taqdim etuvchi majmua sifatida tasavvur etish mumkin.
Samarali korporativ boshqaruvida mehmonxona sohasining, hayotimizga kirib kelayotgan yangi information texnologiyalar va nou-xaular tasir ko’rsatmoqda. Mehmonxona menejmentida keying yillarda joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog’liq ravishda shakllanmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o‟rgatish, bilet sotish operatsiyalarini amalga oshirish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyati, ishga haq to’lashning uslublari, talabalar va magistrantlar bu sohaning zarurligini nafaqat mutaxasislik sohasida, balki insonlarning kundalik hayotida kerak bo’lgan bilimlarni beradi.
Mamlakatimizda bunday kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy uslublariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda.
Mehmonxona faoliyatining samaradorligini oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta‟minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, mehmonxonada samarali korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.