Ishlab chiqarish o‘sishining pasayishi
1970-80 va 90-yillar boshida ishlab chiqarish sur’atlarining
pasayishi kuzatildi, buni jadvaldagi ko‘rsatkichlardan ko‘rish mumkin.
Jadvalning 2 ustunida ko‘rsatilganidek ikkinchi jahon urushidan so‘ng
(1948-1966) ishlab chiqarish sur’atlarining o ‘sishi kuzatilgan va
o ‘rtacha 3,2 % 1 yilda biroq 1966-73-yillarda ushbu o‘sish pasaygan.
Undan keyin pasayishi yanada sezilarli bo‘ldi (1973-1981). Ishlab
chiqarishning pasayishi jahonning barcha davlatlarida kuzatilsa ham
AQSHda uning ta’siri boshqa davlatlarga nisbatan sezilarli boiadi.
Ishlab chiqarishning pasayishi bir qator sabab oqibatlarga sabab
boladi.
1. Turmush darajasi. Ishlab chiqarish darajasining o‘sishi tur
mush darajasi va ish haqini ko‘tarish mumkin boigan asosiy
omillardan biridir. Bir ish soatida qancha ko‘p mahsulot ishlab
chiqarilsa bir soatlik real daromad ham shuncha oshadi. Bir ish
soatida qancha ko‘p ko‘rsatilganidek turmush darajasini belgi-
lovshi asosiy ko‘rsatkich bu real YAIM aholi jon boshiga nisbatan
o‘sishi hisoblanadi.
2. Inflatsiya. Ishlab chiqarish sur’atlarining oshishi inflatsiyaning
pasayishi yoki umuman bartaraf etilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra
ishlab chiqarish o ‘sishining pasayishi inflatsiyaning sur’atini yuqori
bo’lishiga olib keladi. Ko‘pchilik iqtisodchilaming fikriga ko‘ra aynan
ishlab chiqarish sur’atining pasayishi 70-yillarda inflatsiyaning keskin
ko‘tarilishiga olib kelgan.
3. Jahon bozori. AQSHda ishlab chiqarish sur’atlarining boshqa
davlatlamikiga nisbatan pasayishi mahsulotlar narxining oshishiga olib
keladi. Bu esa o‘z navbatida AQSH tovarlariga jahon bozoridagi talab
tushib ketishiga sabab boiadi. Amerika tovarlari bozordagi
raqobatbardosh bo‘la olmadi.
Bizga davlatdagi iqtisodiy o‘sish omili bo‘lib nima hisoblanishi
qiziqtiradi, chunki ba’zi davlatlardagi iqtisodiy o‘sish yuqori
bo‘ladi, ba’zilarda esa past. Masalan, iqtisodiyot yuqori o‘sish
sur’atlari bilan rivojlanishi mumkin. Ammo investitsiyani oshirib
borayotgan davlat iqtisodiy o‘sishi kamayib borishi ehtimoldan holi emas. Ammo boshqa tomondan iqtisodiyot rivojlanishni davom
ettiraveradi, agar ishlab chiqarish unumdorligi ko‘paydi, chunki bilim cheksizligi bunga yana bir isbot bulishi mumkin.
Buni ko‘rsatishimiz uchun bizga, texnologiya rivojlanishining
o‘sish sur’atini hisoblab shiqishimiz kerak. Ammo texnologiyani
hisoblash qiyin bo‘lganligi uchun, biz u holda texnik taraqqiyoti o‘sish
sur’atlarini hisoblab chiqamiz. Buning uchun YAIMning o‘sish
sur’atini quyidagi tenglama orqali hisoblab chiqamiz:
Au /u = AA/A + aAk/k+ (1 -a)Aye/e.
(1) tenglama shuni bildiradiki, YAIMni o‘zgarishi uchta asosiy
qismlarga bog‘liqligi, ya’ni texnologiya rivojlanishi, bir ishchiga
to‘g‘ri keladigan kapitalning o ‘sish sur’atlari va malaka yoki ta’lim darajasini oshirishning o‘sish sur’atlaridir. Biz uchrayotgan muammo shundan iboratki A o'sish sur’atlari ko‘rsatkichi o'lchash imkoniyati yo’qligidir. Boshqa tenglamalar esa juda oddiy: AuG‘u - bu bir ishchiga to‘g‘ri keladigan yalpi o‘sish sur’atlari ko‘rsatkichi (milliy hisoblar tizimida hisoblanadi), Ak/k -k ap ital o‘sish sur’ati ko‘rsatkichi (bu bu ham milliy hisoblar tizimida hisoblanadi),
hamda Ay/y – ishchi kuchi malakasi (bilimi) o’sish sur’atlari ko’rsatkichlarini quyidagicha tuzib chiqsak:
AA/A = A u/u-aA k/k-( 1 -a) Ay/y.
Shunday qilib, ishlab chiqarish ko‘rsatkichi quyidagicha
hisoblanishi mumkin, ya’ni YAIM o‘sish sur’atidan ayrilingan ishlab chiqarish omilining ikki omili o‘sish sur’atlarini.
Dostları ilə paylaş: |