Mustaqil ishi bajardi: Xusanov Zuhriddin Tekshirdi: Movlonov Pahlavon farg’ona 2023


Plazma: asosiy tushuncha va harakteristikalari



Yüklə 122,42 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü122,42 Kb.
#207946
1   2   3
xusanov fizika 8

Plazma: asosiy tushuncha va harakteristikalari.


Plazma ionlashgan gaz bo’lib, manfiy zaryadlangan zarrachalar (elektron va manfiy ionlar), musbat zaryadli ionlar va neytral zarrachalardan (turg’un va uyg’otilgan holatdagi atom va molekulalar) tashkil topgan.
Plazma zarrachalar sistemasi bo’lib, ionlanish darajasi, temperatura zichligi element tarkibi va kvazineytralligi bilan harakterlanadi.
Moddani plazma holatiga o’tish yoki atom va mo’lekulalarni ionizatsiya jarayoni zarrachalarning o’zaro ta’siri yoki ularning nurlanish ta’siri bilan bog’liq bo’ladi.
Plazma manbalarida ionizatsiya jarayoni tehnologik harakterga ega bo’lib, elektron zarb yoki kvant nurlanishlarning atomga ta’siri bilan kuzatiladi. Ionizatsiya jarayonida elektronlar yoki nurlanishning kvant energiyasi atomlarning ionizatsiya energiyasidan katta bo’lishi kerak.
Plazmada ionizatsiya jarayoniga teskari jarayon rekombinatsiya jarayoni kuzatiladi. Rekombinatsiya jarayoni turli xil ishorali zaryadli zarrachalarning to’qnashishida yuz beradi. Rekombinatsiya jarayonida ajratilgan energiya toqnashayotgan zarrachalarning biriga beriladi.
Plazmaning asosiy harakteristikalari:
Plazmaning ionlanish darajasi ai plazma hajmidagi ionlashgan zarrachalar sonini moddadagi boshlang’ich neytral zarrachalar soniga nirbati bilan aniqlanadi.
Plazmadagi ionizatsiya va rekombinatsiya jarayoni tenglashganda plazmaning ionlanish darajasi o’zgarmay qoladi.
Plazmaning ionlanish darajasi qiymatiga qarab plazmalar


  1. Kuchsiz ionlashgan (ai<1)


  2. Ionlashgan (ai<1)


  3. To’liq yoki yuqori ionlashgan ( ai 100 % ga yaqin). plazmalarga bo’linadi.




Plazmaning kvazinaytralligi katta hajmda va keng vaqt intervalida quyidagi shartni bajarilishi bilan harakterlanadi
Σ𝑧 (𝑛)𝑧 =(ne)
(ni) va (ne) ionlar va elektronlarning o’rtacha konsentratsiyasi. z- ionlar ionizatsiyasining karraligi (z>1)
Plazmada zaryadning hajmiy masshtabda bo’lishishi Debay uzunligi deyiladi. Elektronli plazma zarrachalarning elektrostatik va issiqlik energiyalarini tengligi bilan harakterlanadi.
𝐷=√𝑘𝑇𝑒/8𝜋𝑒2𝑛𝑒
k- Boltsman doimiysi. E va Te plazma zaryadi va temperaturasi.
D- masofada qarama qarshi zaryadli zarrachalarni ekrani hosil bo’ladi.(Kulon potensiali e marta kamayadi). Shuning uchun Debay ekranlanish radiusi deyiladi. L - o’lchamidagi plazma uchun, L>>D shart bajariladi.
D radiusli sferadagi zarrachalar soni ko’p bo’lib, ularning o’zaro ta’sir energiyalari issiqlik energiyalaridan kichik bo’lsa bu plazmani ideal gaz deb qarash mumkin.
neD3>>1
Plazma temperaturasini o’zgartirmagan holda plazma jichligini oshirsak D kamayib shart bajarilmasligi mumkin. Bunda plazmani ideal deb hisoblash mumkin emas.
Har bir zarrachaga qolgan zarrachalarning maydonlari ta’sir qiladi. Juft ro’qnashishlar o’z ma’nosini yo’qotadi.
Zaryadlarning masshtab bo’yicha taqsimlanishi.
tD =D/v
v- zaryadli zarrachalar issiqlik harakatining o’rtacha tezligi.
TD vaqtdan kichik vaqt oralig’ida kvazineytrallik sharti buzilib plazmadagi zaryad zichligini tebranishi vujudga keltiradi va quyidagi chastotalar bilan harakterlanadi.

Elektronli plazma chastotasi



𝜔𝑜𝑒=√4𝜋 𝑒2𝑛𝑒/𝑚𝑒
Ionli plazma chastotasi
𝜔𝑜𝑖𝑧=√4𝜋 𝑒2𝑛𝑖𝑧/𝑀
Plazma chastotasi
𝜔𝑜=√𝜔 2𝑜𝑒+𝜔 2𝑜𝑖
me va M –elektron va ion massasi.
Ion massasi elektron massasidan juda kichik bo’lganligi uchun plazma chastotasi ionli plazma chastotasiga teng bo’ladi. Plazmaning chiziqli chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ion massasi 10-26 elektrondan 105 marta katta, protonniki 10-27 elektrondan 104 marta katta.
𝑓0≈𝑤oe/2𝜋=8.96∗103√𝑛e

n-1sm3 dagi elektronlar soni.



Plazmadagi zarrachalarning issiqlik energiyalari bo’yicha taqsimoti asosiy termodinamik kattalik temperatura bilan harakterlanadi. Umumiy holda plazmadagi zarrachalar (elektronlar, ionlar va neytral atomlar) o’z temperaturalari bilan harakterlanadi.
Te, Ti, Tn elektron, ion va neytral atomlar temperaturasi.
Issiqlik balansi holatida barcha zarrachalar tezliklari va energiyalari bo’yicha Maksvell taqsimotiga ega. Bunda ularning temperaturalari bir xil bo’lib, bunday plazma izotermik plazma deyiladi. Plazmaning qizish darajasi uning tarkibidagi eng harakatchan zarrachalar elektronlar energiyasi bilan harakterlanadi.
Agar Te<10eV bo’lsa past temperaturali plazma deyiladi. 3. Plazma oqimini olish.
Plazma va ionli plazma tehnologiyasi ma’lum parametrdagi plazma oqimlaridan foydalanishga asoslangan. Plazma oqimining asosiy harakteristikalari zarrachalar tezligi va zichligi, energiyasi va terkibi hisoblanadi.
Ko’plab plazma tehnologiyalarida zarrachalarning energiyasi va plazma oqimining tezligi hosil qilingan plazmani tezlatish bilan amalga oshiriladi.
Ionli plazmani tezlatish elektr maydoni yoki boshqa neytral zarrachalar bilan bir marta to’qnashish bilan amalga oshiriladi.
To’qnashish mehanizmi bilan tezlatish gazodinamik metod hisoblanadi.
Plazmani elektromagnit tezlatish faqat ionli plazmalar uchun qo’llaniladi. Qurilmaning masshtabi erkin yugurish yo’lidan ko’p marta kichik bo’lib, to’qnashishlar chastotasi esa plazmaning dinamik chastotalaridan juda kichik bo’lganda Boltsman tenglamasiga asosan Vlasov tenglamasiga mos holda (𝜐≪𝑤0/2𝜋𝑐)

Bu yerda ionlar va elektronlarning taqsimot funksiyasi. Soddalik uchun ionlar bir xil zaryadli deb olinadi. To’qnashishlar hisobga olinmaganligi uchun tenglamaning o’ng tomoni 0 ga tenglangan.
To’qnashishsiz plazma oqimi plazmaning gidrodinamik modeli deyiladi. Bunda plazmaoqimini bir komponentli suyuqlik deb qarash mumkin. Bunda asosiy tezlatuvchi kuch Ampar kuchi hisoblanadi. Plazmadagi bir zaryad ionlari va elektronlarning harakat tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.


  1. tenglamani electron va ionlar bosimi gradientini va ishqalanish kuchini hisobga olgan holda elektronli hamda ionli plazmalar uchun me<







Bu yerda Tei - elektron ion to’qnashishlarining o’rtacha vaqti.
Vi- ionlar tezligi
Ve- elektronlar tezligi.
Pi=nikTi Pe=nekTe E va B elektr va magnit maydonlarining zarracha joylashgan nuqtadagi qiymatlari.
Yuqorida tenglamada asosan 3 ta kuch mavjuq bo’lib, ular yordamida plazma zarrachasining tezlanishi aniqlanadi. Tenglamaning o’ng tomonidagi birinchi had ionli yoki elektronli bosim ta’sirida hosil bo’lgan gazodinamik tezlanishni ifodalab plazma zarrachasining xaotik harakatini ifodalaydi.
Tenglamadagi ikkinchi had elektr maydon tomonidan ta’sir qiluvchi tezlanishni ifodalaydi. Lorens kuchi esa zarracha tezligiga perpendikulyar yo’nalgan bo’lib u ish bajarmaydi. 3-had plazmadagi ishqalanish kuchini ifodalaydi.
Ma’lum bir shartlar bajarilganda plazmani bir jinsli suyuqlik sifatida qarash mumkin. Uning teshkil etuvchi zichliklari o’zaro teng bo’lganda ne=ni=n plazmadagi zarrachalar zichligi quyidagicha ifodalanadi.
(1.12) formulaga asosan (1.11) formulani quyidagicha ifodalash mumkin.

Bu formula ikkinchisi tok jichligi va elektr maydon kuchlanganligi orasidagi bog’lanishni ifodalab umumlashgan Om qonuni ro’lini o’ynaydi. Birinchisi esa asosiy hisoblanib tezlanish mehanizmini ifodalaydi.
Shunday qilib plazma oqimini tezlatishda gazodinamik kuchlar va amper kuchi ish bajaradi. Bu qarama qarshilik magnit maydoni harakatlanuvchi zarrachalar ustida ish bajarmasligi orqali tushuntiriladi. (1.11) formulaga asosan elektr maydoniishqalanish kuchi, elektronlar va ionlar to’qnashishi natijasida ish bajaradi. (1.14) tenglamadagi magnit maydoni tashqi manbalardan hosil bo’lib, Maksvell tenglamasiga asosan
Bunda D X - sirt elementlari. S- kontur yuzi, j-tok kuchi (1.16) formula yordamida razryad sistemalari uchun magnit maydonni hisoblash mumkin.
Jumladan I tok o’tayotgan n va r2 radiusli silindrlar uchun
I - tok kuchi. r- o’zgaruvchan radius(r12Magnit maydoni induksiyasi ma’lum bo’lsa (1.14) formulaga asosan plazmaga ta’sir qiluvchi amper kuchini aniqlash mumkin.
Bu yerda integral tok kuchi va magnit maydon energiyasi 0 dan farqli bo’lgan tezlanayotgan hajm bo’yicha olinadi. Plazmani tezlatishda ion va elektronli to’qnashsishlar muhim ro’l o’ynaydi. j=103 A/sm2 va Te=1eV bo’lganda electron (shamolining) kuchlanganligi 100 V/sm bo’ladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan plazmadagi ionlarni tezlatish mehanizmlari ayrim hollarda to’g’ri bo’lib, tok zichligining katta qiymatlarida yuqoridagi shartlar bajarilmasdan plazmada turli hil tebranishlar hosil bo’ladi. (1.13) tenglamadagi turbulent ishqalanish kuchlari plazmadagi ion va elektronlarga ta’sir qiladi.
Bu kuchlar ta’sirida ionlarning qo’shimcha tezlanishlari hosil bo’ladi. Bunday tezlatkichlar mehanizmi quyidagicha bo’lishi mumkin.



  1. Plazmada electron oqimlarining tormozlanishi hamda ionlarning tezlanishi.



  2. Turli 
    xil massali M1 va M2 ionlarning o’zaro ta’sir energiya va impulsni saqlanish qonuniga asosan og’ir ionlarning (M11/2 marta eU energiyadan ortiq bo’ladi.



  3. Turbulent zonalarda neytral atomlarning ionlanishi yoki ionlarda zaryadlarning qayta taqsimlanishi natijasida tez harakatlanuvchi ionlar oqimi hosil bo’ladi.



Plazma oqimining moddalarga ta’siri.

Zamonaviy oqim tehnologiyalarining rivojlanishi yuqori intensivlikdagi zarrachalar oqimidan foydalanishni taqazo etadi. Bu esa zarrachalar hosil qilgan tok zichligini oshirilishiga olib keladi. Bular yordamida metallarda elektronlar oqimi bilan qizdirish jarayoni, metallarni ionlar oqimi bilan qirqish jarayoni amalga oshiriladi. Bir xil ishorali zarrachalarning tok zichligini oshirish qator cheklovlarni yuzaga keltiradi, birinchi navbatda hajmiy zaryadni ta’sir kuchi. Zarrachalarning tezligini oshirish qator tehnik cheklovlarni yuzaga keltiradi. Bu cheklovlarni bartaraf etish uchun qisman yoki to’la kompetsatsiyalangan zarrachalar oqimi yoki to’la kompensatsiyalangan zarrachalar oqimi - plazmadan foydalanish mumkin.
Plazma yoki plazma oqimining moddalarga ta’sirini asosiy hususiyatlaridan biri bir vaqtda turli ishorali va turli xil massali zaryadli zarrachalar neytral zarrachalar va elektron zaryadiga karrrali bo’lgan musbat ionlarning ta’sirlari hisoblanadi. Qaralayotgan ta’sirni (plazma oqimini moddalarga ta’siri) yana bir hususiyati (kichik energiyali zarrachalar oqimini boshqarishning qiyinchiligi) hozirgi kunda qo’llanilayotgan bir hil ishorali zarrachalar oqimini boshqarishga qaraganda qator qiyinchiliklar tug’diradi.ya’ni bir xil ishorali zarrachalar oqimini yo’nalishini boshqarish uchun elektr hamda magnit maydonlaridan foydalaniladi. Bir xil ishorali zarrachalarga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi yo’nalishi bir xilda bo’ladi. Plazma oqimiga ta’sir qiluvchi Lorens kuchining yo’nalishi zarrachalarning ishorasiga qarab turlicha bo’ladi. Bu esa plazma oqimini boshqarishda qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Plazma oqimining moddalarga ta’siri turli jarayonlar ta’sirida kompleks harakterga ega. Plazma oqimining moddalarga ta’siri bir vaqtning o’zida turli ishorali va massali, turli xil zaryad va enargiyali zarrachalar ta’siri murakkab jarayon hisoblanadi.
Plazma oqimining qattiq jismlarga ta’siri qator hodisalar bilan kuzatiladi. Bular quyidagilardan iborat:

  • Plazma oqimi ta’sirida qattiq jismning qizishi;


  • Plazma oqimi ta’sirida qattiq jismning yuqori qatlamini olib tashlanishi;


  • Qattiq jism sirtini plazma moddasi bilan qoplanishi;


  • Qattiq jism sirdida ximik o’zgarishlarni vujudga kelishi.




Bulardan tashqari ma’lum bir sharoitlarda qattiq jism sirtida plazma ionlarini joylashishi kuzatiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan jarayonlarning qanchalik effektiv ro’y berishi plazma yoki plazma oqimining harakteristikalari bilan belgilanadi.
Plazmaning issiqlik ta’siri.
Plazma yordamida materialni qizdirish turli tehnologik jarayonlarda jumladan:


  1. Sirtni tozalashda.


  2. Materialni qirqishda.


  3. Svarkada.


  4. Sirtni qoplashda.




Keng qo’llaniladi. Bu va boshqa tehnologik jarayonlarda birinchi navbatda joyini qizdirish muammosi turadi.
Oqim quvvatining zichligi plazmali qurilmalar tehnologiyasida materiallarga ishlov berishda 105-106 Wt/sm2 plazma yoyida, strunasida 107 Wt/sm2 qizdirilayotgan yoki ishlov berilayotgan material sirtining yuzasi 10-102 sm2 gacha bo’ladi.
A rasmda yoyli plazmatronlar uchun namunaning oqim radiusi bo’yicha (Gauss taqsimotiga boysunuvchi quvvat zichligi taqsimoti bo’yicha namunani qizdirish sxemasi tasvirlangan.) Tashqi quvvat zichligi q bo’lgan energetic oqim bilan silindrik simmetriya shartida keng tarqalgan medodlardan biri, yarim cheksiz qismini qizdirish. Bunda yupqa plyonkani ma’lum bir qalinlikkkacha qizdirish ko’rib chiqilmaydi. Agar materialning teplo-fizik hususiyatlari temperaturaga bog’liq bo’lmasa, temperature maydoni T (Z, R, r, t) ko’rinishda bo’ladi.
a- Materialning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffissenti.


  • Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffissenti.


  • C- issiqlik sig’imi.




P - namunadagi isssiqlik manbaining hajmiy quvvati.
T - namunaning boshlang’ich temperaturasi.


  1. tenglamaning yechimi P(z,r,t) funksiyani aniqlaydi.




Materialni plazma yordamida qizdirishning asosiy hususiyatlaridan biri plazma zarrachasini kirib borgan qatlamda oqim energiyasining ajralishi hisoblanadi. Ko’p hollarda bu qatlam qizdirilayotgan sirt diametridan kichik bo’ladi.
Plazma oqimi ta’siri r0>>V^r sharti bajarilganda( ^ax - t vaqtda namunaga kirish chuqurligi.
Bu holda 1.18 tenglama quyidagicha yoziladi.


  1. tenglamani Laplas almashtirishlari yordamida yechib




T (0, t ) sirt temperaturasini vaqt bo’yicha o’zgarishi ehtimollik funksiyasi integralidan olingan integral a ierfc
ierfc funksiyaning maksimum qiymati z=0 da 1/V^ ga teng bo’lib, t vaqt momentida yuqori harorat namuna sirtida kuzatiladi. 1.21 tenglamada T (0, t ) t - erish berilgan plazma oqimining intensivligi q ga teng bo’lganda namuna sirtidagi temperatura erish temperaturasiga tenglashish vaqtini toppish mumkin. (1.23)
Ayrim cheklovlarni hisobga olganda plazma oqimining namunaga ta’siri
Po’latdan yasalgan na’muna uchun ( aa « 0,1 —, w = 0,5—~sm,Terish =
1400 S) Qmax =103 Wt/sm2 plazma oqimida namunaviy erish vaqti 1.23 tenglamaga asosan 4 s ni tashkil etadi. 1.24 tenglamaga asosan bunday uzoq ta’sir mobaynida qizdirilayotgan dog’ning radiusi r0> 6 sm bo’ladi.


  1. Plazma va plazma oqimi yordamida moddalarni kesish.




Namunaga ta’sir qiluvchi plazma oqimining ionlanish darajasi kuchli bo’lsa materialni yuqori qatlamini ionli qirqish hodisasi kuzatiladi.
Bizga ma’lumki ionli qirqish jarayoni ionli qirqish ionli qirqish koeffissenti bilan harakterlanadi.
Xulosa
Bizga ma’lumki ionli qirqish jarayoni ionli qirqish ionli qirqish koeffissenti bilan harakterlanadi. Ionli qirqish koeffissenti qirqilgan qirqilganlar sonini borbardion qilayotgan ionlar soniga nisbatiga aytiladi. Qirqish tezligi esa, undan olingan hosila bilan harakterlanadi. Qirqilgan zarrachalar ko’plementli bo’lganda ayrim qirqilayotgan zarrachalar koeffissenti yoki qirqilgan molekulalar sonini ionlar soniga nisbati bilan harakterlanadi. Agar namunadagi molekulalar ko’p atomli bo’lsa qirqish tezligi bombardimon qiluvchi ionlar oqimining intensivligida birlik vaqt ichida qirqilgan qatlam bilan harakterlanadi.
Qirqish tezligi va koefffissenti quyidagicha bog’langan.
ji- tokning zichligi.
M2- materialning atom massasi e-elektron zaryadi.
NA- Avagadro soni.
Ionli qirqish jarayonining samaradorligi quyidagi faktorlar bilan harakterlanadi.


  • Ionli qirqish koeffissentini bombardirovka qiluvchi ionlar harakteristikasi (materialga kiradigan ionlar) tartib raqami, massasi, zichligi materialni tashkil qiluvchi atomlarning bog’lanish energiyasi material sirtining kristallanishi va holatiga bog’liqligi.


  • Ionli qirqish koeffissentini namuna materialining harakteristikasi, tartib raqami massasi, zichligi, bog’lanish energiyasi, kristallanish darajasi va namuna sirtiga bog’liqligi.


  • Ionli tokning zichligi.


  • Muhitning ta’siri. Ishchi va qoldiq gazning tarkibi, bosimi va turli nurlanishlarga ta’siri bilan harakterlanadi.




Materialni plazma oqimi bilan qirqish qator afzalliklarga ega.
Birinchidan: plazmali qirqish bosim qiymati p>10-1 paskal
Nisbatan yuqori bosimda amalga oshiriladi. Bunda to’la ionli qirqish jarayoni yuz beradi va qirqilayotgan zarrachani atom va molekulalar bilan ko’p sonly to’qnashishlari yuz beradi, kesuvchi zarralarning erkin yugurish yo’li X bo’lib, n gaz atomlari zichligi kesuvchi zarrachalar va gaz molekulalarini ta’sir yuzasi
P=0,1-10 Pa (n - p) X=5 sm
Bosimni P=1 paskal qiymatida ayrim tehnologik jarayonlarda kesilgan atomlarni 90 % namunani sirtiga chiqib qoladi bu esa ularni olib tashlash uchun qayta qirqishni talab qiladi. Bu kesish tezligini kamaytiradi. 1-3 rasmda 1-oltin, 2-platina,


  1. nikel, 4-titanni kesish jarayonida kesish tezligini qo’shilgan havo miqdoriga bog’liqligi berilgan. Havo miqdori kamayishi bilan kesish tezligi ortib boradi.




Ikkinchidan: Plazmadagi zarralar zichligi ishchi gaz zichligidan, yuqori bo’lganda kesilayotgan atomlarni plazma zarrachasi bilan ko’p sonly to’qnashishi kuzatiladi. Bu esa bombardimon qiluvchi zarrachalar oqimini kamayishiga va qirqishga teskari jarayonni tezlashishiga olib keladi.
Har ikkala holdagi teskari jarayon quyidagilarga olib keladi.


  1. Kesilgan zarrachalarni sirt bo’ylab ko’chishi.


  2. Butun sirt bo’ylab qirqilgan material atomlari va qirquvchi oqim elimatlari yig’ilishi.



Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.


Moddaning plazma holatini ilk marta payqab qolgan olim Britaniyalik mashhur fizik Uilyam Kruks (1832-1919) bo‘lib, u keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan (Kruks trubkasi) gazorazryadli vakuum trubkasi bilan tajriba o‘tkazayotgan paytda ushbu fizik fenomenni sezib qolgan. Aslida, plazma - moddaning agregat holatlari ichida Koinotda eng keng tarqalgan ko‘rinishidir. Xususan, deyarli barcha charaqlab turgan yulduzlar asosan plazmadan tashkil topgan bo‘ladi. Yer sharoitidagi plazma manbalariga oddiy misollar tariqasida, fluoressent lampalar, plazmali televizorlar, neon reklamalari va chaqmoqlarni keltirish mumkin. Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridan biri - ionosfera ham Quyosh nurlanishlari tufayli yuzaga kelgan plazmadan iborat. Olis masofalarga radioaloqa signallari uzatish sohasida aynan ionosfera juda katta ahamiyat kasb etadi.
Plazma xossalarini o‘rganishda turli tuman gazlardan va juda keng harorat diapazonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, plazma xususiyatlarini tadqiq qilishda, gazlarga nisbatan qo‘llaniladigan tashqi maydon intensivligi ham ba'zan juda katta darajalarga olib chiqiladi. Ayrim tajribalarda, plazmaning o‘zini qanday tutishini o‘rganish maqsadida, gazga shunchalik katta maydon kuchlanganligi berilganki, bunday maydon intensivligi tabiatda faqat astrofizikadagi termoyadroviy reaksiyalarda bo‘ladi. Plazmadagi zaryadlangan zarralar bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashadi va shu sababli, undagi har bir zaryadlangan zarraga o‘z yaqinidagi boshqa ko‘plab zarrachalar ta'sir ko‘rsatadi. Plazmali televizorlarda ksenon va neon gazlari atomlarining kuchli qo‘zg‘alishi natijasida, ular yorug‘lik kvantlarini - fotonlarni chiqara boshlaydi. Ushbu kvantlarning ba'zilari, yorug‘likning biz ko‘ra olmaydigan ultrabinafsha spektriga taalluqli bo‘ladi. Aynan o‘sha kvantlar ekrandagi lyuminoforga ta'sir ko‘rsatib, o‘z navbatida, lyuminoforni biz ko‘ra oladigan spektrdagi yorug‘lik chiqarishga majbur qiladi. Displeyning har bir pikseli, yanada kichikroq bo‘lgan pikselchalardan iborat bo‘lib, undagi lyuminofor turli rangdagi yorug‘lik nurlarini - yashil, ko‘k va qizil nurlarni chiqaradi.


Yüklə 122,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin