Mustaqil ishi buxoro – 2023 yil mavzu: Adolf Disterverg ilmiy faoliyatini o’rganish. Adolf a. Disterverg (1790-1866)



Yüklə 1,03 Mb.
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113713
Adolf desterverg ilmiy faoliyati pedagogika


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo’nalishi 1JM-22IM guruh talabasi
Xoliqov Eldor Bekniyazovichning Umumiy pedagogika fanidan “Adolf Disterverg ilmiy faoliyatini o’rganish” mavzusida
tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI





BUXORO – 2023 YIL


Mavzu: Adolf Disterverg ilmiy faoliyatini o’rganish.



ADOLF A.DISTERVERG (1790-1866) pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, matematika, nemis tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr qildi; bu darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari Germaniyada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi. U «Nemis muallimlarining muallimi» degan faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
A.Disterverg ham xuddi Pestalotssi singari tarbiyaning eng muhim prinsipi – uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisobladi. U tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. O‘qituvchilar o‘quvchi-talabalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlari kerak, deb psixologiyani «tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi» deb bildi. Uning katta xizmati shundaki, pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning yoshlarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
A.Disterverg tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipiga qo‘shimcha ravishda tarbiya madaniy uyg‘un xarakterda bo‘lishi ham kerak, deb talab qildi. U ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotssiga nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi.
A.Disterverg, ta’lim oluvchining sof formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin ta’lim oluvchining o‘zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.
Ta’lim yosh avlodning har tomonlama kamolotga etishiga va uning axloqiy tarbiyasiga yordam berishi lozim. O‘qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan qimmatga zga bo‘lish bilan bir qatorda, axloqiy ahamiyatga ham egadir.
A.Disterverg takomillashib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon qilib berdi. A.Disterverg avvalo tabiatga uyg‘un qilib, bola idrokining xususiyatlariga muvofiq qilib, o‘qitishni talab qildi. U misollardan qoidalarga: buyumlar va bu buyumlar to‘g‘risidagi aniq tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so‘zlarga o‘tishni taklif qildi. A.Disterverg o‘quvchi-talabalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, shaxsning o‘z sezgi a’zolari bilan idrok qilayotgan butun materialni o‘ylab ko‘rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib o‘tadi. A.Disterverg taklif qilgan ko‘rsatmali ta’lim «yaqindan uzoqqa», «oddiy narsalardan murakkab narsalarga», «osonroq narsalardan qiyinroq narsa-larga», «ma’lum narsadan noma’lum narsaga» o‘tish kerak, degan qoidalar bilan bog‘langan ta’limdir.
A.Disterverg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta ahamiyat beradi. O‘quvchi-talabalarning o‘rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilarning biridir. U o‘qitilayotgan materialning mustahkam o‘zlashtirilishiga ko‘p e’tibor beradi va o‘tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi.
A.Distervergning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli ta’lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo‘ladi. Bunday ta’lim o‘quvchi-talabalarning aqliy kuchlarinigina o‘stirib qolmay, balki uning shaxsini, irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham kamol toptiradi.
A.Distervergning fikricha, o‘qitish chog‘ida o‘quvchi-talabalarning tashabbuskorligini o‘stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o‘qituvchi rahbarlik rolini o‘ynaganidagina mumkin bo‘ladigan ishdir. U ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi oqibat natijada darslik yoki metodga emas, balki o‘kituvchiga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini mukammal egallab olgan bo‘lishi hamda o‘z kasbini va bolalarni sevishi kerak. Dars chog‘ida hamma ta’lim oluvchilar tetik bo‘lib turishi, o‘qituvchi g‘ayrat bplan dars berib, o‘quvchitalabalarning aqliy kuchini uyg‘otishi, ularning irodasini mustahkamlashi, ularning xarakterini tarkib toptirishi kerak. O‘quvchi-talabalar o‘zlarining olg‘a borayotganliklarnni hamisha sezib turishlari lozim. YAxshi o‘qituvchi, – deydi A.Disterverg, – o‘zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og‘ishmay o‘tkazib boradi, bu prinsiplardan hech qaytmaydi. O‘qituvchi muttasil o‘z ustida ishlashi lozim.
Shundagina u o‘quvchi-talabalarni bilimlarni egallashda matonatli bo‘lishga o‘rgatadi va ularni o‘z yo‘llarida uchraydigan qiyinchiliklarni enga oladigan qilib tarbiyalaydi. A.Disterverg o‘qituvchining mustahkam xarakteri va o‘tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi qattiqqo‘l va talabchan bo‘lish bilan birga, adolatli bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchi-talabalari orasida obro‘ qozonishi mumkin. O‘qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli bo‘lishi lozim, deydi.
A.Distervergning fikricha, «yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa haqiqatni topishga o‘rgatadi». U o‘qituvchilarga o‘z bilimlarini qanday qilib oshirishlari to‘g‘risida bir qancha qimmatli maslahatlar beradi, o‘qituvchilarga o‘zlari o‘qitayotgan fanga taalluqli asarlarni birinchi navbatda o‘qishni tavsiya qiladi, shunipgdek, o‘qituvchi tarix va adabiyotni bilishi, shuningdek, pedagogika, psixologiya va metodikaga doir chiqayotgan yangi asarlarni kuzatib borishi kerak, deb ta’kidlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Hоshimоv K., Nishоnоvа S., Inоmоvа M., Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1996.


2. Hаsаnbоеv J., Hаsаnbоеvа О., Hоmidоv H. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1997.
3. Аtаеvа N., Rаsulоvа F., Hаsаnоv S. Umumiy pеdаgоgikа (Pеdаgоgikа tаriхi). – T.: “Fan va texnoligiya”, 2011.
4. Pеdаgоgikа tаriхidаn хrеstоmаtiya //Pеd. оliy bilimgоhlаri tаlаbаlаri uchun o’quv qo’ll. Tuzuvchi-muаllif: О.Hаsаnbоеvа. – T.: O’qituvchi, 1992.
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin