Mustaqil ishi fan: O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi mavzu



Yüklə 69,22 Kb.
səhifə5/5
tarix03.12.2022
ölçüsü69,22 Kb.
#72048
1   2   3   4   5
Adabiyot metodikasi Sevara

NA' MATAK
Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.
Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand! - Oybek
‘’Blits –so’rov’’ metodi
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Guruh sardorlari oldindan tayyorlangan, savol joylangan konvertlarni tanlaydilar. Konvert ichidagi savolga jamoa bilan birgalikda tayyorlanishiga 3 daqiqa vaqt beriladi.
Oybekning ‘’Na’matak’’ she’rini
1-guruh---adabiyot bilan, 2-guruh---botanika fani bilan,
3-guruh esa tabiatshunoslik fanlari bilan bog’lab savollarga javob beradilar.


Xulosa:
Adabiyot – soʻz sanʼati demak. Uning har qanday ifodaviy imkoniyati soʻz bilan chegaralanadi. Ayni damda, soʻzning ifodaviy imkoniyati cheksiz ekanligini taʼkidlamoq zarur. Yuqorida aytib oʻtganimizday, ijodkor soʻz vositasida ham oʻquvchiga musavvirlarday tasvir asosida taʼsir oʻtkazish imkoniyatiga ega. Yaʼni musiqa va tasviriy sanʼatning ifodaviy imkoniyatlaridan keng foydalanishi mumkin. Shoir badiiy ifodada boshqa sanʼat turlari imkoniyatiga murojaat etarkan, muayyan soʻz, jumlaning badiiy-tasviriy imkoniyatiga jiddiy ahamiyat qaratadi.
Adabiyot va tabiatshunoslik fanlari o’rtasida yaqin aloqadorlik juda yaqindir. Har bir o’qigan asarimiz yoki yod olgan she’rimizda tabiatning go’zal tasvirini ko’ramiz. Yoki bo’lmasam har doim ko’rib yurgan, bizga oddiy ko’ringan tabiat manzalari badiiy adabiyotga ko’chganda ajib bir manzara aks etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. S.Olimov ‘’Adabiyot o’qitish metodikasi’’ Toshkent 1969y;

  2. N. Bekova ‘’Adabiyot o’qitish metodikasi’’ Toshkent Turon-zamin Ziyo 2016;

  3. B.To’xliyev ‘’Adabiyot o’qitish metodikasi’’ Toshkent, Yangi asr avlodi 2007y;

  4. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. T., 2003. 9-bet

6.S. Ahmedov 5-sinf adabiyot II-qism Toshkent; Sharq nashriyoti 2015y
7. Z. Mirzayeva, K. Jalilov 7-sinf adabiyot Toshkent; 2022y
8. B.To’xliyev 11-sinf adabiyot I-qism Toshkent;
9. www.google.uz
10. www.ziyonet.uz
11. www.litrature.uz

Yüklə 69,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin