INVESTITISION DASTURLAR ASOSIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
3.Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko„rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni sarflashdan maqsad – tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo’shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin. Buning uchun investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda quyidagi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi:
investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti. Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o’sgan summasini shu o’sishni ta‘minlagan investitsiya summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
SiYaMo' YaDo'
Is Is Bunda: Si– investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti;
YaMo‘– ma‘lum bir davr ichida yalpi mahsulotning o’sgan summasi, so’mda. Bunda qishloq xo’jaligida yalpi daromadning o’sgan summasi ham olinishi mumkin;
Is– sarflangan investitsiya summasi.
Bu ko‗rsatkich sarflangan 1 so’mlik investitsiya mablag’i evaziga necha so‗mlik yalpi ichki mahsulot yoki yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. Uning mutlaq miqdori imkoni boricha yuqori bo’lishi maqsadga muvofiq. Shunda investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo’ladi. Kam bo'lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo‗lganligidan dalolat beradi, bunday holda investitsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
Investitsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga mo‗ljallangan xarajatlardir. Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi iqtisodiy samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.
sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun investitsiya sarflanishi natijasida sof foydaning o‗sgan summasini shu o‗sishni ta‘minlagan investitsiya summasiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Si
SFo'
O'TIS
Bunda: SFo‘– investitsiyani amalga oshirish natijasida sof foydaning o‗sgan summasi;
O‘TIS - foydaning o‗sishini ta‘minlagan investitsiya
summasi.
Bu ko‗rsatkich yordamida sarflangan bir so‗mlik investitsiya necha so‗mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning
investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko’rsatkich sarflangan investitsiya summasini olingan sof foydaning o’sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Investitsiyalarning qoplanish muddati imkon qadar qisqa bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu ko‗rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Fk=So(1+i/100)t Bu yerda: Fk – investitsiyaning kelajakdagi foydasi; So – boshlang‗ich summa;
i – inflyatsiya darajasi;
t – investitsiya muddati.
agrar sohaga sarflangan investitsiyalarning samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan yana biri – agrar sohaga jalb qilingan 1 so’mlik investitsiyaga to’g’ri keladigan qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti ko’rsatkichidir. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun qishloq xo'jaligiRivojlangan mamlakatlarda davlat narx siyosati orqali fermerlar daromadi barqarorligini qo’llab-quvvatlaydi va shu orqali fermer xo’jaligining investitsiya jamg’armasini tashkil etuvchi daromadlarning minimal darajasini ta‘minlashga harakat qilinadi. Ushbu mamlakatlar amaliyotida agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning ikkita zamonaviy modeli keng qo’llanilmoqda: Amerika va Yevropa modellari. Agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning Amerika modeli AQSh va Kanada davlatlari uchun xos bo’lib, ularda davlat budjeti mablag’lari hisobidan qishloq xo’jaligiga ajratiladigan assignatsiyalar to’g’ridan-to’g’ri pul to’lovi ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda, ayniqsa, imtiyozli kreditlar, fermerlarga investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari, kreditni qaytarish muddatlarini uzaytirish kabi usullardan samarali foydalaniladi. Soliq tizimidagi imtiyozlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmini oshirish, yerlarning mahsuldorligini oshiruvchi muhitni ta‘minlashda muhim o’rin tutadi.
Ichki va tashqi bozorning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish eng dolzarb masaladir. Uni hal etish uchun investitsiyalarni sarflash zarur. Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash darkor. Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish davrida yuqorida ta‘kidlangan sharoitlar yaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uchun mazkur tarmoqqa sarflanadigan investitsiyalar hajmini oshirish lozim. Bunda o’tkaziladigan turli ko‗rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada ham mamlakatimiz hukumati tomonidan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida ―O’zagroekspo‖ ko’rgazmasi an‘anaviy tarzda o’tkazib kelinmoqda. Shu kabi ko’rgazmalarda qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va shu orqali sohaga investitsiyalar oqimini ko’paytirish imkoniga ega bo’lmoqdalar.