Mustaqil ishi mavzu: Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlarning relyatsion modeli



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#173939
1   2   3   4
Mustaqil ishi mavzu Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma-hozir.org

Malumotlarning relyatsion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya‘ni jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:
Fayl
Jadval 

Munosabat


Mazmuni
Yozuv
Maydon
Satr
Ustun
kortej
atribut
mazmunning nusxasi
atribut
Jadval hamma uchun juda qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma‘lumotlarni manipulyatsiya 

qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir, ya‘ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo‘yicha guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlash. Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.


Bu esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga
(jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda kompьyuter xotirasini tejash zarur bo‘lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma‘lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosi
operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya‘ni to‘plamlarning
birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi,
bo‘lishmasi;
-maxsus relyatsion operatsiyalar, ya‘ni proektsiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu
operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi.
Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT).
RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga,-algebraga) asoslangan. Ma‘lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish
mumkin. Shuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT
predikatlarni
hisoblab
chiqishning
klassik
usuliga
asoslangan.
Ular
foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma‘lum qoidalar to‘plamini beradi. Bunday
so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT
yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. SHuning uchun
RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma‘lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyatsion model bilan ishlash ancha
noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma‘lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi.
Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma‘nosi “Mohiyat-bog‟lanish” demakdir.
Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan.
Piter CHen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyatsion ma‘lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib
hisoblanadi.
Mohiyat bu ma‘lumotlari ma‘lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob‘ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.
Masalan:
Mohiyat aniq ma‘noga ega bo‘lgan nomga ega bo‘lib, u yagona bo‘lishi kerak. Mohiyat turini uning nusxasi bilan farq qilish kerak. Mohiyat nomi uning nusxasiga emas, turiga beriladi. Mohiyat nusxasi -bu aniq bir xil turdagi narsalar, hodisalar va boshqalardir.
Masalan, yuqoridagi ―O‘quvchi‖ mohiyatida ―O‘quvchi‖ mohiyat turining nomi, mohiyat nusxasi esa aniq bir o‘quvchidir. Masalan, Axmedov, Toshmatov va boshqa.
Bog‟lanish -bu ikki yoki bir necha mohiyatlar birikmasidir. Bog‘lanish faqat ikkita har
xil mohiyatlar orasida mavjud bo‘ladi. Oxirgi bog‘lanishga rekursiv deyiladi.
Mohiyat-bog‘lanish‖ diagrammalarini ishlab chiquvchi har xil turdagi standart
metadologiyalar mavjud. Masalan, IDEFIX, IE, DM. Bu usullar har qaysisining mohiyat bog‘lanishni tasvirlash uchun o‘z belgilari bor.
Atribut (xossa) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o‘zida yagona murakab
bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan: O‘quvchilar mohiyati atributi kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir.
Mohiyat atributlar to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan
foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir.

Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin