Estetik idrokham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to`laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to`g’ridan-to`g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o`ziga xos xususiyati avallo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko`rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to`laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so`z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o`zlashtirilishi bilan namoyon bo`la boradi.
Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib, ma’lum bir kuzatuvlardan so`ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o`z-o`zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o`zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo`lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so`qmoqlaridan matonat bilan o`tib borishiga ko`mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O`tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho`lpon she’riyatidan Vatanga bo`lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi.