Idrok mazmunan kengqamrovli tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to`g’ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Badiiy ijodni idrok etish
Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi