Mustaqil ishi mavzu: dunyoni estetik idrok etishda badiy asarlarning ahamiyati



Yüklə 47,28 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü47,28 Kb.
#176597
1   2   3   4   5
Mamadiyorova T

Turmush estetikasi

Inson - ijtimoiy hodisa. Lekin u hamisha tabiat bilan aloqadorlikda shakllanadi. Shu tariqa insoniy madaniyat ham vujudga keladi. Madaniyat haqida gapirar ekanmiz, ichki va tashqi madaniyatni farqlash lozim. Ichki madaniyat - insoniyat ma’naviy boyligi, aqliy va axloqiy rivojlanganligi darajasi, dunyoqarashi, hissiyoti, vijdon, imon va diyonat, ezgulik va hamdardligidir. Tashqi madaniyat - axloq qoidalari, yurish-turish, xatti-harakat, odob normalariga rioya qilish. Shuningdek, shaxsning tashqi madaniyatiga so`zlashish, kiyinish madaniyati ham kiradi. Insonlarda ichki va tashqi madaniyat uzviy bog’liq holda rivojlansa, shaxs barqarorligi, insonning munosabatlari go`zalligi, yigit-qizlar munosabati, do`stlik va o`rtoqlik munosabatlari odoblilik doirasida tarkib topadi, Do`stlik, muhabbat umumiy manfaat xayrixohlikka asoslangan o`zaro bog’liqdir. Odob tuyg’usi rivojlangan insonlar go`zal xatti-harakat sohibiga aylanadilar. Tavoze, odob, ohistalik, ehtiyotkorlik, chiroyli muomala zohiriy jihat ekanligini ta’kidlash lozim. Insonning tashqi qiyofasi uning umumiy madaniyat va saviyasidan dalolat beradi. Odamlar orasida go`zal va zamonaviy bo`lish istagi yoshlikning asosiy intilishidir. Lekin tashqi qiyofa go`zalligi uchun intilish yagona maqsad bo`lmasligi lozim. Shu bilan birga, insonning did bilan kiyinishi ham san’atdir.

Ekologiya va estetik madaniyat.

  • Ekologiya va estetik madaniyat. O`zbekiston mustaqillikka erishmasidan avval Bo`stonliq, Oqtosh, Parkent, Kumushkent kabi go`zal tabiat maskanlarida ham sobiq SSSR markazining qarori bilan turli kimyo va texnika zavodlari qurilaverar, zaharli chiqindilari daryoga tashlanaverar, dalalarimizga turli zaharli kimyoviy moddalar, defoliantlar sepilaverardi. Mol-hollar, odamlar zaharlanib, o`lib ketsa ham bu haqda yozish, gapirish man etilgan edi. To`g’ri, o`sha vaqtlarda ham tabiat musaffoligini asrash haqida qonunlar bor yedi, ammo ularga amal qilinmasdi.Vatanimiz istiqlolga erishganidan so`ng tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, musaffoligini asrash haqida bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.Ammo, gap shundaki, tevarak-atrof tabiatga mehr bilan qarash, avaylab-asrash qonun-qoidalardan ko`ra odamlaraing ekologik ongi, tarbiyasi, tuyg’ulari madaniyatiga ko`p jihatdan bog’liqdir. Inson ongida va qalbida ona tabiatga mehr tuyg’ulari jo`sh urmas ekan, odamlar vaqtinchalik iqtisodiy, moddiy manfaatlarini vatan kelajagi, tabiatini asrashdan ustun qo`yaveradi, atrof-muhit ifloslansa ham, odamlar zaharli chiqindilardan kasallansa ham, zavod, sex yoki firma egalari tabiatni zaharlashni davom ettirdveradilar.

Yüklə 47,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin