5.PHP dasturlash tili dasturiy vositalarni sozlash va o’rnatish.
Yuqorida PHP dasturlash tili imkoniyatlarini, qo’llash sohalarini muhokama qildik, va tarixini o’rgandik. Endi dasturiy vositani o’rganishga kerak bo’hgan uskunalar majmuini ko’rib o’tsak. Modomiki, asosiy kursorning sifatida biz quyidagi masalalarni ko’rib chiqamiz: mijoz-server texnalogiyasi sifatida ishlanadigan masalalar, mos ravishda skriptlar yaratilishida qo’llanilishi, serverlarni qayta ishlash. Bular uchun bizga web-server hamda PHP tili interpretatori kerak bo’ladi. Web-server sifatida, masalan, web-mutaxxasislar o’rtasida mashhur bo’lgan Apache serverni olamiz. Dastur natijasini ko’rish uchun web-brouzer kerak bo’ladi, bunga misol Internet Exploler.
Denver distributive
Biz yuqorida Linux platformalari uchun PHP dasturiy vositasini sozlash va o’rnatish bilan yetarlicha tanishmiz. PHP dasturiy vositasi va uni ishlashi uchun kerak bo’lgan komponentlarni o’rnatishni xoxlamaydiganlar uchun PHP tilini to’ldiradigan distributivlar mavjud. Bunday distrubutivlar ichida keng tarqalgani – Denver (http:// dklab.ru/chicken/web/). Uni o’rnatishni o’rganish uchun web - mutaxassislar saytlariga murojaat qilish kerak. Denverni o’rnatish juda oddiy hamda unga hech qanday bilim talab etilmasligini aytib o’tish kerak. Bu distrubitivni PHP tilini endigina o’rganayotgan yosh dasturchilar uchun tavsiya etamiz. Jiddiy masalalarni hal etish uchun PHP dasturlash tilini to’la o’rganish va sozlash kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |