Mustaqil ishi mavzu: “


Mavzu: Avesto—zardushtiylikning muqaddas manbasi



Yüklə 67,4 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü67,4 Kb.
#191264
1   2   3   4   5
Mustaqil ishi mavzu “

Mavzu: Avesto—zardushtiylikning muqaddas manbasi
Reja:

  1. Zardushtiylik dini haqida;

  2. Avesto—muqaddas manba;

  3. Avestoda ajdodlarimizning davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari



ZARDUSHTIYLIK. Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra “boqiy yulduz” va “chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan”) ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura–Mazda (yunoncha, Ormuzd –“Donishmandlik sohibi”) tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil.avv. 1500–1200 yillar orasida yashagan.Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Kishtosib Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan.Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan“fasli” kalendaridan foydalanab kelayotganlarini dalil qilib ko‘rasatadi.Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, “Avesto”ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa “Avesto”da Xorazm Zardushtning vatani, Axura–Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar.
Zardushtiylikning muqaddas manbasi “Avesto” (“Apastak”, “Ovisto”, “Ovusto”, “Abisto”, “Avasto” –“joriy qilingan qat’iy qoidalar”) sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning “Gat”lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi.
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad.qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan.Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sabab-li dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — "Kichik A." (Xurdak A.) yara-tilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar ja-moasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr et-gan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jild-dan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning , ikki ibtidoning , ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning , yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashi-dan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudo-si Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomon-lik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurasha-di, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.Yaxshilik-ni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomon-likni ifodalovchi kuchlar yer ostida joy-lashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuch-ning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning , axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 y. utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tirila-di. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylar-ning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A.o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrda-gi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvur-lari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodla-rimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Ka-rimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39—40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbu-si bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyab.). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 y. 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlari-ni belgiladi. Unga ko‘ra 2001 y.ning okt. oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirla-ri o‘tkaziladi. «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»), Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi.Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqida F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o’tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko’chirib olingan, uning ko’p qismi yo’qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to’plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo’lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko’plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo’lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan.U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan.Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo’qolib ketgan u yakka hudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi.Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos.U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo’badlar mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil.II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar.Natijada qo’shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi.Shundan so’ng bu ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avestoning tarkibiy qismlari.Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi.Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo’lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to’g’risida bo’lib, ular orasida Xorazm, So’g’d, Marg’iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o’lim, azob-uqubatlar bo’lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o’rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e’tiborli bo’limi sanaladi.Yasna – yaz o’zagidan bo’lib, «sajda, topinch, namoz» ma’nolarini ifodalaydi.Yasna 72 bobdan iborat bo’lgan.Boblari ha, haitiy deb atalgan.Har bir ha zarur o’rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o’qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar.Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o’zi ijod qilgan targ’ibot she’rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo’lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan.Bu etti ha Haptanxati Yasna – «Etti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo’lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa «otashparaslik» deb atalishi shunga bog’liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning erdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o’z ifodasini topgan.Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg’onni rosdan ajratib bergan. Yolg’on esa chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so’zi fonetik o’zgarib, dastlab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda.Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma’budlar sha’niga o’qilgan duolar va ibodat ustida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi ham deyishadi.Ayni paytda u Yasnaga qo’shimcha hisoblanadi.To’rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi.U Avestoning eng qadimiy qatlami bo’lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha etib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning yig’ma parchalar to’plami «Xo’rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatastan kitobidan mo’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangastan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir.Unda Avestoning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar savobli ishlar yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.Zartushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti.Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko’p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir.


Avesto” so’zining o’zagi “sto” bo’lib, “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun – qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi demakdir. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, otashparas ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma’naviy dunyosi haqida ma’lumot beradigan eng ishonchli tarixiy manbadir.Zardushtiylik degan nom dinga nisbatan shartli ravishda o’rta hol dinni uning payg’yambari (Zaratushtra) bilan atashdir. Aslida mazkur din Mazda Yasna deb atalgan, ya’ni “Mutlaq oqil zotga” sig’inish degan ma’noni anglatgan. ushbu kitob millod. avval. VII – VI asrlarga hozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan.Uning yaxlit kitob sifatida dunyo yuzini ko’rganiga 2700 bo’lgan. “Avesto” kitobi Zaratushtra va Axura Mazdaning savol javoblaridan. Kitob 21 qismdan iborat bo’lgan Zamonlar osha ulardan faqat to’rt qismi hozirgacha yetib kelgan. Bular: “Videvdot”, “Yasna”, “Visparat”, “Yasht” qismlari. Turli qismlardan olingan kundalik e’tiqod marosimlari uchun eng zarur duolar to’plami – “Xurdak Avesto” (“Kichik Avesto”) kitobi ham mavjud.Unda “Avesto”ning asosiy qismida saqlanmagan matnlarning parchalari ham bor. Yetib kelgan qismlar orasida “Videvdot” qismi 22 bobdan iborat. Qolgan 3 qismning bir qator bob va bandlari saqlanmagan. “Yasht” qismi “Avesto” kitobining Xudo Axura Mazda va uning o’zi yolg’iz yaratuvchi zot sifatida paydo qilgan ma’bud va ma’budalar sha’niga o’qilgan duo va alqov she’rlardan tashkil topgan. “Yasht”ning o’zi 22 bobdan iborat bo’lgan, shulardan bizgacha 10 bobi yetib kelgan. Tarixchi mas’udiyning yozishicha, eronpodshosi Doro ibn Doro xazinasida “Avesto” ning 12 ming oshlangan mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi bo’lgan. Aleksandr Makedonskiy (mill. avv. 334 – 329) Markaziy Osiyoni zabt etgan davrda “Avesto” ning bir qancha bo’limlarini yondirib yubortirgan. Uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo’limlari yunon tiliga tarjima qilingan. XVII asrlarda “Avesto” Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan o’rganila boshladi. Oksford universiteti professor Tomas Gand 1700 yilda nashr ettirgan “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Fransuz sharqshunosi A. Dyuperron 1771 yilda “Avesto”ni fransuz tilidagi tarjimasininashr qiladi. Rus olimi A. O. Маkаvеl’skiy“Avesto” ustida tadqiqotlar olib boradi, 1960 yilda “Avesto”ni ilmiy o’rganish tarixi” monografiyasini nashr ettiradi.“Avesto” kitobi mamlakatimizda mustaqillikdan keyin jiddiy o’rganila boshlandi. O’zR Vazirlar mahkamasi ushbu noyob kitobning xalqimiz va millliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida 2000 yil 29 mayda 110 sonli qaror qabul qildi. Va bu 2011 yilda keng nishonlandi. O’zbek xalqi milliy g’oya tamoyillari bilan yo’g’rilgan ma’naviyati qadimgi davri zardushtiylik ta’limoti negizida rivojlanadi.Mazkur ta’limotning muqaddas kitobi “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalar mohiyatan milliy g’oyamizning dastlabki bosqichidagi mazmuni, tamoyillari o’z ifodasini topgan. “Avesto” kitobida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davridagi moddiy va ma’naviy hayoti, diniy qarashlari, dastlabki dunyo va unda o’zining o’rni haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek qadimgi ajdodlarimizning orzu-istaklari, maqsad va muddaolari ham kitobning asosiy mazmunini tashkil etadi. “Avesto” (“Hayot yo’riqnomasi”) zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobidir.Mazkur din mil.avv. XIII-XII asrlarda Markaziy Osiyoda, Amudaryo sohillarida va Marg’iyonada vujudga kelgan yakkaxudolikni targ’ib etgan dindir. “Avesto” bizga eng keyingi rasmiylashtirilgan variantda (340 jildi) ma’lum. Bu davrga kelib undagi ba’zi totemistik va ko’pxudochilik unsurlari boshqacharoq talqin qilinganini va ya’ni ezgulik hudosi- Axuramazda va yovuzlik hudosi Ahriman boshqa hudolar qavmiga kiritilganini ko’ramiz. Zardushtiylikkacha ushbu mintaqada ko’pxudolikka e’tiqod qilish mavjud bo’lganki, bu turli qabilalar o’rtasidagi nizo, qarama-qarshiliklar va buning negizida o’zaro to’qnashuv, urushlar tez-tez sodir bo’lib turgan. Shunga ko’ra bu davrda qabila, elatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamjihatlik aloqalarini o’rnatish, barqaror tinchlikka erishish hayotiy ehtiyojga aylangan edi.Mazkur ehtiyojni jumladan ko’p anglab yetgan zardusht bo’ladi. U doimiy bir-biridan xavfsirab yashaydigan urug’-elat, qabilalarni o’zaro birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning asosiy yo’li-bu yakkaxudolikka o’tish ekanligini chuqur anglab yetadi va o’z umrini ana shu g’oyat qiyin ishni ro’yobga chiqarishga bag’ishlaydi va buning uddasidan chiqadi. Manbalarda qayd etilishicha, u ana shu maqsad yo’lida qurbon bo’ladi.Zardushtiylik Markaziy Osiyodan keyinchalik yakkaxudolik dini sifatida boshqa mamlakatlarga, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyo, xususan Eron, Ozarbayjon, Armanistonga tarqaladi. Taniqli o’zbek olimasi Fozila Sulaymonova zardushtiylikning, shuningdek, Yunonistonda, kichik Osiyo va Ioniya ham keng tarqalganligini ta’kidlaydi va o’zining fikrini yetarli dalillar bilan asoslab beradi. Olimaning ta’kidlashicha, eradan avvalgi VI asrga kelib yunonlar eroniylar bilan yaqindan aloqada bo’la boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht ta’limoti ioniyalik donishmandlarga o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan zardushtiylik dini va uning tarixini jiddiy o’rgangan hamda to’rt tomlik tadqiqot yaratgan ingliz olimasi Meri Boysning aytishicha, “ta’sir faqat bir tomonlama, zardushtiylik tomonidan bo’lgan”. (Fozila Sulaymoova Sharq va G’arb. T., “O’zbekiston”, 1997, 23-bet).Mazkur din, shuningdek, uzoq tarixiy davr mobaynida o’z mavqeyini yo’qotmasdan yashab keladi. Ya’ni eramizdan oldingi VIII asrdan, to Islom dinining Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Osiyo mamlakatlariga kirib kelguncha (eramizdan keyin VIII asr) bo’lgan davrgacha hukmron din mavqeini saqlab keladi. Hindistonning ba’zi hududlarida yashaydigan elatlar hozir ham ana shu dinga e’tiqod qiladilar. Bu o’rinda o’z-o’zidan mantiqiy savol tug’iladi: “Zardushtiylikning ko’plab mamlakatlarga yoyilishi, u yerdagi xalqlarning e’tiqodiga aylanishi va asrlar davomida o’zining mavqeyini yo’qotmasdan yashab kelganligining sababi nimada?” Bu uning asosiy sababi shundaki, zardushtiylikda barcha davrlarda inchinun hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va hamisha dolzarb bo’lib kelgan ezgulik, yovuzlikni barham toptirish g’oyasi, ma’naviyat ideali ilgari suriladi va g’oya ayni paytda mafkura vazifasini o’taydi. Dunyo olimlarida shuning uchun ham zardushtiylik, uning g’oyalarini o’zida aks ettirgan “Avesto” kitobi katta qiziqish uyg’otgan, va uni o’rganishga kirishadilar. Bu o’rinda akademik S.F. Olberburgning fikrini keltirish mumkin.“Zardushtiylik, -deb yozadi olim,-insonning yer yuzidagi hayotini yengillashtirishga, uni bahtiyor qilishga qaratilgan eng oqilona din”.(Istiboh F.Boynazarovning “O’rta Osiyoning antik davri” nomli kitobi bo’yicha keltiriladi, 202-bet). (“O’qituvchi” 1991). G’arb sharqshunos olimlari XVIII asrlardan boshlab ushbu din, uning muqaddas kitobini o’rganishga kirishadilar. Oksfordlik professor 1700-yilda “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarini nashr ettiradi va bu din haqida qimmatli ma’lumotlarni bayon etadi. Fransiyalik sharqshunos A.Dyuperon 1771- yilda “Avesto”ni tarjimasini nashr qildiradi. Riga universitetining professori Klenker 1778-yolda “Avesto”ni va Dyuperonning u haqda yozgan asarlarini nemis tiliga tarjima qilib, nashr ettiradi.
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sabab-li dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — "Kichik A." (Xurdak A.) yara-tilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar ja-moasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr et-gan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jild-dan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning , ikki ibtidoning , ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning , yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashi-dan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudo-si Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomon-lik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurasha-di, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik-ni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomon-likni ifodalovchi kuchlar yer ostida joy-lashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuch-ning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning , axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 y. utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tirila-di. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylar-ning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrda-gi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvur-lari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodla-rimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Ka-rimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39—40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbu-si bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyab.). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 y. 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlari-ni belgiladi. Unga ko‘ra 2001 y.ning okt. oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirla-ri o‘tkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbeki-stane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Ave-sta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.[1] «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»), Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o’tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko’chirib olingan, uning ko’p qismi yo’qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to’plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo’lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko’plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo’lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo’qolib ketgan u yakka hudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar.

Xristianlikdagi oqimlar. Pravoslav (Ortodoks) oqimi

Xristianlikdagi oqimlar.
Pravoslav (Ortodoks) oqimi.
Cho’qintirish sirli hodisasi
Nadomatning sirliligi
Nikohning sirliligi
Pravoslav oqimidagi diniy mansablar.
O’zbekistonda xristianlik.
Xristianlik dini

REJA:
Xristianlikni keltirib chiqargan tarixiy sharoit.


Xristianlikning asosiy aqidalari va ta’limoti.
Xristianlikning asosiy oqimlari.
Paydo bo’lishi. Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (taqriban 28 %) tashkil etadi.
Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan.
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.
Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.
Isoning tarixiy xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristian manbalarida Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilgani, uning hayot tarzi, insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar qayd etilsa-da, diniy bo’lmagan manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor.
Iso nomiga qo’shiluvchi “Masih” so’zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon tilida bu so’z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan.
Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi apostollar – havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi Ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yaьni 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi.
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (o’tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilingan, pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda o’g’il-Xudo va Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoning ilohiy xususiyatlari va shon shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ’ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus, mitropolitlarining imtiyozlari to’g’risidagi qoidani ishlab chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, yevnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari ko’rilgan. II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopolь patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi:
birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida;
ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning o’g’li hisoblangan Iisus xristosga imon keltirish haqida;
uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;
to’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida;
beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqida;
oltinchi qismda Isoning me’roji haqida;
yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida;
sakkizinchi qism: Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida;
to’qqizinchi qism: cherkovga munosabat haqida;
o’ninchi qismda cho’qintirishning gunohlardan forig’ qilishi haqida;
o’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida;
o’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.
xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir taqozosidir.
Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav (ortodoks) cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istambul patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakati vujudga keldi. Buning davrasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalьvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi.
Pravoslav (Ortodoks) oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shohobchasi sifatida shakllandi. Bu oqim, asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyaning kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva patriarxati) bo’lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi.
Cho’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.
Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar.
Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular:
Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojьey materi);
Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya);
Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы);
Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo);
Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya);
Olqishlash (Sretenie);
Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie);
Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba;
Isoning qayta tirilishi (Voskresenьe Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba;
Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;
Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Denь);
Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.
Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentyabrdan boshlanadi. 8 sentyabrь kuni «Rojdestvo Bojьey materi» bayrami o’tkaziladi. 12 sentyabrь kuni «Vozdvijenie kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag’ishlanadi. 21 noyabrь kuni «Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы» bayrami o’tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag’ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yaьni 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi.
Isoning cho’qintirilishi (Kreщenie Gospodnya) bayrami 6 yanvarda nishonlanadi. Bu bayram Isoning Yah’yo tomonidan cho’qintirilishiga bag’ishlanadi.
Navbatdagi yana bir yirik bayram Sretenie (olqishlash, kutib olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug’ilgach, avliyo Simeon tomonidan uni kutib olinishiga bag’ishlanadi.
Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa – Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach Pasxa yangicha tus olgan.
Yuqorida sanab o’tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik sifatida turli muddatli postlar o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslavining ko’p kunlik postlari (ro’zalari) bo’lib, ular to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin bo’ladigan postlar. Pasxa oldidan bo’ladigan «Velikiy post» 40 kunga cho’ziladi. Ushbu post davrida – eski hisob bo’yicha 25 martda «Blagoveshenie» bayrami o’tkaziladi. Post boshlanishidan olti hafta o’tgach yakshanba kuni xristianlikning o’n ikkinchi bayrami yoki 8-bayram «Xudoning Quddusga kirishi» nishonlanadi.
Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav oqimidagi diniy mansablar.Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo’linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy (svyaщennik), 3) yepiskop.
Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. U mustaqil hech qanday ibodatni boshqara olmaydi, balki faqatgina ruhoniy yoki yepiskopga ibodat marosimini o’tkazishda yordam bera oladi, xolos. Uni ruhoniylik sirliligiga (tainstvo) yepiskop qabul qiladi. Katta diakonlar protodiakon, rohib diakonlar ierodiakon, katta ierodiakonlar arxidiakon deb ataladi.
Ruhoniy (svyaщennik) yoki ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi hisoblanadi. U boshqalarni ruhoniylikka bag’ishlash va cherkov suvini muqaddaslashtirishdan boshqa barcha sirli marosimlarni bajara oladi. Kichik ruhoniylar ierey, katta ruhoniylar protoierey va eng katta ruhoniylar protopresviter deb nomlanadi.
Yepiskop yoki arxierey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular ma’lum bir shahar, oblast cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan kattaroq yepiskoplar arxiepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
Katolik oqimi Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katolik oqimidir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai – uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatlarga ko’ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo’lgan. Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli o’laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo’lib o’tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik – tselibat haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.
Katolitsizm xristianlikning yo’nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig’i bo’lib, u diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi, jumladan, diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas Ruh Ota Xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko’ra esa, Muqaddas Ruh Ota Xudodan va O’g’il Xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o’ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, katolik ta’limotiga ko’ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zahirasiga» ega.
Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul yoki tufha evaziga avf qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish – indulьgentsiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
A’rof haqidagi (do’zax va jannat oralig’idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo’lmagan gunohkorlarning ruhi u yerda o’tda kuyadi (ehtimol, bu vijdon va nadomat azobining ramziy in’ikosidir), keyin jannatga yo’l topadi. Ruhning a’rofda bo’lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr-ehsonlar o’lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo’lgan edi. Pravoslav va protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
Bundan tashqari pravoslav dini ta’limotidan farqli o’laroq, katolik yo’nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G’arb cherkovining Bogoroditsaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan Bibi Maryamning me’roji haqidagi aqidada o’z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi yetti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan (pravoslaviyada bo’ktirilgan non bilan) dunyoviy(miryane)larga non va vino bilan, shuningdek, faqat non bilan amalga oshiriladi. Cho’qintirish sirini o’tash paytida suv sepiladi (cho’qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho’ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho’qinuvchining peshonasiga yeley surkash) yetti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go’dakligida emas. Bunda o’spirin (bola) yana bitta ismga ega bo’ladi. Bunda u o’sha avliyoning qilmishlari va g’oyalarini maqsad qilib qo’yadi. Shunday qilib, bu rusmning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.
Pravoslavlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik (tselibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko’ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi ehromdir. Katolitsizmning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek, postlardir.
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanba – 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryamning homilador bo’lishi, Isoning tug’ilishi va dindorning qalbida bo’lishi kabi ramziy ma’noni anglatadi. O’sha kuni ta’zim qilish uchun ehromlarda go’dak Isoning timsoli qo’yilgan belanchaklar o’rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz), yepiskop. Yepiskopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo’li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Bu birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo’ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi.
Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, tsvinglichilik, kalьvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Keyinroq, «so’nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo’ldi. Bu oqimlarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», ilk xristianlik va Reformatsiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan. Hozirgi protestantizm integratsiya (birlashish)ga intilmoqda, bu 1948 yilda Jahon cherkovlari kengashining tuzilishida o’z ifodasini topdi.
Protestantizm ilohiyoti xristian mafkurasining bir ko’rinishi sifatida o’z taraqqiyotida muayyan bosqichlardan o’tdi. XVI acp ortodoksal ilohiyoti (M. Lyuter, J. Kalьvin), XVIII-XIX acplardagi yangi protestantizm yoki liberalizm ilohiyoti (F. Shleyermaxer, E. Tryolьch, A. Garnak), birinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan dialektik ilohiyot (K. Bart, P. Tillix, R. Bulьtman), Ikkinchi jahon urushidan so’ng tarqalgan radikal yoki «yangi» ilohiyot (D. Bonxeffer va boshqalar) shular jumlasidandir.
Protestantizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g’picidagi umumxristian tasavvurlarini e’tirof etadi. Biroq Lyuter katolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Papaning diniy va dunyoviy hokimiyat, katolik dindorlarining imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalariga Lyuterning qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqlanib qoldi.
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi. Asror (tainstva)lardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo’ldi.
Lyuter tomonidan tuzilgan Reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib berilgan. Ular Vittenberg nasroniy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo’yilgan. Tezislarning bir nusxasida Iso payg’ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi», deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to’xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo’lmog’i darkor.
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to’rt tezisda Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi. Bu bilan u katolitsizmdagi «a’rof» va u bilan bog’liq indulgentsiya masalasini rad etadi. Aytadiki, Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). «Ruhlar uchun indultgentsiya olgan shaxslarga tavba-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarning gunohlarini Xudo kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin. Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Lyuterning ta’kidlashicha, cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va Xudoning marhamatidir. «Xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag’allar uchun emas, boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o’z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.
Kalьvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish – kalьvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq Kalьvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo’lib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko’ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo’lgan irodasiga asosan mag’firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. Inson na imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar najotga mahkum, mag’firatdan mahrum bo’lganlar esa abadiy azobga mahkum. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalьvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Frantsiya, Angliyada katta obro’ va ta’sirga ega edilar.
Presviterpanlik. Presviterianlik kalьvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo’lib, (yunoncha eng eski) mo’’tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim juda sodda, ibodat paytida va’z aytiladi, birgalashib duolar o’qiladi va diniy qo’shiqlar kuylanadi. Presviterning mav’izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilingan, boshqa oqimlarda asosiy ibodat qo’shig’i hisoblangan «din ramzi» va «otche nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Presviterianlar diniy ta’limotining asosiy aqidalari «Vestminster» kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo’lib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonishdan iborat.
Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presviterchilarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyalar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presviterchilarning ko’pchiligi o’zlarining xalqaro tashkiloti – «Presviterchilarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi Jahon reformatsiya cherkovlari alyansi»ga a’zodir. Mazkur alyans 1875 yilda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda Shotlandiya (davlat cherkovi), Angliya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presviterchilar mavjud.
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi – Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig’i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi. XVI asr o’rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo’lmay qoldi. «Mo’’tadil yo’l» ta’limoti, ya’ni Rim katolitsizmi va protestanizm orasidagi o’rtacha yo’l shakllandi. Anglikan diniy ta’limoti «Umumiy ibodatlar kitobi»da aks ettirilgandir. U cherkovning najotkorlik kuchi haqidagi katolik aqidalari hamda shaxsiy e’tiqod orqali najotga erishish haqidagi protestant ta’limotlarini o’zida jamlagan. Anglikan cherkovida katolitsizmdagi marosimlar shundayligicha qabul qilinib, undagi ierarxiya tuzumiga o’xshash tartib joriy etilgan. Bu tartibga ko’ra, qirol Anglikan cherkovining boshlig’i hisoblanadi va u yepiskoplarni tayinlaydi. Anglikan cherkovining birinchi diniy rahbari Kenterberi arxiepiskopi hisoblanadi. Anglikan cherkovi tarkibiga 3 cherkov kiradi. Ular katolitsizmga yaqin turadigan oliy cherkov, puritanizmga va pietizmga yaqin quyi cherkov, xristian oqimlarining barchasini birlashtirishga intiluvchi hukmron oqim – keng cherkov. Anglikan cherkovidan rasman ajralgan cherkovlar Shotlandiya, Uelьs, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya kabi jami 16 mamlakatda tarqalgan. 1867 yildan Anglikan cherkovi o’z mustaqilligini saqlagan holda Anglikan cherkovlar ittifoqiga birlashgan. Lambet konferetsiyalari Anglikan cherkovida konsulьtativ organ hisoblanadi.
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur» degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir. Ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish, (o’spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lot. – “kelish”) Amerikada XIX asrning 30-yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilьyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Yettinchi kun adventistlari» sanaladi. Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni shayton va uning tarafdorlaridan mutlaq xalos etishidir. Ular odamlarni Isoni kutib olish uchun xush axloq bo’lishga chaqiradilar. Dindorlardan mablag’larining o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishlarini va targ’ibot ishlarini uzluksiz olib borishlarini talab qiladi. Iso payg’ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat '' najot yo’li'' deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda g’arbiy hamda sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim papasi Pavelь VI va Konstantinopolь patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo’ydilar.
Bibliya. Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari taьlimotiga ko’ra, Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
U ikki qismdan iborat: «Qadimiy Ahd» (Old Testament) va «Yangi Ahd» (New Testament).
Yahudiy va xristian Bibliyalari (Bible) bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi qadimiy Isroil va qadimiy yahudiylarning diniy ta’limot va urf-odatlari asosida mil. av. XIII asrda yozilgan bo’lsa, xristianlarning kitobi milodning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar. Xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Bibliya so’zi grek tilida biblia – “kitob”, “o’ram” ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72, protestant nashrlarida 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, Qadimiy Ahdda 24 ta kitob bo’lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha, 22 ta kitob bo’lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham Qadimiy Ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o’rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblarning bir necha mustaqil kitoblarga bo’linib ketgani bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo’lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga, «Kichik payg’ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlar kitoblari»ga, «Payg’ambar kitoblari»ga bo’lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini shunday tasnif qiladilar: «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg’ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo’linishi Nenterberiya yepiskopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.), keyinchalik 1555 yillarda Robert Etьenlar tomonidan raqamlandi.
Yevangeliya. Injil so’zi yunoncha «evangelion» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “xushxabar” ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning yer yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi.
Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo’limdan iborat. Injil Iso Masihni ko’rib, uni yaqindan bilgan, uning ta’limotini sinchiklab o’rgangan mualliflar tomonidan yozilgan. Xristianlikda bu mualliflar xudoning ruhidan ilhomlanib aynan xudoning buyurganini Injilda yozib qoldirganlar deb hisoblanadi. Injilning matni yozib tugatilgandan keyin undan ko’p nusxa ko’chirilib, dunyoning har tarafiga tarqatilgan.
Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bo’linadi:
Injilning dastlabki 4 kitobchasi Iso Masihning hayoti va ta’limotiga bag’ishlangan, ular Matto (Matfey), Marko, Luka, Yuhanno (Ioann) bayon etgan Muqaddas xushxabar (Yevangelie) deb ataladi. Bu 4 kitob muallifining har biri Iso Masih shaxsiyati va faoliyatining alohida xususiyatlarini tasvirlaydi, to’rttala kitob ham Isoning yo’li va qayta tirilishi bilan yakunlanadi. Bu Injil xushxabarining markaziy nuqtasi hisoblanadi.
Aziz Havoriylarning faoliyati (Deyaniya svyatыx apostolov) nomli kitobchada Iso Masihning alohida tanlagan shogirdlari – havoriylarning nasroniylik dinini tarqatish yo’lida qilgan ishlari, nutqlari, quvilishlari, xristian jamoalarining vujudga kelishi haqida hikoya qilinadi.
Pavel, Iakov, Petr, Ioann, Iuda nomli havoriylarning turli mamlakat va podshohlarga xristianlik dinining aqidalarini bayon qilib yo’llagan maktublari ham Injilda jamlangan.
Vahy (Otkrovenie) deb nomlangan bu kitob xudo tomonidan avliyo Ioannga yuborilgan bashorat hisoblanadi. Unda oxirzamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning dunyoga qaytishi, Ya’juj-Ma’juj, Dajjol, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlanadi.
O’zbekistonda xristianlik. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O’rta Osiyo xalqlari tarixida o’ziga xos o’rni bor.
Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi orqali oshdi. Bu dinni mahalliy aholi Missionerlar O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli yerlarda yashaganlar.
Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo’lgan.
XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar.
Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi.
1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi.
1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi.
Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan ko’plab aholi evakuatsiya qilindi, pravoslaviega e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi.
1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega.
Xristianlikning O’zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katoliklar bo’lgan. O’sha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida qayta ta’mirlandi.
Vatikan davlati O’zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni diplomatik aloqalar o’rnatdi. 1994 yil 31 oktyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vatikan davlatining nuntsiy elchisi Marian Olesdan Ioann-Pavel II ning ishonch yorlig’ini qabul qildi. Shundan so’ng Vatikanning Toshkentdagi elchixonasi rasman o’z ishini boshladi. M. Olesning qarorgohi Qozog’istonning sobiq poytaxti Almatida bo’lganligi sababli Toshkentdagi elchixona rahbarligini hozirgi vaqtga qadar K. Kukulka bajarib kelmokda.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Arman apostol cherkovi eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri bo’lib, uning «Echmiadzin» jurnali hamda maxsus diniy o’quv yurti mavjud. Kilikiya katolikosati, Quddus va Konstantinopolь patriarxatliklari, AQSH, Janubiy Amerika, Yevropa, Yaqin, O’rta va Uzoq Sharqdagi yeparxiya boshqarmalari Echmiadzin katolikosatiga bo’ysunadi.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyoda armanlar taxminan O’zbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri protestantizmdir. Keyingi o’n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo’nalishiga qiziqish ortdi. Bunga bir tomondan koreyslarning o’z qarindosh-urug’lari bilan diydor ko’rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishlari omil bo’ldi. Xorijdan ular ma’lum bir diniy oqim ta’siriga tushib, O’zbekistondagi yaqinlariga ham mazkur oqim ta’limotlarini targ’ib qila boshladilar. Shuningdek, Janubiy Koreya va AQShlik koreys millatiga mansub shaxslar ham katta moddiy mablag’ga ega bo’lgan protestantizm yo’nalishi markazlarining hisobiga mahalliy koreys millatlari ichida missionerlik faoliyatini olib bordilar.
O’zbekistondagi koreys protestant cherkovlarining deyarli barchasini pyatidesyatniklik yo’nalishidagilari tashkil etadi. Ibodat tarzlari protestantizmdagi yo’nalishlarda bajariladigan amallar kabidir. Hozir O’zbekistonda pyatidesyatniklik, baptistlik yo’nalishidagi cherkovlar hamda birgina metodistlik yo’nalishiga oid cherkov faoliyat ko’rsatmoqda.
Rossiyada hamda O’rta Osiyoda dastlabki adventist missionerlar XIX asrning boshlarida paydo bo’lganligi haqida ayrim manbalarda qayd etilgan. Mazkur oqimning Toshkentdagi birinchi jamoasi 1910 yilda tashkil etilib, bir yil ichida uning tarafdorlari 150 kishiga yetgan. Jamoa 1912 yilda yashirin yig’ilishlar uyushtirganligi sababli tarqatib yuborilgan. 1917 yildan so’ng umumiy soni 450 kishilik tarafdori bilan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand shahri va boshqa hududlarda faoliyat ko’rsata boshlagan. Shu davr ichida oqim tarafdorlari ko’payib, cherkov rahbarlari saylandi hamda tashkiliy ishlar yo’lga qo’yildi.
Adventistlarning Janubi-sharqiy ittifoqi tarkibida 1925 yili O’zbekistonda adventistlarning O’rta Osiyo boshqaruvi tashkil etildi. Uning birinchi qurultoyi 1926 yilda o’tkazilib, unda Butunittifoq adventistlar ittifoqi tarkibining beshinchi ittifoqi sifatida qayd etildi. 1930-yillar oxiriga kelib dindorlar va ular qatorida adventistlar jamoalari tarqatib yuborildi hamda ta’qib ostiga olinadigan bo’ldi. Barcha yo’nalishdagi jamoalar yashirin faoliyatga o’tib ketdi.
1976 yil 26 avgust kuni Toshkentda ilk bor adventistlar jamoasi davlat ro’yxatidan o’tdi. Shuningdek, adventistlarning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 1967 yili Toshkentda V.A. Shelkov boshchiligidagi adventist-islohotchilar paydo bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularning faoliyati hozirgi davrga qadar davom etib kelmoqda. Adventistlar respublikaning besh hududiy tuzilmasida 9 ta cherkoviga ega.
Turkiston o’lkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 yillarda paydo bo’ldi. Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1909 yil 2 iyulda 60 kishilik baptist jamoalari uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 yil oktyabr oyida ''Samarqand jamoasi'' tuzildi.
1921 yildan e’tiboran Turkiston baptistlari orasida birlashish maqsadida boshqaruv organini saylash uchun harakat boshlandi. Ushbu boshqaruv organi 1922 yilda Toshkent baptistlar qurultoyida O’rta Osiyo baptistlar ittifoqi, so’ng Umumrossiya ittifoqi tarkibida Turkiston bo’limi tuzildi.
1946 yildan O’zbekiston hududida Yevangelchi xristian-baptistlar (YEXB) jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 yil oktyabr oyidan esa T. Penьkov Butunittifoq YEXB kengashining O’zbekistondagi vakili etib tayinlandi. 1930-yillarga kelib baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi. 1958 yilga kelib O’zbekistonda baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. Shu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa faoliyat ko’rsatgan.
1964 yilda bu jamoalar norasmiy O’rta Osiyo Yevangelchi xristian baptistlar cherkovlari kengashi markazini tuzdilar, keyinchalik «Osiyo janubi bo’yicha baptist birodarlar kengashi» deb nomlandi. 1992 yil noyabr oyida Moskvada bo’lib o’tgan baptistlarning 1-qurultoyida Yevangelchi xristian baptistlar ittifoqi federatsiyasi Yevro-Osiyo YEXB ittifoqi nomiga o’zgartirildi. YEXBIF respublikaning 8 ta hududiy tuzilmasida o’zining cherkovlariga hamda markaziy boshqaruv organiga ega.
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan To’liq Injil xristianlarining (Pyatidesyatniklik) asrimiz 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalari tuzildi. 30-yillarga kelib ularning soni 950 kishiga yetdi. Ular tashkilot sifatida qayd etilmagan bo’lsalar-da, Toshkent jamoasi markaziy o’rin tutdi. 1945 yilga kelib baptistlar va pyatidesyatniklar birlashishga qaror qildilar, lekin bu ish to’liq amalga oshmay qoldi. Mazkur tashkilot 1992 yildan e’tiboran rasmiy faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Respublikamizda mavjud bo’lgan lyuteranchilik – lyuteranlar cherkovlari tomonidan e’tirof qilingan ta’limotdir. U protestantizmdagi eng yirik yo’nalishlardan biri hisoblanib, tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. Lyuteranlar diniy ta’limoti XVI asrda Yevropa Reformatsiyasida M. Lyuter va uning tarafdorlari, birinchi navbatda, Melanxtonning kuch-g’ayrati bilan qaror topdi.
1989 yildan e’tiboran Rossiya, Ukraina, Qozog’icton va O’rta Osiyodagi Yevangelchi-lyuteranlar cherkovi tarkibiga birlashtirilib qayd etildi. Hozirgi vaqtga qadar uning rahbari Georg-Fridrix-Karl Krechmar hisoblanadi. Lyuteranlarning oliy huquqiy organi Bosh sinoddir.
Mazkur cherkov MDH mamlakatlarida 5 yeparxiyaga bo’lingan bo’lib, uning markazlari Moskva, Omsk, Odessa, Almati hamda Toshkentda joylashgan.
Yevangelchi-lyuteranlar O’zbekiston hududida 1877 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1884 yildan lyuteranlar ibodatlarini rasman amalga oshirganlar. 1890 yilda arxitektor A.L. Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilishi 1896 yilning dekabrь oyiga kelib nihoyalandi.
O’zbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi bo’lib, u xristian dinining protestantlik yo’nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi O’zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan bo’lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ro’yxatdan o’tgan. O’zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg okrugi tasarrufidadir. Uning apostol-prezidenti Frits Shreder.
O’zbekistonda «Iegova shohidlari» protestant yo’nalishidagi diniy tashkilot ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur diniy sektaga 1870 yilda amerikalik ishbilarmon CH.T. Rasselь tomonidan asos solingan. Sektaning markazi Bruklin shahri Akioda joylashgan va 15 a’zodan iborat bo’lgan «Rahbar korporatsiya»gagina bo’ysunadilar.
Ayrim manbalar O’rta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40-yillapida paydo bo’lganligini bildiradi. O’sha davrda ular o’zlarini «kanalistlar» deb atab kelganlar.
Iegova shohidlari nomi sifatida O’zbekistonda 1994 yildan Toshkent hamda Farg’ona viloyatlarida rasmiy ro’yxatdan o’tdi. 1998 yil yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun qabul qilinganidan so’ng qayta ro’yxatdan o’tish uchun respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasidagi tashkilotlari hujjatlarini joylardagi adliya bo’limlariga topshirgan.

Do'stlaringiz bilan baham:


http://fayllar.org
Yüklə 67,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin