PREDIKAT
Predikat ham semantik, ham mantiqiy, ham gramatik tushunchadir. Semantik tushuncha sifatida predikat – ham qanday sintaktik qurilmaning normativ asosi. Grmatik tushuncha sifatida predikat o’zi boshqarib kelayotgan sintaktik elementlarning markazi mantiqiy tushunchasi sifatida fikrning sub’ekt belgisini bildiruvchi qism. Gaplarning propozitiv strukturasi predikat va uning argumentlari (semantik aktaitlari)dan tashkil topgan predikat ifoda sifatida modellashtirish ko’proq odat tusiga kirib bormoqda. Demak, predikat vauning argumentlari (unga erashib keluvchi sintaktik elementlar) birligi predikatifodasi (P I) tashkil etadi. Ya’ni PI=+P+A. Har qanday predikat ifadani shaklanishda xizmat qiladigan markaziy element predikatdir. Predikat ifodalar miqdori predikatlarga qarab belgilanadi. Ma’lum sintaktik butunlik tarkibida qancha predikat bo’lsa, u shuncha predikat ifodadan iborat bo’ladi. Predikat ifoda gap uchun asos ro’lini o’ynasa han, ya’ni har qanday gap predikat ifodadan tashkil topsa ham, ammo har qanday predikat ifada gap bo’la bermaydi. PI gap bo’lib shakillana olishi uchun ugapning eng muhim gramatik – semantik belgisiga – predikativlikka ega bo’lishi kerak. Predikat predikativlik bilan chambarchas bog’liqdir. Har qanday predikativlik predikat asosida shakllanadi. Predikativlik shakllari predikativlikga qo’shiladi. Shuning uchun ham predikativlikni o’zida aks etirgan har qanday predikatning o’zi eng kichik gap hisoblanadi.
Demak, predikat propozisiv strukturaning markaziy elementidir. Shunday bo’lishiga qaramasdan tilshunoslikda predikat maqomi masalasida bir xillik yo’q. Masalan, Y. S. Stepanov fikriga ko’ra, fe’l – bu predikatdir. Fe’l lug’atning murakkab (kompleks) birligi bo’lib, birinchidan, ayrim predikatni, ikkinchidan gap tarkibida shu predikatga kiruvchi otning ayrim mazmuniy belgilarini ifodalaydi.
V. B. Kasevich va B. S. Xrakovskiy ham, predikatga huddi shunday munosabatda bo’ladilar. Xususan ular predikat aktantlari (PA) haqida fikr yuritib, ular asosan fe’llar, fe’lli oborotlar orqali ifodalanishi aytiladi. Mualliflar fe’lga qaram bo’lgan, uning majburiy valendligini to’ldiruvchi sintaktik qurilmaning elementini sintaktik antaklar hisoblaydilar va uni fe’lning mazmuniy valendligi bilan bog’lanmagan sinkonstantlarga qarama-qarshi qo’yadilar. Ayrim lingvistlar, prededikat termini ostida faqat fe’lni emas balki keng mo’nada otlarni ham birlshtiradilar. Predikatlarni mustaqil va yordamchi predikatlarga no’ladilar. Birinchi tipdagi pretikatlarga fe’l, sifat, ravish, holat bildiruvchi so’zlar va mavhum otlar kiritiladi. Ikkinchi tipdagi pretikatlarga ega ayrim koo’makchilar, bog’lovchilar propozitsional bog’lamalar, kvantorlar, gramatik kategoriyalar mansub ekanligini ko’rsatadilar. Hamma predikatlarning umumiyroq oppozisiyasi sttiklik – dinamiklik farqlovchi belgisiga ko’ra ikki katta guruhga ajratilishi juda ko’p adabiyotlarda tan olinadi. Rus gramatikalarida yuqoridagi oppozisiya eng umumiy farqlovchi belgi sifatida qaralib, predikatlarning fe’l vafe’l bo’lmagan so’zlar orqali ifodalanishiga asos bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, predikatlar propozitsiyaning markaziy elementi (predikat va uning argumentlari modelida bo’lganda)yoki propozitsiyaning o’zidir (no’l valentli predikat modelida bo’lganida) predikatlar va fe’llar va fe’l bo’lmagan (keng ma’noda otlar, yoki belgi bildiuvchi so’zlar) so’z shakllari orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham u, avvalo fe’l predukatlar va ot predikatlarga bo’linadi.
Yuqorida aytilganidek, fe’llarda gapda doimo predikat bo’lib keladi. Propozitsiyaning birlamchi iofodalovchisi bo’lgan, grammatik to’la shakllangan fe’l asosli gaplarda fe’ldan ifodalangan sintaksema ikki xil vazifani bajaradi: 1) gap elementlarini tashkil retish (bog’lash), 2) gapni gap qilib shakllantirish. E.Benvenist fe’lning gap tarkibidagi birinchi vazifasini aloqa vazifasi, ikkinchisini esa tasdiq vazifasi deb ataydi. Fe’lning gapda doimo predikat vazifasida kelganligi uchun fe’l predikatlarini belgilash hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Dostları ilə paylaş: |