Mustaqil ishi mavzu


Gapning aktual bo`linishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/6
tarix29.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56652
1   2   3   4   5   6
Gapning aktual bo`linishi.

Aktual bo’linish. Gapda so’zlar tartibi. Nutq induvudial tabiatga ega bo’lganligi bois gapda ishtirok etayotgan so’zshakllar tarkibi ham erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan tashqarida bo’lmaydi. So’zlovchining maqsadi, uslub talablari asosida so’zshakllar umumiy tartibga ega bo’ladi.

Har qanday nutqiy gap, o’zida ma‘lum voqelikni ifodalash bilan birga, so’zlovchining axborat maqsadini ham namoyon qiladi. Masalan, Jamshid maktabga ketdi gapida, Jamshidning maktabga ketishi voqeligi qayd qilinishi bilan birga, so’zlovchining tinglovchiga Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni yetkazish niyati ham o’z aksini topgan. Shu boisdan gap Jamshid qaerga ketdi? so’rog’iga javob bo’ladi. Demak, ushbu gapdagi voqelik Jamshidning qaerga ketganligi emas, balki kimning qaerga ketganligi, so’zlovchining axborot maqsadi esa Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni tinglovchiga yetkarishdir.

Gapni Maktabga Jamshid ketdi shaklida o’zgartirsak, voqelik oldingi gapdagi bilan bir xil, biroq so’zlovchining axborot maqsadi Maktabga kim ketdi? so’rog’i orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo’nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot mo’ljalidir. Gapning axborot vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo’laklar deyiladi.

Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma‘lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma‘lum bo’lganligi so’roq gapda aynan takrorlanadi.

Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (sub‘ekt va predikatga bo’linish) ga o’xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linish sathini mantiqiy-grammatik sath deb ham nomlaydi.

Aktual bo’linish sof nutqiy hodisadir. Lekin aktuallashish lisoniy strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto’g’ri. Har qanday hodisa muayyan mohiyatning namoyandasi bo’lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv-sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy strukturasi unsurlari bo’lmish kesim, ega, hol o’rinlari to’ldiruvchilari yoki bu to’ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual bo’linishni keltirib chiqaradi. Shu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ-sintaktik sath deb yuritiladi.

Aktual bo’linish talabi bilan gapda so’zshakllarning tartibi har xil bo’ladi.

Gapning konstruktiv va nokonstruktiv bo’laklari turlicha joylashadi. Buning sintaktik qurilishga daxli yo’q. Tartib o’zgarishi bilan gap sintaktik qurilishiga putur yetmaydi. Gapda so’zshakllar tartibi aktual bo’linish bilan chambarchas bog’liq.

Gapdagi so’zshakllar o’zlarining tema yoki remaga kirishiga ko’ra joylashadi.

Axborotning tinglovchiga ma‘lum parchalarini ifodalovchi so’zshakllar gap boshida keladi.

Tema (ma‘lum) haqida axborot beruvchi bo’lib, rema esa gap oxirida, temadan so’ng keladi. Bu izchillikning buzilishi yo uslubiy bo’yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi.

Qo‘shma gap sintaktik birlikning eng yuqori shaklidir. Qo‘shma gaplar uchun sodda gaplar qurilish materiali sanaladi. Qo‘shma gaplar mustaqil sodda gaplardan emas, balki mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq birliklardan tashkil topadi.

Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda intonatsiyaga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, turli xil grammatik, leksik-grammmatik va leksik vositalar yordamida birikkan tuzilmalar qo‘shma gap deyiladi.

Demak, qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar mazmun va intonatsiyasi jihatidan yaxlitlikni, bir butunlikni tashkil etadi.

Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma’lum darajada o‘rganila boshlandi. Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan. V.A.Bogorodskiy1 ham qo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga ajratish birmuncha sun’iy ekanligi, u tildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida aks ettira olmasligini aytgan.

I.A.Batmanov2 o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar. A.K.Borovkov3 qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi shu xildagi fikr A.N.Kononov4 ishida ham ta’kidlangan. M.Asqarova5 qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib qrganadi. G‘.A.Abdurahmonov6 esa qo‘shma gaplarni uch turga ( bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirali. N.A.Baskakov7 qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) va ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap. Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra tasniflash tavsiya etiladi. Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni ham hisorbga olish lozim bo‘ladi. Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi oppozitsiyalarini hosil qiluvchi qutblari mavjud.

Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni farqlash mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish.

Yopiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi, vazifaga ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi. Ochiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra ayiruv-chegaralov, inkor aloqa o‘z aksini topadi, vazifasiga ko‘ra qo‘shma gap hosil bo‘ladi. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi ayiruv, inkor bog‘lovchilari ishtirok etadi.

Tobelanish aloqasi tobelikning yo‘nalish xususiyatiga ikki xil aloqa hosil qiladi: a) koordinativ aloqa; b) subordinativ aloqa. Koordinativ aloqa vazifasiga ko‘ra nominativ va kommunikativ birlik hosil qiladi.

Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gaplar hosil qiladi.

Subordinativ aloqa qo‘shma gaplarni hosil qiladi, bu qo‘shma gaplar tarkibidagi aloqa sodda gaplar tarkibidagi boshqaruv aloqasini eslatadi. Qo‘shma gap tasnifida sntaktik aloqa mezonlarinigina emas, balki sintaktik munosabat mezonlarini ham hisobga olish kerak. Sodda gaplar tarkibida monopredikativ sintaktik munosabat mavjud bo‘lsa, qo‘shma gaplarda polipredikativ sintaktik munosabatlar mavjud.

Polipredikativ sathda sintaktik munosabatlarning to‘rt xili vujudga keladi: predikativ munosabat, atributiv munosabat, posessiv munosabat, situativ munosabat. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplar ma’lum mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi, qurilish qolipi va intonatsiyasiga ko‘ra bir necha ko‘rinishga ega.

Ular quyidagilardan iborat:

1.Bog‘langan qo‘shma gaplar.

2. Ergash qo‘shma gaplar.

3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

4. Ko‘chirma qurilmali qo‘shma gaplar.

Qo‘shma gap qismlarining birikish usullari mavjud bo‘lib, ular parataksis va gipotaksis sanaladi.

Parataktik qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qislar tarkibidagi gap bo‘laklarining ma’nosi va o‘rinlashishi, ularning semantik va grammatik o‘zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo‘llanishi, gaplarning intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o‘ynaydi: Urushdan faqat boylar manfaat topdi, ammo kambag‘allar xonavayron bo‘ldi. (Jurn.)

Gipotaksis so‘zi ham grekcha so‘z bo‘lib, gaplarning o‘zaro ergashtiruvchi vositalar yordamida tobelashishini anglatadi. Ergash gap bosh gapni izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo‘lgan qismdir. Ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog‘lanadi: Shundan bilamizki, mushtumzo‘rlar tipirchilab qoldi. (A.Q.)

Intonatsiya qo‘shma gapning hamma turida ishtirok qiladigan universal vosita sanaladi. Qo‘shma gapning shakllanishidagi ishtirokiga ko‘ra, intonatsiya bosh va yordamchi rolni o‘ynaydi. Intonatsiya bosh rolni o‘ynaganda sintaktik aloqa faqat intonatsiya orqali ifodalangan bo‘ladi. Yordamchi rol o‘ynaganda boshqa vositalar ishtirok etadi. Yordamchi vositalar o‘z xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Grammatik vositalar. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar. Kelishik shakllari kiradi.

2. Leksik-grammatik vositalar. Qo‘shma gapni tuzishda xizmat qiluvchi leksik-grammatik vositalarga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’li, buyruq fe’li shakllari kiradi.

3. Leksik vositalar. Maxsus leksik vositalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

1. Qo‘shma gaplarni hosil qilishda kirish va kiritma konstruksiyalar ishtirok etadi. Ular izohlash, qiyoslash munosabatini ifodalaydi: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosolmadi, aksincha, yuragiga o‘t yoqildi. (A.Q.)

2. Payt munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda shundan buyon, shundan keyin, shu paytda, shunda, unda so‘zlari qo‘llanadi.

3. Qo‘shma gapni tuzishda olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish va nisbiy olmoshlarning roli bor. Shunday ayollar bo‘ladi: ular ishqni e’tiqod kabi muqaddas tutadi.(O.)

4. Qo‘shma gapning har ikki qismida bir xil vazifa yoki har xil vazifadagi so‘z takrorlanadi: Mening domlam yo‘q, domlam ikki ko‘zim .(A.Q.)

Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplar bilan o‘xshashlik va farqli tomonlarga ega. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: gap bo‘laklarining ishtirok etishi, so‘z birikmalarining mavjudligi, ega-kesim munosabatlarining bo‘lishi. Farqli

tomonlari shundaki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplarga nisbatan mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi, fikriy, intonatsion tugallikni to‘liq ifodalamaydi.

Demak, gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qo‘llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

R.Sayfullayeva va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. “Fan va texnologiya” Toshkent, 2009.

H.Jamolxonov, Hozirgi o’zbek adabiy tili. “Talqin” Toshkent, 2005.

M.Irisqulov, Tilshunoslikka kirish. “O’qituvchi” Toshkent, 1992.



S.Usmonov, Umumiy tilshunoslik. “O’qituvchi” Toshkent, 1972.

M.Mirtojiyev, O’zbek tili semasiologiyasi. “Mumtoz so’z” Toshkent, 2010.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin