Mustaqil-ishi pdf


Sotsiologik tadqiqot usullarining qisqacha xususiyatlari



Yüklə 129,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü129,88 Kb.
#165586
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishi

Sotsiologik tadqiqot usullarining qisqacha xususiyatlari


“Sinov tadqiqoti” atamasi adabiyotlarda: 1) izlash (tekshirish) tadqiqotining
ma’nodosh; 2) pilotajli tadqiqotning ma’nodoshi; 3) o’zining turli- tumanliklari
(ko’rinishlari) sifatida izlash (tekshirish) va pilotajli tadqiqotlarni o’z ichiga
oluvchi yig’ma tushuncha. Izlash (tekshirish) va pilotajli tadqiqotlar – sinash
tadqiqotining ikki asosiy ko’rinishi deb hisoblaymiz.
Izlash (tekshirish) tadqiqoti vazifalarning to’g’ri qo’yilishi va asoslangan
gipotezalarni ilgari surish, maqsadlarni aniqlab olish maqsadida o’tkaziladi.
Shunday qilib, mohiyatiga ko’ra u konseptual tadqiqotdir. Uning o’tkazilishi, agar
sizni qiziqtiradigan mavzu bo’yicha adabiyotlar mavjud bo’lmasa yoki
yetishmagan holda maqsadga muvofiqdir. 
Sinov tadqiqotlari – ijtimoiy tahlilning oddiy turi bo’lib: uning vazifalari
doirasi chegaralangan, so’raladiganlar soni o’rtacha, dasturlari va voitalar juda
soddalashtirilgan; ma’lumotlar namoyon qilinmaydi. Olim muammoni umumiy
yo’naltirish uchun tadqiqot obyekti to’g’risida faqatgina ba’zi ma’lumotlarni
oladi. U kam o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan muammolar uchun
qo’llaniladi. Uning shiori –tahminan, arzon va tez.
Izlash tadqiqotlari quyidagi usullar yordamida o’tkazilishi mumkin: doimiy
respondentlar bilan sharo’lar (yaxshisi norasmiy); kuzatish; tadqiqotning markaziy
muammosi bo’yicha fokus-guruh; ekspert- mutaxassislar yoki sizni qiziqtiruvchi
muammo sohasiga aloqasi bo’lgan kishilarni bilan so’rov o’tkazish; ilgari
surilgan vazifalar va gipotezalar bo’yicha zaruriy ma’lumotlarni o’z ichiga
olgan statistik ma’lumotlar, hujjatlarni o’rganib chiqish.
Tekshirish tadqiqotlari varianti sifatida eskpres - so’rovlar ishtirok etadi.
Ularni tezkor so’rovlar ham deb atashadi. Ulardan ko’pgina so’rov o’tkazadigan
firmalar ham foydalanadilar – VSIOM dan ROMIR gacha. Haqiqatda, ular
so’rovlarni, odatda, juda ziyoli kishilar, lekin asosiy fanni chuqur ilmiy
rivojlantirish vazifalarini qo’ymaydilar. Bir zumda, lekin jamiyat, idoralar yoki
xususiy buyurtmachilarga juda zarur bo’lgan manffatli vazifalar hal etiladi: xalq
prezidentga qanday munosabatda bo’ladi, aylanmaga cheklovlar, Chechenistondagi
urushga, Bushning tashrifiga, 2001 yil 11 sentyabrdagi terroristik aktlarga.


Shunday tarzda, yangi, qisqa muddatli (uning hayotiylik davri kun, xafta, ba’zida
oylar bilan hisoblanadi), lekin ayni vatda juda kerakli axborotni oladilar.
Pilotajli tadqtqotda tanlash hajmi aniq uslubiy asosga ega emas. Odatda
30 ta respondent orasida so’rov o’tkazishni yetarli deb hisoblaydilar. Tadqiqotning
rejalashtirilgan obyektining barcha mavjud toifalarini namoyon etishlari
uchungina muhimdir.
Pilotajda kichik tanlash bosh to’plamga nisbatan reprezentativ bo’lishi shart
emas. Uning boshqa sifati – turli-tumanligi qanchalik muhim: instrumanteriyga
turlicha ta’sirlanadigan respondentlar guruhini o’z ichiga olishi lozim. Agar o’rta
ma’lumotli kishilar kelgusi tanloshda sezilarsiz ulushni tashkil etsa, sizning aqlli
savollaringizda umuman siz qoniqtirmaydigan javoblarni berganliklari uchun ular
bilan birinchi navbatda so’rov o’tkazish zarur.
So’rov mavzusi uchun muhimroq ijtimoiy-demografik belgilarni (jins,
yosh, ma’lumoti, ish stadji, mehnatning mazmuni va h.k.) namoyon etuvchi
respondentlarni kiritadilar.
Ijtimoiy psixologiyada pilotajli tadqiqotlar (ishchi atamasi “zondaj”)
tanlashning zaruriy hajmini belgilash, anketa savollari soni, so’rov vaqti va
boshqalarning mazmunini aniqlashtirish uchun qo’llaniladi. Pilotaj (ishchi atama -
“pretest”) testlarini qo’llashning xorijiy va mahalliy amaliyotda asosiy testning
ba’zi standartlarini aniqlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Sosiologiyada pilotaj asosiy tadqiqotgacha o’tkaziladi va gipoteza va
azifalarning xususiyatlarini, shuningdek instrumentariyning professional darajasi
va uslubiy ishlanganligi tekshirish usuli sifatida ishtirok etadi. Pilotaj tanlash
modelining to’g’riligini baholash va zarurat tug’ilganda muvofiq tuzatishlarni
kiritish; tadqiqot obyekti va predmetining ba’zi tavsiflarini aniqlashtirish, bosh
tadqiqotni o’tkazish muddatlari va moliyaviy xarajatlarini asoslashga yordam
beradi. Pilotaj shuningdek sharxlovchilar (anketalovchilar) guruhining mashqlari
uchun ham foydalidir.
Hozirgi sosiologiyada quyidagi qoidalar qo’llaniladi: anketani katta
adadda tarqatishdan oldin, uni savollarni to’g’ri tushunayapdilarmi, u haddan


tashqari uzun va zerikarlimi uni to’ldirish (yoki sharhlash) uchun qancha vaqt
talab etiladi, pochta orqali tarqatilish holatlarida esa – anketa jo’natilgan vaqtdan
boshlab javob olingunga qadar necha kun o’tishini aniqlab olish uchun so’rovning
kam adadda chiqarib sinab ko’rish maqsadga muvofiq. 
Pilotajli tadqiqotlar “qisqartirilgan” reja bo’yicha tadqiqotlarni o’zida
namoyon etadi- bunda kichik tanlashlar o’tkaziladi, axborotlar chala yig’iladi,
olingan axborot faqat ahamiyatli mezonlar bo’yicha tahlil qilinadi. Agar pilotajli
tadqiqot yaxshi o’rganilgan tadqiqot davrida o’tkazilsa, u tadqiqot
instrumentariysini “ochish”, uning nuqsonlari hamda matematik tahlilga
yondashuvlardagi nuqsonlarni aniqlash va bartarf etish imkonini beradi. 
Pilotaj quyidagilar uchun foydali: a) instrumentariyni testdan o’tkazish,
bunda tadqiqotchi to’la ishonch bilan harakatlanadi, b) tadqiqot predmeti
tadiqotchiga yaxshi tanish bo’lmagan hollarda instrumentariyni takomillashtirish.
Birinchi holatda instrumentariylar o’zlarining yakuniy variantida sinovdan
o’tkaziladi. Ikkinchi holatda tadqiqotchi instrumentning turli variantlari bilan,
ulardan qaysi biri ishlashda qulaylik yaratishini bilib olish uchun tajriba
o’tkazishni istab qolishi mumkin. Dastlabki testdan o’tkazish quyidagilarni o’z
ichiga olishi mumkin:
1.Savollarning shakllari va turli og’zaki shakllarini testdan o’tkazish.
2.Respondent bilan jonli muloqot jarayonida uni to’ldirishning ehtimoliy
murakkabliklari aniqlanishi uchun respondent tomonidan shaxsiy sharhini mustaqil
to’ldirish uchun mo’ljallangan anketani sinab ko’rish. 
3.Yopiq savollarga javoblar to’plamiga kiritiladigan tipik javoblarni,
oxirgilarini yakuniy variantda qo’llash uchun aniqlashda ochiq savollardan
foydalanish.
4.Har qaysi instrumentariyning yaroqliligini aniqlash maqsadida ularning
har bir turini testdan o’tkazish (pochta anketalari, og’zaki sharhlar, telefon
sharxlari).
Pilotaj ikki variantda o’tkaziladi. Birinchisida – respondentlarning jami
guruhlarini alohida jamoaga taklif etadilar, bunda stollarda anketalar


joylashtiriladi. Respondentlarni pilotaj holatiga “kiritadilar”, ya’ni uning maqsad
va vazifalarini izohlaydilar, to’ldirish texnikasi bo’yicha anketalarni
instruksiyalaydilar va to’ldirgandan so’ng qat’iy tanbehlar aytib berishlarini,
anketa bilan ishlarni qiyinlashtiruvchi savollar to’g’risida va tushunmovchiliklar
to’g’risida suhbatlashishni so’raydilar. 
To’ldirilgan anketalar belgilangan qutilarga tashlanadi, shundan so’ng butun
o’tkazilgan so’rovning mazmunini guruh bo’lib muhokama qilish boshlanadi.
Anketa savollarining yaroqliligini baholash imkonini beruvchi ko’rsatkichlar
sifatida savollarga javob berganlar soni va savolda foydalanilgan ustun bo’yicha
javoblarni taqsimlash tavsifi ishtirok etadi.
Pilotaj natijalariga ko’ra, agar zarur bo’lsa anketaga tuzatishlar kiritiladi.
Sinov so’rovnomasini o’tkazishning xususiyatlari loyihada ishtirok etuvchi
suhbatdoshlar bilan “stol atrofida suhbatda” ham batafsil muhokama qilinadi.
Bunda laboratoriya sharoitlarida suhbat o’tkazish jarayoni jamoaviy
imitasiyalanadi. 
Pilotajli materiallar so’rov o’tkazuvchi firmaning alohida papkalarida
saqlanadi. Ular so’rovnomaning dastlabki variantini, respondentlar va
sosiologlarning mulohazalari, shuningdek anketalarning to’liq ishlangan variantini
belgilab qo’yuvchi bayonnomalarni o’z ichiga oladi. Vaqt o’tishi bilan uslubiy
qarorlarning o’ziga xos “banki” jamg’ariladi, tipik uslubiy xatolar va
instrumentariylarning to’liq ishlanmalarini tahlil qilish bo’yicha tajriba va
ko’nikmalar paydo bo’ladi.
Pilotajli tadqiqot barcha muammolarning mantiqiy tushunish, savollarning
aniq maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan savollarning tahminiy qo’yilishi
asosida tuziladi. Pilotaj davomida barcha tartibotlar, tadqiqotning jami
instrumentariylari tekshiriladio’rinsiz savollar chiqarib tashalanadi, tadqiqotning
alohida bosqichlariga tuzatishlar kiritiladi.
Uning o’tkazilishiga sug’urtaga ega bo’lish kabi munosabat qilish lozim: siz
albatta agar omadingiz kelsa u siz ham ishlashingiz mumkin. Agar yo’q bo’lsachi?



Yüklə 129,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin