bunday tadqiqotni Malinovskiy o’tkazgan. Ular yoritib bergan qishloq qabilali
birlashma hisoblanmagan, balki yirik milliy ta’limning bir qismi bo’lgan.
Traborin orollari kichik bo’lib, etnografga o’sha yerda joylashgan barcha
qishloqlarga tashrif buyurish hamda har bir traborinlik bilan muzokara olib borish
imkonini bergan. Lekin u poligon sifatida asos bilan o’rganilgan qishloqni tanladi.
Biroq, boshqa antropologlar bir jamoada o’tkazilgan mazkur tadqiqotlarni
o’zining mahalliy madaniyatiga targ’ib etishga qarshi chiqmoqdalar. Ayniqsa agar
gap murakkab jamiyat to’g’risida ketsa. Shuning uchun antropologlar bir
mamlakatning turli chegaralarida joylashgan jamoalar guruhini tadqiq etish
usulidan foydalanadilar.
Monografik tadqiqotlar qishloq sosiologiyasiga tarqatilgan, bunda ular
alohida qishloq joylarining “ijtimoiy suratlari”ni olish vositasi sifatida ishtirolk
etadi. O’rganishning bunday usuli aholi turmushining asosiy tomonlari to’g’risida
oilalar tarkibi, band bo’lganlar, daromad manbalari va miqdorlari, mehnat
faoliyatining xususiyatlari, mehnat va bo’sh vaqt sohasidagi mahalliy urf-odatlar,
muloqotning an’anaviy turlari to’g’risida axborot to’plashga asoslanadi.
Monografik tadqiqot reprezentativ axbrotni olishga da’vogar bo’lmaydi.
Uning vazifasi – yangi hodisalarni mufassal tahlil qilish, keng tanlab qilinadigan
tadqiqotlarni o’tkazishni bekor qiladigan axborotlarning mavjud emasligi.
Monografik tadqiqotning natijalari keng miqyosli empirik tadqiqotlar dasturini
ishlab chiqishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: