Tayanch iboralar:
chuqurlashtirilgan va keng miqyosdagi tadqiqotlar,
sotsiologik tadqiqotlarning predmeti, sifatiy tadqiqotlar, so’rov, anketa so’rovi,
intervyu
1. Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning turlari
Umuman olganda, sotsiologik tadqiqot bu o’rganilayotgan
jarayon yoki
hodisa to’g’risida ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish uchun yagona maqsad bilan
bog’liq metodologik, metodik va tashkiliy-texnik
proseduralarning mantiqan
ketma-ketlik tizimidir.
Sotsiologik tadqiqot o’z ichiga bir-birini almashtiradigan alohida va bir
vaqtning o’zida mazmunan o’zaro bog’langan 4 bosqichni oladi.
- Tadqiqotni metodologik va
metodik jihatdan tayyorlash
- Birlamchi ma’lumotlarni yig’ish
- Olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga tayyorlash va uni EHMda qayta
ishlash
- qayta ishlangan ma’lumotlarni matematik va mazmunan tahlil qilish,
hisobot tayyorlash,
xulosa va tavsiyalar tuzish
- Sotsiologik tadqiqotlarning 3 turi mavjud: razvedkali, tasviriy va analitik.
Razvedkali tadqiqot - konkret sotsiologik tadqiqotning eng oddiy turi bo’lib
hisoblanadi. U mohiyatan chegaralangan vazifani hal etadi, odatda kam sondagi
o’rganilayotgan majmuani qamrab oladi va qisqartirilgan dasturga asoslanadi.
Razvedkali tadqiqotlar operativ (tezkor) informasiya olish uchun xizmat qiladi.
Bunday holatda uning ekspress so’rov turi haqida gapirish mumkin.
Tasvirlovchi tadqiqot – sotsiologik tahlilning murakkabroq shakli
hisoblanadi. O’zining maqsad va vazifalariga ko’ra, u o’rganilayotgan jarayon,
uning tarkibiy elementlari to’g’risida nisbatan to’la tasavvur beradigan empirik
ma’lumotlar olishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot yetarli darajada batafsil ishlab
chiqilgan dastur asosida o’tkaziladi.
Analitik tadqiqot – bu sotsiologik tahlilning
eng chuqurlashtirilgan turi
hisoblanadi. U o’z oldiga nafaqat o’rganilayotgan hodisaning tarkibiy
elementlarini tasvirlashni, balki sabablarni tushuntirishni maqsad qilib qo’yadi.