Tanlovni tuzish tartiboti matematik statistika usullariga asoslangan hamda
ehtimollik nazariyasi tamoyillariga asoslanadi. Tanlanadigan tadqiqot yalpi
tadqiqotga nisbatan tejamli va ishonchi, garchi kenaytirilgan usul va texnikani
talab etsa ham.
Xorijda an’anaviy anketalashtirish yozma so’rov bilan nomlanadi (Writter
Survey). Pochta orqali so’rovlar, guruh bo’lib
anketalashtirish, yakka
anketalashtirishni ajpatib ko’rsatadilar.
Bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oluvchi yalpi tadqiqotlarga
aholini ro’yxatdan o’tkazish kiradi, bu haqda maxsus bobda gap boradi. Shu
vaqtda sosiologiyada anglashning eng keng tarqalgan vositasi sifpatida tanlangan
tadqiqot ishtirok etadi.
Takroriy tadqiqotlar:
Takroriy tadqiqotlar –
bu yagona dastur va
instrumentariy bo’yicha ma’lum vaqt oralig’ida muntazam o’tkazilgan va
obyektning o’zgarishlar dinamikasini tavsiflovchi natijalarni olish bilan bog’liq bir
necha tadqiqotlarning yig’indisi. Ular qiyosiy tahlil vosiatlarini namoyon etadi.
Takroriy tadqiqotlar
-
muayyan vaqt oralig’ida bir dasturdan, bir
instrumentariyanidan foydalangan holda, qiyosiy tahlillarni amalga oshirish uchun
o’tkaziladigan tadqiqot. Takroriy tadqiqot muhim
kurinishi panel tadqiqotlari
hisoblanadi. Uning ajralib turadigan hususiyati shundaki, o’rganilgan bir
kategoriya doirasida o’tkaziladi.
Logityud tadqiqotlar - shaxslarning bir guruhini uzoq vaqt o’rganish;
Kogortli tadqiqotlar – uzoq vaqt davomida bir xil yoshdagi shaxslarni
o’rganish (avlodlar). Maqsad –bir avlod kishilarning turmush tarzi, maqsadlari.
Tadqiqot obyektlari o’zgaradi, lekin
kishilar saqlanib qoladi;
Trend tadqiqotlar – vaqt oralig’i bilan biror- bir asosiy yig’indida va
nisbatan bir xil usulga rioya qilgan holda o’tkaziladigan tadqiqot. MAqsad-
ijtimoiy o’zgarishlar tendensiyasi (trendi)ni belgilash. Misol – aholini qayta
ro’yxatga olish;
Panelli (yo’lli) tadqiqot – bir xil tanlovda yagona dastur bo’yicha va
ma’lum vaqt oralig’ida yagona usul bo’yicha o’tkaziladigan tadqiqotlar. Maqsad -
voqyealar dinamikasi tahlili. Kishilar o’zgarishi mumkin, lekin tadqiqot
obyektlari o’zgarmaydi (korxona, sexlar).
Panel - asosiy va takror tadqiqotda (masalan 15 yildan so’ng) so’ralgan
respondentlarning yig’indisi. Takror tadqiqotda 15 yoshga ulg’aygan
kishilar
bo’ladi. Nomli panel – asosiy- yosh, ma’lumot, kasbi parametrlar bo’yicha
tanlangan respondentlar guruhi - u asosiyni esga soladi, lekin bir xil kishilar emas
(masaldan, 1962 yildagi yosh ishchilar va 1976 yildagi yosh ishchilar).
Panelli tadqiqot (logityudning turli ko’rininshlaridan biri sifatida ko’rib
chiqilayotgan) – ijtimoiy kuzatish turlaridan biri, bunda doimiy
tanlangan guruh
(panel) a’zolari orasida bir necha so’rovnomalar o’tkazish vositasida axborotlar
to’planadi. Agar axborot guruhning har bir a’zosidan ikkita (yoki undan ko’proq)
vaqtinchalik nuqtalarda olingan ma’lumotlarni qamrab olsa, u holda yalpi
siljishlar bilan bir qatorda alohida o’zgarishlarni ham o’rganish
imkoni paydo
bo’ladi.
Longityud yoki vaqt jihatidan davomiy, tadqiqotning davomli turi avlodlar
sosiologiyasida faol qo’llaniladi. Mamlakatimizda “Avlodlar yo’li” mavzusidagi
bir necha loyiha ma’lumdir. Ulardan biri Barnaul universiteti sosiologiya
fakultetining S.I. Grigoryev
1
rahbarligidagi Yoshlar muammolari bo’yicha ilmiy-
tadqiqot laboratoriyasi tomonidan o’tkazildi. Mazkur usulni qo’llash shkalasining
boshqa plyusida o’quv sinfi yoki ishchi brigada obyektlari joylashib,
ularni
yetarlicha uzoq vaqt davomida kuzatish mumkin.
Longityud tadqiqotda yirik va 48 kichik miqyosda tuzilmaviy anketa,
rasmiylashtirilgan va rasmiylashtirilmagan intervyuni qo’llash mumkin.
Psixologiyada esa longityud tadqiqot eksperimental-genetik usul modifikasiyasi,
ya’ni inson hayot davrining yosh va alohida o’zgarishlarini o’rganish imkonini
beruvchi bir xil sinaluvchilarni uzoq va muntazam o’rganish sifatida faol
qo’llaniladi. Longityud tadqiqot ba’zan tabiiy tajriba sharoitida o’tkaziladi.
Longityud tadqiqot takroriy tadqiqot turi sifatida boshqacha tarzda
monitoring
deb
ataladi.
1