Tabiiy sharoitda gepatit A bilan faqat odamlar kasallanadi. Ammo Afrika o’rmonlarida yashovchi marmanzet va shimpanze maymunlari ushbu virusga nihoyatda moyil. Laboratoriya hayvonlari kasallanmaydi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi.
Kasallikning manbai asosan kasal odam va sog‘lom virus tashib yuruvchilar, ayniqsa, gepatit A ning sariqsiz formasi bilan og‘rigan bemorlar atrofidagilar uchun juda xavfli hisoblanadi. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo’lib, asosan kuz va qish oylarida ko’proq tarqaladi. Ko’pincha 5-15 yoshdagi bolalar ko’proq kasallanadi. Kasallik fekal-aral yo’l bilan (alimentar yo’l) zararlangan ovqat mahsulotlari sut, suv va h.k. yo’l orqali oshqozon-ichak traktiga tushadi, ya’ni yuqadi. Virus asosan ingichka ichakning devoridagi shilliq qavatining epiteliy hujayralarning ichiga kirib joylashadi va ko’payadi. Kasallikning yashirish davri 15-30 kun o’rtacha 20-24 kun davom etadi. Bu davrda qo’zg‘atuvchi ichak shilliq qavatida ko’paygandan so’ng limfa sistemasiga va qonga tushadi so’ng butun organizmga tarqaladi. Virus jigarning gepatotsid hujayralariga joylashib, uning sitoplazmasida ko’payadi. Kasallikning prodramal davri 5-7 kun davom etedi. Bu davrda ishtaxa yo’qolishi, ko’ngil aynishi, qayd qilish, o’ng qovurg‘a ostida og‘riq paydo bo’lishi kabi belgilar paydo bo’ladi. kasallikning avj olgan davridan jigar funksiyasining uzilishi natijasida ko’zning shox qavatini va badanni sarg‘ayishi, jigar sohasida og‘riqni kuchayishi va og‘irlik sezilishi, jigarning shishib, kattalashishi, siydikning to’q rangga kirishi (pivo rangini eslatadi), najasning esa rangsizlanishi kuzatiladi. YOsh bolalarda ko’pincha kasallikning sariqsiz formasi uchraydi. Kasallik bemorning sog‘ayishi bilan tugaydi.