5
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik
ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot
materiallari tayyorlash;
talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar
markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo‘ysundirilganki,
butun o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan
asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu
vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan
turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: