6
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-
qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning
munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq
beriladi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha
(mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash
topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar,
maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar
to‘playdi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining
shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferentsiyasini
tashkil etish orqali o‘z ishini guruhning kasbiy yo‘naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini,
qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina
talabalarning konferentsiyani o‘tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi.
Talabalarning
ilmiy-nazariy
konferentsiyalarini
bosqichma-bosqich
o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» iqtisodiyot fani bo‘yicha talabalarning ilmiy-
nazariy konferentsiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1-bosqich – fan o‘qitilayotgan barcha o‘quv guruhlarida konferentsiyalarni o‘tkazish;
2-bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakultet va
fakultetlararo konferentsiyaga taqdim etish va o‘tkazish;
3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni
umumuniversitet ilmiy-nazariy konferentsiyasiga taqdim etish.
Butun guruhlar uchun yagona bo‘lgan konferentsiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning
ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: